Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Tuzlarning kuruk parchalanishi
Download 103.04 Kb.
|
Kataliz va katalizator amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir fazani boshkasiga urnatish.
- AMALIYOT № 7 ADSORBENT ISHLAB CHIQARISH
Tuzlarning kuruk parchalanishi.
Tuzlarning parchalanish yuli bilan oksidli yoki boshka katlizator olishda kuruk usul foydalaniladi. Shunday kilib, nikel yoki kobalt nitratlarini kizdirish bilan ularning oksidlari olinadi. Bu katalizatorlar oltingugurtli birikmalarni gidrirlash yoki desulfirlash reaksiyalari uchun ishlatiladi. Vodorod okimida bu oksidlarni metallgacha kaytarish mumkin. Nitratlar urniga karbonatlarni, oragnik kislotalarning tuzlarini ishlatish mumkin. Bu tuzlarning aralashmalaridan xar xil jarayonlar uchun oksidli katalizatorlarning aralashmalarini olish mumkin.Xar xil metallarning nitratli tuzlarini ammoniy bixromat bilan aralashtirish mumkin. Bunday aralashmaga kizdirilgan nikel yoki boshka metall sim bilan tekkada sim yonadi va mayin dispersli kukunga aylanadi. Bu kukun organik kislotalardan spirt olishda, spirtlarni va uglevodorodlarni degidrirlashda katalizator sifatida kullaniladi.Kattik metall oksidlarini metall karbonillarini Fe(SO)5, Ni(CO)4 parchalash bilanolinadi. Bir fazani boshkasiga urnatish. Bir fazani boshkasiga urnatish usuli bilan platforming: uglevodorodlarni oksidlash, uglevodorodlarni degidrirlashda ishlatiladigan katalizatorlar olishda kullaniladi. Birinchi faza sifatida metallarning oksidlari odatda A12Oz , faollashtirilgan ko‘mir ishlatiladi. Bu maqsad uchun murakkab metallosilikat tashuvchilarni, organik smolalarni, ko‘piktosh, gilva seolitlarni ishlatish mumkin. Ikkinchi faza eritilgan metall fazasi bo‘ladi. Bu nodir metallar Ag, Pt, Pd bo‘lishi mumkin. Bu faza muvofiq tuzlarning suvli eritmadan qilingan tagliklarga surtiladi. Berilgan konsentratsiyada suvli eritmadan tuz surtiladi, sistema quritiladi, 673 K haroratda qizdiriladi va vodorod oqimida qaytariladi. AMALIYOT № 7 ADSORBENT ISHLAB CHIQARISH Geterogen kataliz jarayonlarida ko‘pincha katalizator qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gaz, (bug‘) holida bo‘ladi. Jarayon fazalar chegarasida boradi, jarayon birin – ketin borib u uch qismdan iborat bo‘ladi: 1. Dastlab moddalar katalizator yuzasiga so‘riladi; Katalizator yuzasida reaksiyalar boradi; 3. Mahsulotlarning katalizator yuzasidan hajmga desorbsiyasi yoki aktiv markazlarning bo‘shashi sodir bo‘ladi. Bu jarayonlarning qaysi biri sekin borsa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichning tezligiga teng bo‘ladi. Bu bosqichga chegaralovchi – belgilovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. Odatda ikkinchi bosqich (kinetik soha) chegaralovchi bo‘lishga intiladi. Qaysi bosqichning chegaralovchi bo‘lishligi katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reaktsiya sharoitiga bog‘liq. Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling