Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
4-rasm. BIS – 1 bo‘lgichi:
1 – pichoq; 2 va 3 – tarmoqlangan patrubkalar; 4 – ikkinchi bo‘luvchi-aralashtiruvchi qurilmasining tashqi voronkasi; 5 – bo‘luvchi aralashtiruvchi qurilma; 6 – kesilgan voronka; 7 – birinchi bo‘luvchi – aralashtiruvchi qurilma; 8 – kojux; 9 – voronka; 10 – zulfin; 11 – ushlab qoluvchi yacheykalar; 12 – voronka; 13 – ushlab qoluvchi yacheyka; 14 – ichki voronka; 15 – uchinchi bo‘luvchi – aralashtiruvchi qurilma; 16 – tarnov; 17 – shkala; 18 – kichkina qopqoq; 19 – katta qopqoq; 20 – tarnov; 21 – shkala. BIS – 1 bo‘lgichda (bosh ajratgichi) (4 – rasm) donni aralashtirish va undan bir vaqtning o‘zida ham o‘lchanma ajratish, ham sutkalik o‘rtacha namuna tuzishga mo‘ljallangan namuna qismini ajratish uchun qo‘llaniladi. Bu moslama asosan don qabul qilishning ommaviy tus olgan davrida sutkalik o‘rtacha namuna bo‘yicha tahlil o‘tkazilganda keng ko‘llaniladi. Bo‘lgich quyidagi qismlardan tuzilgan: sharsimon yopqichli konus shaklidagi qabul qiluvchi voronka; ikkita bo‘luvchi -aralashtiruvchi moslama, uchinchi bo‘luvchi – aralashtiruvchi moslama konus va voronkadan iborat bo‘lib, ikkita harakatatlanuvchi qopqog‘i bor: strelka dastaglari yordamida voronkada mavjud bo‘lgan teshiklar kesimi kattaligi o‘zgartirib turiladi va o‘lchanmalar ajratiladi; o‘lchanma uchun cho‘mich. Moslamaning barcha qismlari asbobni tozalash va kuzatish uchun kichik oynachali silindrik qoplamli korpus ichiga joylashtirilgan. Bu bo‘lgichning ishi quyidagidan iborat. Namuna tarozida o‘lchanadi, qabul qiluvchi voronkaga solinadi va uyumning usti tekislanadi. Raqamlar shkalasidan namuna og‘irligi va kerakli o‘lchanma ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Keyin o‘lchanma shkalasidan qaydlovchi strelka topilgan ko‘rsatkichga mahkamlanadi. So‘ngra voronka qapqog‘i ochiladi, namuna moslamada aralashtiriladi va undan o‘lchanma cho‘michga ajralib tushadi. Bundan tashqari, moslama kunlik o‘rtacha namuna tuzish uchun kerak bo‘ladigan namuna qismini ajratish uchun ishlatilishi ham mumkin. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling