Buxoro muhandislik texnologiya
Download 185.67 Kb.
|
KESISH NAZARIYASI ASOSLARI VA ASBOBLAR fanidan Amaliy mashg\'ulot
AMALIY MASHG`ULOT №1
Mavzu: Keskich va uning geometriyasini o`rganish. Ishning maqsadi: Kesgich turlari, materiallari va burchaklari bilan tanishish. Umumiy ma'lumot. Ishlanadigan tayyorlanmadan qirindi olib tashlash jarayoni kesish jarayoni deyiladi. Kesuvchi asboblar turli tuman bo`lsada ularning hammasini kesuvchi qismi pona shaklida bo`ladi. Oldingi yuza, ketingi yuza va keskich uchi kesuvchi asboblarning asosiy elementlari bo`lib hisoblanadi. Tokirlik dastgohida bajariladigan ishlarning xilma-xilligi tufayli turli keskichlardan foydalanishga tug’ri keladi. Ma`lumki har qanday keskich ish qismi va tana qismidan iborat. Tana qismi stanokka mahkamlash uchun; tokirlik keskichlari turli konfiguriyatsiyadagi tslindirik va konus sirtlarga ishlov berish uchun hamda detallarni qirqish, kesib olish, rez'ba chiqarish uchun ishlatiladi. Kallagining ko`rinishiga va uning sterjinda joylashuviga qarab keskichlar to`g’ri, egilgan, qayirma va cho`zma kallakli xillarga bo`linadi. a-to`g’ri; b-egilgan; s - qayirma; d - cho`zilma. harakat yo`nalishiga qarab keskichlar: a-chapag’ay, b-o`nag’ay bo`ladi. 1-rasm. Kesish protsessida asosiy ishni keskichning ishchi qismi bo`lgan kallagi bajaradi. Keskichning qirindi chiqaradigan yuzasi oldingi yuzasi deb ataladi. Keskichning tayyorlanmaga qaragan yuzalarining biri asosiy, ikkinchisi esa yordamchi qirra bo`lib, yo`nishda asosiy ishni asosiy qirra yordamchi ishni esa yordamchi kirra bajaradi. Asosiy kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraning tutashgan joyi keskichning uchi deyiladi. Keskichning uchi o`tkir yoki yumaloqlangan bo`lishi mumkin. Keskichning tayanch yuzasidan uning uchigacha bo`lgan tik масофа keskich ish qismining balandligini bildiradi. Keskichning ish kismi musbat va manfiy ishorali bo`lishи mumkin. A-dag’al yo’nish. B-tozalab yo’nish. V-torets yo’nish. G-ariqcha ochish. E-gantel' ishlash. J-fason yuza ishlash. Z-tashqi rez'ba chiqarish. I-ichki rezba chiqarish. K va L-ichki yuzalarni ishlash. Keskichning ish holatidagi geometrik parametrlarini, uning asosiy kesuvchi qirrasidan asosiy tekislik bilan kesish tekisligiga perpendikulyar kilib o`tkazilgan tekislikda o`lchamoq zaruр. Asosiy tekislik -keskichning bo`ylama va ko`ndalang surilishiga paralel tekislik asosiy tekislik deyiladi. Kesish tekisligi - kesish yuzasiga urinma bo`lib. Keskichni kesuvchi qirrasidan asosiy tekislikka tik o`tgan tekislik kesish tekisligi deyiladi. Oldingi burchak- bu keskichning oldingi yuzasi bilan asosiy kesuvchi qirralari kesish tekisligiga perpendikulyar qilib o`tkazilgan tekislik orasidagi burchakdir. O`tkirlik β - bu keskichning oldingi va asosiy keyingi yuzalari orasidagi burchakdir. Kesichning ? burchagi ortishi bilan kesib olinadigan qatlamini deformatsiyalanish darajasi, kesish kuchi va kesimga sarflanadigan ish kamayadi, binobarin kesish zonasida ajraladigan issiqlik miqdori ham kamayib, kesish jarayonini osonlashtiradi. Ammo - burchakning muayyan chegaradan ortishi o`tkirlik burchagi β - ning kichrayishiga olib keladi. Bu esa keskichning kesuvchi qismini zaiflashtiradi va issiqlikning kesish zonasidan keskich tanasiga o`tishini susaytiradi. Keskichning - burchagini optimal qiymati, asosan ishlash sharoitiga, tayyorlanma va keskich materialining mexanikaviy xossalariga qirindining qalinligiga qarab belgilanadi. Keskichning oldingi burchagi ta`sirini hisobga oluvchi koeffitsent ma`lumotnomalardan olinadi. Kesish burchagi -γ - keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchakdan iborat. Keskichning yordamchi burchaklari va yordamchi kesuvchi tekislikda o`lchanadi va plandagi yordamchi burchaklar bo`lib, ular asosiy kesuvchi tekislikda o`lchanadi. Asosiy ketingi burchak α- asosiy ketingi yuza bilan kesish tekisligi orasidagi burchak asosiy ketingi burchakning kattalashishi keskich ketingi yuzasini kesishish yuzasiga ishqalanishini kamaytiradi. Binobarin keskichning turg’unligi ortadi. Lekin burchakning kattalashishi bilan keskichning o`tkirlik burchagi kichrayadi va uning puxtaligi kamayadi. Bu esa o`z navbatida issiqlikning kesish zonasidan keskich tanasiga o`tishini susaytiradi. Natijada keskichning turg’unligi pasayadi. Shuning uchun turli tayyorlanmalarni ishlash sharoitiga ko`ра keskichlarning asosiy ketingi burchaklarining optimal qiymatlari belgilanadi. Plandagi bosh burchak φ - asosiy kesuvchi qirrasining proektsiyasi bilan surish orasidagi burchakdir.Bu burchak keskichning turg’unligiga katta ta`sir ko`rsatadi. Ma`lumki, agar burchak kichik bo’lsa, keskichning plandagi burchagi E ortib enli qirindi yo`niladi, keskichning kesish qirrasi uzunligiga ta`sir etuvchi kuch qiymati ham kamayadi. Keskich kesuvchi qirrasining yo`nilayotgan tayyorlanmaga urinish uzunligining ortishini issiqlikning kesish zonasidan tarqalishini yaxshilaydi. Keskichning eyilishini kamaytiradi va uning turg’unligini oshiradi. Ammo plandagi asosiy burchak kamayishlari kichik bo`lganda radial qarshilik kuchi (R) ortadi. Natijada SMKD sistemada titrash vujudga kelib, shaxsiy turg’unligi kamayadi. Plandagi yordamchi burchak β- yordamchi kesuvchi qirraning asosiy tekislikdagi proeksiyasi bilan surish yo`nalishi orasidagi burchak bu burchakning kichiklashishi bilan kesish tezligi oshadi. Plandagi kesgich uchi burchagi ε- kesuvchi qirrasining asosiy tekislikdagi proeksiyalar orasidagi burchak. Download 185.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling