Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
– rasm. O‘rtacha sutkalik namuna tuzish va uni taxlil qilish sxemasi
Download 0,88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlanadigan va taqsimlanadigan bug‘doyga belgilangan standartlar bo‘yicha bug‘doyni tasniflash
- Tarqatiluvchi bug‘doy sinflari
8 – rasm. O‘rtacha sutkalik namuna tuzish va uni taxlil qilish sxemasi.
3-LABORATORIYA ISHI BUG‘DOY DONINING NAMUNAVIY TARKIBI(TIPI) NI ANIQLASH Mamlakatimizdagi g‘alla qabul qilish korxonalarida qabul qilinayotgan bug‘doy doni partiyalari barcha ekinlar doni uchun umumiy va majburiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar, shuningdek hajmiy og‘irlikni hisobga olgan holda baholanadi. “Kuchli” va qattiq bug‘doy doni partiyalari uchun kleykovina miqdori va sifati, shuningdek donning toshbaqa-kanadan zararlanganligi ham aniqlanadi. Barcha bug‘doy partiyalarining namunaviy tarkibi aniqlanganda donning shishasimonligi hisobga olinadi. Hozirgi paytda bug‘doy doni uchun to‘rt xil standart mavjud. Quyida biz ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Davlat don tayyorlash tizimi tayyorlagan bug‘doy doniga standart OST VKS-7064-“Ozuqabop tayyorlangan bug‘doy”, davlat don tayyorlash tizimi tomonidan oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan bug‘doy doniga standart, OST VKS 7066-“Tarqatiluvchi oziq-ovqat bug‘doyi" to‘liq standartlar guruhiga mansub bo‘lib, barcha bo‘limlarda ishtirok qiladi. Standartlarning birinchi bo‘limi (“Aniqlash” bo‘limi)da ko‘rsatishicha, oziq-ovqat bug‘doyi deganda turli bug‘doy donlarining aralashmalar bilan birgalikdagi don umumiy mikdorining 85% dan kam bo‘lmagan miqdori tushuniladi. Tovar tasnifi bo‘limida bug‘doy donining turkum va kichik turkumchalariga, donning texnologik qiymatini belgilovchi sifat guruxlariga ajratilishi berilgan. Bug‘doyni turkumlarga ajratishda uning quyidagi belgilari asos qilib olinadi: rangi (qizil donli yoki oq donli bug‘doy), botanik turi (qattiq yoki yumshoq), biologik shakli (kuzgi yoki bahorgi). Yuqoridagi barcha belgilar bug‘doyning texnologik va ozuqaboplik qiymati bilan turli darajada bog‘liq buladi. Ular bug‘doy doni ko‘rsatkichlarini 5 turkumga ajratish imkonini beradi. Bug‘doy doni texnologik qiymatining yanada aniqroq tavsifi turkumdan keyingi kichik turkumchada beriladi. Donning kichik turkumchaga ajratishda uning rangi va shishasimonligi asos qilib olinadi. “Kuchli” hisoblangan eng yaxshi yumshoq bug‘doylar I va IV turkumlarga, 1- va 2-kichik turkumlarga, shuningdek III turkumning 1-kichik turkumiga kiritiladi. 1-jadvalda bug‘doy donining turkum va kichik turkumlarga tasniflanishi berilgan. I va IV (bahorgi va kuzgi yumshoq qizil donli bug‘doy) turkumlar, II turkum (bahorgi qattiq bug‘doy) ekish va tayyorlashda asosiy turkumlar hisoblanadi. 1-jadval.Tayyorlanadigan va taqsimlanadigan bug‘doyga belgilangan standartlar bo‘yicha bug‘doyni tasniflash
I-II-III-IV turkumlarda boshqa bug‘doy donlarining miqdori 10% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda ruxsat etiladi. V turkumda esa 5 % gacha ruxsat etiladi. Standartning “Texnik shartlari” bo‘limida oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan bug‘doy 2 guruhga ajratiladi: asosiy kondensiyalarga mos keladigan (kondensiyalarning o‘zi standartda keltirilmagan), va chegaraviy kondensiyalarga mos keladigan. Bularning tavsifi bilan standartda tanishib olishingiz mumkin. Tarqatiluvchi bug‘doy doni standartlarida asosiy sifat ko‘rsatkichlari me’yorida asoslanib sinf deb nomlanuvchi guruhlarga ajratiladi. 2-jadval. Tarqatiluvchi bug‘doy sinflari
Download 0,88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling