Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Jamoa xo‘jaliklari va dehqon fermer xo‘jaliklari va uyushmalardan donni kunlik o‘rtacha namuna


Download 0.88 Mb.
bet12/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

Jamoa xo‘jaliklari va dehqon fermer xo‘jaliklari va uyushmalardan donni kunlik o‘rtacha namuna
asosida qabul qilish
G‘alla qabul qilish korxonalariga ommaviy g‘alla topshirish mav­sumi davrida donni tahlil qilishga ketadigan vaqtni qisqartirish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Chunki vaqtni tejash g‘alla topshi­ruvchilarning uzoq kutib turishlari va transport vositalarining nav­bat kutib tizilib turishining oldini oladi. G‘alla qabul qiluvchi korxonalarga topshirilayotgan donni tahlil qilishga sarflanayotgan vaqtni qisqartirishda don partiyasi sifatini kunlik o‘rtacha na­muna asosida aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Don partiyasini kunlik o‘rtacha namuna asosida qabul qilish faqat bir majburiy shart asosida amalga oshiriladi. Shart shundan iboratki, kun davomida bir jinsli don par­tiyalari qabul qilinishi kerak.
O‘rtacha kunlik namuna tuzish uchun bir xil ekin doni, bir xil navli (navli donlar uchun), bir xil tipli, va sifat jihatdan bir xilda bo‘lgan donlar bir jinsli don partiyasi deb yuritiladi va bu kunlik o‘rtacha namuna olishga yaroqli hisoblanadi.
Qabul qilinayotgan don partiyasining namligi va zararlangan­ligi bo‘yicha bir xil ekanligi laborotoriya tahlili natijalari asosida, qolgan ko‘rsatkichlar esa organoleptik usulda aniqlanadi.
Sutka davomida bir g‘alla topshiruvidan bir necha xil ekin va har bir ekin doni bir necha xil partiyadan iborat bo‘lgan donlar qabul qilinganda, qabul qilingan don korxona laborotoriyasi tomonidan tuzilgan don miqdoriga teng kelishi kerak.
Don sifatini sutkalik o‘rtacha namuna asosida aniqlashda 8– rasmda berilgan jadval asosida ish yuritiladi.
Har bir mashinadan alohida olinma ajratilib, dastlabki namu­na tuziladi. Olinmalarni ajratish va namunalar tuzishda “Don. Namunalarni tanlash va o‘lchanmalarni ajratish” to‘g‘risidagi GOST qoidalariga rioya qilgan holda ish yuritiladi.
Namuna laborotoriyaga keltirilib, aralashtiriladi va undan quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun o‘lchanmalar ajratiladi: donning namligi, rangi, hidi, ta’mi, ombor zararkunandalari bilan zararlanganligi, namunaviy tarkibi. Bu ko‘rsatkichlar yuqori­da aytib o‘tkanimizdek don partiyasining bir jinsliligini tasdiklash va don partiyasini tug‘ri joylashtirish maqsadida aniqlana­di. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari don topshirishga kelgan dastlabki mashinadan namuna olinib, hajmiy og‘irlik aniq­lanadi. Olingan sutkalik o‘rtacha namuna og‘irligi jihatidan hajmiy og‘irlikni aniqlashga kamlik qilgan taqdirdagina yuqoridagidek ish tutiladi.
O‘lchanmalar ajratilib, yuqorida ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkich­lari aniqlangach, namuna aralashtiriladi va undan o‘rtacha sutkalik namuna uchun proporsional qism ajratiladi. Buning uchun 200 sm3 hajmga ega bo‘lgan o‘lchagichdan foydalaniladi. Birinchi o‘lchagich 1,5 t yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuk mashinasidan olingan na­munadan to‘ldirib olinadi, keyingi ikki o‘lchagich esa 3 tonnali va boshqa don partiyalaridan to‘ldirib olinadi.
O‘lchagichda olingan don mazkur g‘alla topshiruvchi uchun ajratil­gan maxsus idish (qopqoqli quti yoki qopqoqli bankaga va xokazo) ga solinadi. Bu idishga yorliq yopishtirilib, yorliqda g‘alla topshiruvchi jamoa xo‘jaligi yoki dehqon fermer xo‘jaligi va ekin­ning nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘rtacha sutkalik namunadan o‘rtacha namuna ajratib olinadi va u tahlil qilish uchun tavsiya qilina­di. Tahlilda quyidagilar aniqlanadi: namlik, ifloslantiruvchilanganlik, na­munaviy tarkib, hajmiy og‘irlik (agar bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun don yetarli bo‘lsa).
Har bir mashinadan olingan namunalar aralashmasidan o‘rtacha sutkalik namuna bo‘yicha sifatni aniqlashda o‘lchanmalar olish va na­muna qismlarini ajratish ishini qo‘lda ham bajarish mumkin, ammo bu ishni Bash bo‘lgichi, PPD – 1 yoki DB – 1 bo‘lgichida bajarish ish sur’­atini tezlashtirish va vaqtni tejash imkonini beradi.





Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling