Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’larning hajmiy(uyma) og’irligini aniqlash Umumiy tushunchalar.
- Aniqlangan boshoqli donlarning hajmiy og’irligi
- 1000 dona urug’ning og’irligini aniqlash Asbob
X=m1* 100/m (1)
bu erda: m1 -ifloslantiruvchi (moyli) aralashma og’irligi, g; m- urug’ og’irligi, g. Kungaboqar pistasidagi puch urug’larning massa ulushini aniqlash uchun, ifloslantiruvchilanganliklardan tozalangan namunadan 10g olinadi. Namunadagi barcha urug’lar ochilib, puchlari ajratiladi va tortiladi. Puch urug’larning massa ulushi X1 (%da) quyidagicha topiladi. (2) bu erda: m1-100g urug’dan ajratib olingan ifloslantiruvchi aralashmani og’irligi,g m2 - moyli aralashmalar og’irligi, g; m3 - puch urug’lar og’irligi, g. Umumiy ifloslantiruvchilanganlik X2 (%da) quyidagi formuladan topiladi. X2 = X + X1 bu erda: X - ifloslantiruvchi aralashma miqdori, % Bir vaqtning o’zida 10g namunadagi puch urug’lar bilan birga kungaboqar mag’zining rangi o’zgarganlarini massa ulushi aniqlanadi. Mag’iz rangi o’zgarishi buzilganligini (defektligi) ko’rsatadi. Magizining rangi o’zgargan urug’larning massa ulushi X3 (%da) (2) formuladan topiladi. Barcha moyli aralashmalar miqdori X4 (%da) quyidagicha topiladi. X4 = m2 + X3 Ifloslantiruvchi va moyli aralashmalarning massa ulushi (%da) aniqlanganda, parallel aniqlashlar orasidagi farq quyida keltirilgan ko’rsatkichlardan oshmasligi kerak:
Urug’larning hajmiy(uyma) og’irligini aniqlash Umumiy tushunchalar. Hajmiy (uyma) og’irlik deb, ma`lum bir hajmdagi to’kiluvchan material og’irligiga aytiladi. 16-rasm. PX markali litrli purka. 1-futlyar; 2-tayanch; 3-toshlar uchun idish; 4-ilgak; 5-halqa; 6-obkash; 7-kronshteyn; 8-qistirgich; 9-ko‘rsatkich; 10- tushuvchi yukli o`lchov silindri; 11-pichoq; 12-tushuvchi yuk; 13-to‘ldiriluvchi silindr; 14- to‘ldiruvchi; 15-qulf; 16-ustun; 17-shkala; 18-tarozi toshlari. - Silindrsimon stakan –sig’imga ega bo`lgan o`lchagich, uning yuqori qismida pichoqni o`rnatish uchun joyi mavjud bo`lib, pastki qismida esa tushadigan yuk siqib chiqargan havoning chiqishi uchun teshik qo`yilgan; - To`ldiruvchi – bo`sh idish, o`lchagichning bir xil to`lishi uchun mo`ljallangan ikki tomoni ham ochiq bo`lgan silindr; - Pichoq – 1 litrdan ko`p bo`lgan donni ajratib olish uchun qo`llaniladi; - Tushadigan yuk - og’irligi 450 r, razmeri esa o`lchagichning ichki diametriga teng; - Voronkali silindr – donni to`ldiruvchiga solish uchun mo`ljallangan; - Tarozi – halqachalardan iborat ikkita pallani o`rnatuvchi uzun aylana metall moslama, og’irligi bo`yicha tushuvchi yuk va o`lchagichning og’irligiga teng keladigan tarozi toshi qo`yiladigan palla; - Tarozi toshlari; - Yig’ishtiriladigan quti – quti yuza qismida tarozi pallalarini va o`lchash silindrini o`rnatish uchun mo`ljallangan metall uyalardan iborat. Donlarning naturasini bir litrli purkada aniqlash tartibi quyidagicha: Voronkali silindr to‘ldirgich ustiga o‘rnatiladi. Voronkali silindr to‘ldirgich ustiga o‘rnatilgandan so‘ng voronkaning to‘sgichi barmoq bilan ohista bosib ochiladi. Don to‘ldirgichning ichiga to‘qilib bo‘lgandan keyin voronkali silindr chiqarib olinadi. O‘lchagichning tirqishidan pichoq tez (ammo asbobni qimirlatmasdan) chiqarib olinadi. Avval yuk, uning ortidan esa o‘lchagichga don tushadi. Pichoq yana qaytadan oldingi ehtiyotkorlik bilan tirqishga tiqiladi va shunday qilib, o‘lchagichning ichida aniq 1 litr don paydo bo‘ladi. To‘ldirgich bilan birgalikda o‘lchagich qutining ustidagi komadan chiqarib olinadi. Ularni ag‘darib, to‘ldirgichda qolgan ortiqcha don to‘kiladi. To‘ldirgich chiqarib olinadi. Pichoq ustida qolgan alohida donlar tashlab yuboriladi. O‘lchagichning tirqishidan pichoq chiqarib olinadi. Don bilan to‘ldirilgan o‘lchagich 0,5 g aniqlikda o‘lchanadi va donning sifat to‘g‘risidagi hujjatlarida (sertifikat va guvohnomalar) 1 g gacha aniqlikda yozib qo‘yiladi. Har qaysi don namunasi uchun don naturasini kamida ikki marta aniqlash zarur. Ikki parallel namunalar yoki arbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 10, qolgan ekin donlari uchun esa 5 g dan oshmasligi kerak. Natura ko‘rsatkichi sifatida ikki yoki bir necha aniqlash natijalarining o‘rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. Aniqlangan natijalar sifat bo`yicha hujjatlarda 1,0g gacha aniqlikda yoziladi, bunda yaxlitlash quyidagi tartibda boradi: agar grammning o‘ndan bir ulushi 5 raqamidan kichik bo‘lsa, u tashlab yuboriladi, agar u 5 dan katta bo‘lsa, gramm sonlari bir birlikka oshirib olinadi va agar u 5 ga teng bo‘lsa, grammlarning juft butun qismida u tashlab yuboriladi, toq butun qismida esa bir birlikka oshirib olinadi. Sulidan tashqari barcha ekin turi uchun ikkita aniqlangan natija orasidagi farq 5 g dan, suli uchun esa 10 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Aniqlangan boshoqli donlarning hajmiy og’irligi 2- jadvalga yoziladi. 2 – jadval. Aniqlangan boshoqli donlarning hajmiy og’irligi
1000 dona urug’ning og’irligini aniqlash Asbob: 4-sinf laboratoriya tarozisi; chinni kosachalar. Ishning bajarilishi. Urug’ namunasi ifloslantiruvchilanganliklari aniqlangandan song aralashtiriladi, yupqa qatlamda kvadrat ko’rinishida tekislanib, dioganal bo’yicha 4 ta uchburchakka ajratiladi. Ikki qarama-qarshi uchburchakdan:-yirik urug’lar uchun 500 dona urug’ (250 dona urug’ har bir uchburchakdan) –mayda urug’lar uchun 1000 dona urug’ (500 dona urug’ har bir uchburchakdan) sanab olinadi. (Ifloslantiruvchilanganlikni aniqlash uchun 10 g va undan kam namuna olish kerak bo’lgan urug’lar mayda urug’lar hisoblanadi). Urug’lar har bir uchburchakdan bir chekkadan tanlamasdan olish. Ajratilgan 2ta namuna (500 yoki 1000 dona urug’) tarozilarda 0,01 aniklikda tortiladi. Birinchi va ikkinchi namuna og’irliklari qo’shiladi. Agar 2ta namuna 500 donadan urug’ tortilsa, tortilgan ikki namuna yig’indisi 1000 dona urug’ og’irligi hisoblanadi. Agar 2ta namunada 1000 donadan urug’ tortilsa, olingan qiymat 2ga bo’linadi. Olingan 1000 dona urug’ og’irligi X quyidagi formula orqali ko’rib modda hisobida aniqlanadi. X = (100 - V) *m/100 bu erda: V – urug’ namligi, %; m - 1000 dona urug’ og’irligi, g. Parallel aniqlashlar orasidagi farq; 5%dan oshmasligi kerak. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling