Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


– rasm. O‘rtacha sutkalik namuna tuzish va uni taxlil qilish sxemasi


Download 0.88 Mb.
bet13/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

8 – rasm. O‘rtacha sutkalik namuna tuzish va uni taxlil qilish sxemasi.


3-LABORATORIYA ISHI
BUG‘DOY DONINING NAMUNAVIY TARKIBI(TIPI) NI ANIQLASH

Mamlakatimizdagi g‘alla qabul qilish korxonalarida qabul qilinayotgan bug‘doy doni partiyalari barcha ekinlar doni uchun umumiy va majburiy bo‘lgan ko‘rsatkichlar, shuningdek hajmiy og‘irlikni hi­sobga olgan holda baholanadi. “Kuchli” va qattiq bug‘doy doni par­tiyalari uchun kleykovina miqdori va sifati, shuningdek donning toshbaqa-kanadan zararlanganligi ham aniqlanadi. Barcha bug‘doy par­tiyalarining namunaviy tarkibi aniqlanganda donning shishasimonli­gi hisobga olinadi. Hozirgi paytda bug‘doy doni uchun to‘rt xil standart mavjud. Quyida biz ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Davlat don tayyorlash tizimi tayyorlagan bug‘doy doniga standart OST VKS-7064-“Ozuqabop tayyorlangan bug‘doy”, davlat don ta­yyorlash tizimi tomonidan oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish maqsa­dida ishlab chiqarilgan bug‘doy doniga standart, OST VKS 7066-“Tarqatiluvchi oziq-ovqat bug‘doyi" to‘liq standartlar guruhiga mansub bo‘lib, barcha bo‘limlarda ishtirok qi­ladi. Standartlarning birinchi bo‘limi (“Aniqlash” bo‘limi)da ko‘rsatishicha, oziq-ovqat bug‘doyi deganda turli bug‘doy donlarining aralashmalar bilan bir­galikdagi don umumiy mikdorining 85% dan kam bo‘lmagan miqdori tushuniladi.


Tovar tasnifi bo‘limida bug‘doy donining turkum va kichik turkumchalariga, donning texnologik qiymatini belgilovchi sifat guruxlariga ajratilishi berilgan.
Bug‘doyni turkumlarga ajratishda uning quyidagi belgilari asos qilib olinadi: rangi (qizil donli yoki oq donli bug‘doy), bota­nik turi (qattiq yoki yumshoq), biologik shakli (kuzgi yoki bahor­gi). Yuqoridagi barcha belgilar bug‘doyning texnologik va ozuqabop­lik qiymati bilan turli darajada bog‘liq buladi. Ular bug‘doy doni ko‘rsatkichlarini 5 turkumga ajratish imkonini beradi.
Bug‘doy doni texnologik qiymatining yanada aniqroq tavsifi turkumdan keyingi kichik turkumchada beriladi. Donning kichik tur­kumchaga ajratishda uning rangi va shishasimonligi asos qilib oli­nadi. “Kuchli” hisoblangan eng yaxshi yumshoq bug‘doylar I va IV tur­kumlarga, 1- va 2-kichik turkumlarga, shuningdek III turkumning 1-kichik turkumiga kiritiladi. 1-jadvalda bug‘doy donining turkum va kichik turkumlarga tasniflanishi berilgan. I va IV (bahorgi va kuzgi yumshoq qizil donli bug‘doy) turkumlar, II turkum (bahorgi qattiq bug‘doy) ekish va tayyorlashda asosiy turkumlar hisoblanadi.

1-jadval.Tayyorlanadigan va taqsimlanadigan bug‘doyga belgilangan standartlar bo‘yicha bug‘doyni tasniflash





OST dagi
turkum
raqami

Botanik va biologik xossalari bo‘yicha tur­kumlarning belgilari.

kichik
turkum
raqami

Kichik turkumchalar-ning rang tusi va shishasimon­ligi bayicha belgilari

Umumiy shishasi-
monlik, %

I

Bahorgi yumshoq qizil donli

1

Bahorgi to‘q qizil shisha­simon

75 dan
past emas

2

Bahorgi qizil

60 dan
past emas

3

Bahorgi och qizil

40 dan
past emas

4

Rangi sarg‘imtir qizil

40 dan
past emas

5

Bahorgi sariq

40 dan
past emas

II

Bahorgi (durum) qattiq

1

Bahorgi (durum) to‘q qaxrabo rangida

90 dan
past emas

2

Bahorgi (durum) och-qahra­bo rangida

90 dan
past emas

III

Bahorgi oq donli

1

Bahorgi oq donli shisha­simon

60 dan
past emas

2

Bahorgi oq donli

60 dan
past emas

IV

Kuzgi qizil donli

1

Kuzgi to‘q qizil shishasi­mon

75 dan
past emas

2

Kuzgi qizil

60 dan
past emas

3

Kuzgi och qizil

40 dan
past emas

4

Kuzgi sarg‘imtir qizil

40 dan
past emas

5

Kuzgi sariq

40 dan
past emas

V

Kuzgi oq donli

-

Kichik turkumchasi yo`q

chegaralanmagan

YI

Qattiq kuzgi

-

Kichik turkumchasi yo`q

chegaralanmagan

I-II-III-IV turkumlarda boshqa bug‘doy donlarining miqdori 10% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda ruxsat etiladi. V turkumda esa 5 % ga­cha ruxsat etiladi.
Standartning “Texnik shartlari” bo‘limida oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan bug‘doy 2 guruhga ajratiladi: asosiy kondensiyalarga mos keladigan (kondensiyalarning o‘zi standartda keltirilmagan), va chegaraviy kondensiyalarga mos keladigan. Bularning tavsifi bi­lan standartda tanishib olishingiz mumkin.
Tarqatiluvchi bug‘doy doni standartlarida asosiy sifat ko‘rsatkichlari me’yorida asoslanib sinf deb nomlanuvchi guruhlarga ajratiladi.
2-jadval. Tarqatiluvchi bug‘doy sinflari



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling