Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Fermentlashtirilgan solodda ekstraktiv (suvga eruvchi) moddalar miqdorini (ekstraktivligini) aniqlash


Download 0.88 Mb.
bet21/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

Fermentlashtirilgan solodda ekstraktiv (suvga eruvchi) moddalar miqdorini (ekstraktivligini) aniqlash. Fermentlashtirilgan solodda suvda eruvchi moddalar miqdorini aniqlash jarayoni ikki bosqichdan iborat: solodning suvli ekstraktini (fil’tratini) tayyorlash va uning tarkibidagi quruq moddalar (ektraktiv moddalar) miqdorini aniqlash.
Standart talabiga binoan ektraktiv moddalar miqdorini aniqlash uchun sovuq ekstraktlash yo`li bilan solodning tortmasini (fil’tratini) tayyorlash ko`zda tutilgan.
Buning uchun tarozida 0,01 g aniqlikda 10 maydalangan solod tortib olinadi va og`zi yaxshi yopiladigan 250-300 sm3 hajmli konussimon kolbaga solinadi. Kolbaga 18-20 °C haroratga ega 100 sm3 distillangan suv solinadi va har bir 5 minutda 1 davomida aralashtiriladi. Bu jarayon 15 min davom etadi va suvli tortma hosil bo`ladi. Keyin suyuqlik, ya`ni tortmaning barchasi quruq kolbaga fil’trash yo`li bilan o`tkaziladi. Fil’trlash 60-70 sm3 fil’trat (tortma, ya`ni ekstrakt) hosil bo`lgancha davom ettiriladi.
Olingan tortma (ekstrakt) solodning ekstraktivligini hamda kislotaliligini aniqlash uchun foydalaniladi.
Standart talabiga binoan solodning ekstraktivligi olingan fil’tratning piknometrik usulda aniqlangan zichligi qiymati bo`yicha aniqlanadi.
Piknometr sinchiklab yuviladi, quritiladi va analitik tarozida o`lchanadi. Keyin unga 20 °C haroratli distillangan suv belgisigacha solinadi va analitik tarozida tortib massasi aniqlanadi.
Piknometr suvdan bo`shatiladi oz miqdordagi fil’trat bilan chayqaladi va havo puffakchalari hosil bo`lishga yo`l qo`ymasdan shu fil’trat bilan to`ltiriladi, 20 °C haroratga ega suv hammomiga 20 min saqlanadi. SHundan keyin fil’tratning miqdori piknometrning belgisiga olib kelinadi va analitik tarozida tortib massasi aniqlanadi.
Fil’trat massasini (mf) shu piknometrdagi suv massiga (ms) bo`lish natijasida, fil’tratning nisbiy zichligi (d) aniqlanadi.
d = mf/ms . (2)
Aniqlangan zichlik qiymati bo`yicha 2-jadvalga keltirilgan ma`lumotlardan foydalanib fil’tratdagi foizlarda ifodalangan quruq moddalarning (ekstraktning) miqdori topiladi (e). Solod massasiga nisbatan foizlarda ifodalangan ekstraktning miqdori (E1) quyidagi formula bilan hisoblanadi
E1 = e∙(W+1000)/(100-e) (3)
bu erda e – fil’tratdagi quruq moddalarning (ekstrakt) miqdori, %;
W – solodning namligi, %.
Soloddagi ektraktiv moddalarining quruq moddalarga ifodalangan miqdori (E2) quyidagi formula bilan hisoblanadi
E2 = E1 = e∙100/(100-W) (4)
Olingan natijalar laboratoriya qaydnomasiga kiritiladi.
Ikkita parallel bajarilgan tajribalarning orasidagi farq ±1 % dan oshmasligi kerak.

5-jadval. Fil’tratning nisbiy zichligi va ekstraktiv moddalarning miqdori orasidagi nisbat (20 °C haroratda)



Nisbiy zichlik

Ekstrakt miqdori, %

Nisbiy zichlik

Ekstrakt miqdori, %

Nisbiy zichlik

Ekstrakt miqdori, %

1,0135

3,447

1,0175

4,454

1,0215

5,555

6

3,472

6

4,479

6

5,480

7

3,497

7

4,505

7

5,505

8

3,523

8

4,529

8

5,530

9

3,548

9

4,555

9

5,555

1,0140

3,573

1,0180

4,580

1,0220

5,580

1

3,598

1

4,605

1

5,605

2

3,624

2

4,630

2

5,629

3

3,649

3

4,655

3

5,654

4

3,674

4

4,680

4

5,679

5

3,699

5

4,705

5

5,704

6

3,725

6

4,730

6

5,729

7

3,750

7

4,755

7

5,754

8

3,775

8

4,780

8

5,779

9

3,800

9

4,805

9

5,803

1,0150

3826

1,0190

4,830

1,0230

5,828

1

3,851

1

4,855

1

5,853

2

3,876

2

4,880

2

5,878

3

3,901

3

4,905

3

5,903

4

3,926

4

4,930

4

5,928

5

3,951

5

4,955

5

5,952

6

3,977

6

4,980

6

5,977

7

4,002

7

5,005

7

6,001

8

4,027

8

5,030

8

6,025

9

4,052

9

5,055

9

6,050

1,0160

4,077

1,0200

5,080

1,0240

6,075

1

4,102

1

5,106

1

6,100

2

4,128

2

5,130

2

6,125

3

4,153

3

5,155

3

6,150

4

4,178

4

5,180

4

6,175

5

4,203

5

5,205

5

6,200

6

4,228

6

5,230

6

6,225

7

4,256

7

5,255

7

6,250

8

4,275

8

5,280

8

6,275

9

4,304

9

5,305

9

6,300

1,0170

4,329

1,0210

5,330

1,0250

6,325

1

4,354

1

5,355

1

6350

2

4,379

2

5,380

2

6375

3

4,404

3

5,405

3

6,400

4

4,329

4

5,430

4

6,425

Laboratoriya qaydnomasiga yozish tartibi
Bo`sh quruq piknometrning massasi ______ g
Distillangan suv bilan piknometrning massasi ______ g
Distillangan suvning massasi (ms) ______ g
Fil’trat bilan piknometrning massasi ______ g
Fil’tratning massasi (mf) ______ g
Solodning namligi (W) ______ %
Fil’tratdagi quruq moddalarning (ekstrakt) miqdori ______ %
Solod massasiga nisbatan foizlarda ifodalangan
ekstraktning miqdori (E1) ______ %
Soloddagi ektraktiv moddalarining quruq moddalarga
ifodalangan miqdori (E2) ______ %

Standart talablariga binoan solodning ekstraktivligi sovuq ekstraktlash yo`li bilan aniqlanganda 48 % dan kam bo`lmasligi kerak.


Solodning kislotaliligini aniqlash. Undirish va fermentlashtirish jarayonida solodda kislotalar va nordon ta`sirga ega bo`lgan modalarning ortishi sodir bo`ladi. YUqori kislotalilik solodni quritish vaqtida rangining shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi.
Solodning kislotaliligi 100 g solod quruq moddalarining tarkibidagi kislotalar va nordon ta`sirga ega bo`lgan moddalarni titrlashga sarflangan 1 mol/dm3 natriy gidroksidi eritmasining sm3 dagi miqdori bilan ifodalanadi.
Solodning kislotaliligini aniqlashda ekstraktivlikni aniqlash uchun tayyorlanagan fil’tratdan foydalaniladi. Solodning kislotaliligi titrlash yoki potentsiometrik usullar Bilan aniqlanadi.
Solodning kislotaliligini titrlash yo`li bilan aniqlash. Hajmi 100 sm3 bo`lgan konussimon kolbaga 2 ml tekshirilayotgan fil’tratdan va 50 ml distillangan suv, 2 tomchi fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasidan solinadi va 0,1 mol/dm3 natriy gidroksidi eritmasi bilan pushti rang hosil bo`lgunicha titrlanadi.
Solodning kislotaliligi (K) qo`yidagi formula bilan aniqlanadi:
K =100∙50∙n/(100-W), (5)
bu erda n – titrlashga sarflangan 0,1 mol/dm3 natriy gidroksidi
eritmasi miqdori, sm3;
W – solodning namligi, %.
Olingan natijalar laboratoriya qaydnomasiga kiritiladi.
Laboratoriya qaydnomasiga yozish tartibi
Titrlashga sarflangan 0,1 mol/dm3 natriy gidroksidi
eritmasi miqdori (n) ______ sm3
Solodning namligi ______ %
Kislotalilik (K) _____ grad
Standart talabiga binoan solodning kislotaliligi sovuq ekstraktlash yo`li bilan aniqlanganda 35 kam bo`lmasligi kerak.
Solodning rangini aniqlash. Solodning rangi tayyor mahsulotlar rangini belgilaydi. Bundan tashqari rang ko`rsatkichi yuqoriligi solodda aromatik moddalar ko`p miqdorda to`planganligidan dalolat beradi.
Solodning rangi 1 mol/dm3 yod eritmasining 100 g solod quruq moddalariga nisbatan qayta hisoblangan sm3 dagi miqdori bilan ifodalanadi. Solodning rangi fotoelektrokalorimetrik usulda aniqlanadi.
Buning uchun 100 sm3 hajmli kolbaga 10 sm3 fil’trat quyiladi va distillangan suv bilan chizig`igacha etkazilib, yaxshilab aralashtiriladi. Olingan eritma FEK-M fotoelektrokalorimetrning qalinligi 10 mm bo`lgan kyuvetasiga solinadi va 550 nm to`lqin uzunligida eritmaning optik zichligi aniqlanadi.
Solodning rangi qo`yidagi formula yordamida aniqlanadi:
R = D ∙ 100/(0,0075 ∙ (100-W)) , (6)
bu erda R – solodning 100 g quruq moddalarga hisoblangan 1 mol/dm3
yod eritmasi sm3 miqdori;
D – optik zichlik ko`rsatkichi;
W – solodning namligi, %.
Solodning rangi 10-20 sm3 1 mol/dm3 yod eritmasiga teng bo`lishi kerak.
Laboratoriya jurnaliga yozish tartibi
Eritma optik zichligi ko`rsatkichi (D) ______
Solodning namligi (W) ______ %
Solodning rangi (R) ______


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling