Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Download 0.88 Mb.
bet5/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

4. Yong‘in xavfsizligi. Hamma xavfsizliklardan ham to‘la ehtiyotkorlik talab qiladigan xavfsizlik bu yong‘in xavfsizligidir. Shuning uchun ham yong‘in chiqishini oldini olishda har doim tayyor turishimiz kerak. Bu yong‘in qaerdan chiqishi mumkin; yong‘in biz aytib o‘tganimizdek birinchi navbatda mufel pechi bo‘lsa, keyingilari elektr toki zamekaniyasi bilan va tajriba ishi davomida biz ko‘p ishlatadigan spirtli lampasidan yong‘in chiqishi mumkin. Biz bu yong‘in chiqishini oldini olishimiz uchun suv to‘ldirilgan balonlar, yong‘in sodir bo‘lganda kiyish uchun maxsus kiyimlar tayyor bo‘lishi kerak.
Biz aytib o‘tgan mufel pechi germetik o‘ralgan holda va unga havoni tozalash maqsadida havo suruvchi moslama qo‘yishimiz zarur shundagina biz yong‘in xavfsizligini oldini olgan bo‘lamiz. Bundan tashqari kuchli kislota va ishqorlar bilan ishlagan vaqtimizda kislota va ishqorlar reaksiya beradi. Bu reaksiya natijasida katta issiqlik ajralib chiqadi va natijada eritma sochilib kolbadan chiqishi mumkin. Shuning uchun ham har tomondan ziyrak va hushyor bo‘lishimizni talab qiladi.
2-LABORATORIYA ISHI
DONNI TAHLILGA TAYYORLASH. NAMUNA OLISH USULLARINI O‘RGANISH
Muayyan maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra don sifatining ko‘pgi­na ko‘rsatkichlari mavjud. Ular quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: Birin­chidan – bu ko‘rsatkichning don qiymatini baholashdagi o‘rniga; ikkin­chidan – donning imkoniyatlari va belgilangan maqsadiga; uchinchidan-yorma, omuxta yem zavodlari, tegirmon laborotoriyalari va don qabul qiluvchi korxonalarda ko‘rsatkichlarni aniqlashdagi amaliy imkoniyatlarga. Barcha sifat ko‘rsatkichlarini uch guruhga ajratish mumkin.
1. Barcha maqsadlarda ishlatiladigan istalgan ekin doni par­tiyasining sifatini baholash uchun aniqlanadigan majburiy sifat ko‘rsatkichlari. Bu guruh ko‘rsatkichlariga kuyidagilar kiradi: buzilmaganlik yoki aynimaganlikni ko‘rsatuvchi (svejest) ko‘rsatkich­lar: rang, hid, ta’m, donning ombor zararkunandalari bilan za­rarlanganligi, namlik va ifloslantiruvchilanganlik. Demak, bu ko‘rsatkichlar har qanday don partiyasida yoppasiga aniqlanadi.
2. Qo‘llanilishiga ko‘ra muayyan maqsadlar uchun belgilangan alohida ekinlar doni partiyasining sifatini baholashdagi majburiy sifat ko‘rsatkichlar. Bu guruh ko‘rsatkichlariga qo‘yidagilar kira­di: unuvchanlik va o‘sish energiyasi, pivo ishlab chiqarish sanoati xomashyosi bo‘lgan arpa partiyasining o‘sish energiyasi va unuvchanli­gi; yorma ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qobiqdor ekinlarda qobiq­dorlik va yadroning foizdagi miqdori, bug‘doyda shaffoflik kleyko­vina sifati va miqdori: bug‘doy, arpa, suli va boshqalarda hajmiy og‘irligi.
3. U yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan don partiyalarining qo‘shimcha sifat ko‘rsatkichlari. Bu guruh ko‘rsatkichlariga donning kimyoviy tarkibi va undagi mikrorganizlar mikdori va hokazolar kiradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun murak­kab moslamalar zarur bo‘lib, biokimyoviy va mikrobiologik tekshi­rishlar o‘tkazish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalar talab etila­di. Chunki qisman donni qayta ishlash korxonalarining laborotoriya­larida sanitariya – bakteriologiya laborotoriyalarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan donning sifat ko‘r­satkilarini aniqlashga bag‘ishlangan bunday jarayonlar donning ozu­qaviy qiymatini baholash jihatidan muhim ahamiyatga ega.
Donning kimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar standart­larga o‘z ifodasini topgan. Oqsil, kraxmal, kulli moddalar (kuldorlik) miqdori, moyli ekinlar, donning chayqab aralashtirish bo‘yicha donning kislotaliligini aniqlash kabi ko‘satkichlar standart bo‘yicha aniqlanadi.
Donning har bir partiyasidagi mavjud jarayonlarning tahlili qabul qilish muassasalari laborotoriyalarida, elevatorlarda, shuningdek, donni qayta ishlash korxonalarining laborotoriyalarida o‘tkaziladi. Don va don mahsulotlarini yig‘ib – terib olish bilan bog‘lik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qi­lish maqsadida shirkat va jamoa xo‘jaliklarida ham don sifatini baholash ishlari olib boriladi.
Tahlil ko‘rsatkichlari asosida g‘alla qabul qilish muassasala­rida mazkur don partiyasining asosiy va chegaralovchi konditsiya ta­lablariga javob bera olishi, bunday don partiyasi qabul qilishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoni tug‘iladi. Tahlil na­tijasida aniqlangan ma’lumotlarga g‘alla topshiruvchi va g‘allani qabul qilib omborlarga joylashtiruvchi tomonlar orasida oldi ­– sotdi ishlari amalga oshiriladi, donni omborlarga joylashtirishda bir tekis kichik don partiyalari yirik don partiyalariga ko‘shila­di. Bir vaqtning o‘zida donning saqlashda chidamliligi, u yoki bu tarzda ishlov berish zarurati va hokazo masalalar ustida to‘xtalib o‘tiladi. Masalan, oliy sifatli don partiyasi qabul qilib (to­za, quruq, zararlanmagan, rangi, hidi va ta’mi belgilangan me’yor­da) olingan bo‘lsa, unga hech qanday ishlov berishga ehtiyoj sezil­maydi. Agar don partiyasida sifat ko‘rsatkichlari asosiy konditsiya talablariga mos kelmasa, ishlov berish zarur deb hisoblanadi. Don­ning sifat ko‘rsatkichlariga qarab, tozalash, quritish, shamollatish (pazatsiya) kabi va hokazo ishlovlar beriladi.
Donni saqlashda asosiy sifat ko‘rsatkichlari doimiy naz­orat qilib turiladi. Shuningdek ish olib borish natijasida don sifa­tiga zarar yetkazuvchi biror o‘zgarish sezilgan don partiyasi tezda aniqlanib, o‘z vaqtida chora-tadbirlar rejasi tuzib chiqiladi.
Donga ishlov berganda (tozalash, quritish, shamollatish) ishlov berishgacha va ishlov berilgandan so‘ng donning sifati tekshirila­di. Bu usul ishlov beruvchi mashina va moslamalar ishini samaradorli­gini yaxshilash, o‘z vaqtida sozlash, har tomonlama qulay ish tarti­bini belgilash imkonini beradi. Masalan, quritgichda quritilgan donlar orasida kuyib qolganlari tekshirib topilgan taqdirda yoki namlik me’yoriy darajada bo‘lmaganda laborotoriya bu haqda donquri­tuvchi ishchiga ma’lum qiladi, o‘z navbatida u quritgich ishidagi kam­chiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora va tadbirlarni qullaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, belgi­langan maqsadga mo‘ljallangan, standart talablariga mos keladigan don partiyalari ajratilib, qayta ishlash muassasalariga yuborila­di. Bunda bir turdagi ekin doniga qo‘yiladigan talablar uning qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligiga qarab turlicha bo‘la­di. Masalan, yem-xashak olish, spirt ishlab chiqarish, pivo zavodlari, tegirmonlar va yorma zavodlariga mo‘ljallangan arpa uchun qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha turlicha talablar qo‘yiladi.
Don sifatini aniqlashning organoleptik va laborotoriya usul­lari mavjud. Sezgi a’zolari yordamida don sifatini aniqlash orga­noleptik usul deb yuritiladi. Bu usulda tahlilni juda oson o‘tka­zish mumkin, ammo bu usul sub’ektiv bo‘lganligidan xulosalar har doim ham aniq bo‘lavermaydi. Chunki organoleptik usuldagi tahlil natijalarini biror birlikda ifodalashning iloji yo‘q, shu boisdan ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Donning rang­gi, hidi, ta’mi organoleptik usulda aniqlanadi.
Don sifatini asboblar yordamida aniqlash laborotoriya usuli deb nomlanadi. Laborotoriya usulida don sifatiga ob’ektiv baho beriladi. Organoleptik usulga qaraganda ko‘rsatkichlar aniq va ravshan bo‘lib, natijalarni doimo taqqoslash imkoniyati mavjud.
Laborotoriya usulida donning fizikaviy, kimyo­viy va boshqa xususiyatlari tahlil qilinadi. Ammo, don mahsulotlari sifatini baholash ishini organoleptik usulsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Or­ganoleptik usulda ish olib boruvchi mutaxassis yetarli malakaga ega bo‘lgandagina, dondagi tabiiy kamchiliklar va uning sifati tug‘ri­sida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Donni qabul qilish, uni saqlash, ishlov berish, qayta ishlash korxonasiga, savdo shaxobchalariga topshirish davridagi tahlillar quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 1) olinma (vыemok)larni tan­lash va don namunalari tuzish; 2) o‘rtacha namunani olish; 3) donning si­fat ko‘rsatkichlarini aniqlash; 4) don partiyasining sifati tug‘risida xulosa chiqarish. Quyida don namunalarini tahlilga tayyorlash va o‘r­tacha namuna olish tartiblari haqida fikr yuritiladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling