Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Download 0.88 Mb.
bet27/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

Kerakli asboblar: quritish shkafi, 4-chi sinf laboratoriya tarozisi: eksikator; sayqallangan tiqinli stakanchalar; urug’ni kesish uchun piska.
Ishning bajarilishi. Laboratoriyaga kelgan urug’larning o’rtacha namunasidan har xil joylaridan 5 g. dan 2ta namuna ajratib olinadi (ko’rinishiga qarab butun yoki kesilganlaridan). Ularni oldindan quritilgan va tortilgan stakanchalarga solinadi va qopqoqlarini yopib tortiladi. So’ng, stakanchalar qopqog’i ochiq holda quritish shkafiga qo’yiladi. Quritish shkafidagi harorat 130°Cga etgan daqiqadan boshlab vaqt qayd qilinadi. Quritish shkafidagi haroratni ruxsat etilgan o’zgarishi 2°C. 40 daqiqa o’tgandan so’ng stakanchalar shkafdan olinadi, qopqoqlari yopilib, eksikatorga 15-20 daqiqaga sovutish uchun joylanadi. SHundan so’ng stakanchalar qayta tortiladi. Namlikni aniqlashdagi hamma o’lchashlarni 4-sinf tarozida 0.11 g aniqlikda olib boriladi.
Namlikning massa ulushi Xni (%da) tortmaning og’irligiga nisbatfn quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
X=(m1 -m2) /100( m1 –m2) (1)
bu erda m1 - quritilgunga qadar stakanchaning urug’lik bilan og’irligi, g; m3 – bo’sh stakan og’irligi, g.
Ikkita parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,02 abs. %dan oshmasligi kerak.
Doimiy og’irlikkacha quritish usuli birmuncha aniq hisoblanadi. Bunda quritish jarayoni namlik va uchuvchan moddalarni to’liq yo’qotilishi bilan boradi. Bu usulda namunalarni analizga tayyorlash va asboblar xuddi oldingi usuldagidek bo’ladi. Bu usulning boshqa usullardan asosiy farqi shuki, bunda quritish 100-105°C haroratda olib boriladi. Birinchi tortish 2 soat quritilgandan so’ng amalga oshiriladi, keyingilarini har 1 soatdan keyin, Og’irliklarni qayd qilish 2-sinf tarozida mingdan bir anikdikkacha o’lchab, daftarga qayd qilinadi. Oxirgi natija sifatida oldingisidan 0,001g.gacha farq qiluvchi natija qabul qilinadi.
Moyli urug’lardagi namlikning massa ulushi X formula orqali aniqlanadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling