13-rasm .O’rtacha kunlik namuna tuzish va o’rtacha namuna ajratish.
Bo’lgichlarda namunalar ajratish. Tahlil uchun o’rtacha namunalardan namunachalarni ajratish, shuningdek, o’rtacha namunani aralashtirish bo’lgichlarda va o’lda bajariladi.
Gusev bo’lgichi (14-rasm) namunalar ajratish uchun foydalaniladi. Unda ishlash tartibini keltiramiz. Apparatning yuqori qismining ichida voronka, yopuvchi mexanizm bilan jihozlangan chiqaruvchi darcha bor. Bo’lgichning quyi qismiga konus mahkamlangan bo’lib, uning cho’qisi voronka teshigi markazida joylashgan. Konus asosida 20 ta teshik yacheykalar bo’lib, ular bir-biridan alohida joylashgan. 10 ta teshikdan don bir cho’michga, bosha 10 ta teshikdan esa ikkinchi cho’michga yo’naltiriladi.
Bo’lgichning quyi cho’michida don tushishi uchun mo’ljallangan voronka joylashgan. Don to’plash uchun cho’michlar ustma-ust o’rnatilgan bo’ladi, shuning uchun yuqoridagi cho’michning o’rtasida teshikli quvurcha bo’lib, uorqali don quyi cho’michga tushadi.
14-rasm. Gusev bo’lgichi:
umumiy ko’rinish;
kesma holda ko’rinishi;
bo’lish qismi.
Bo’lgichni qulay ishlatish uchun unchalik baland bo’lmagan xontaxta yoki kursiga o’rnatiladi. Ishlatishdan oldin chang, donlardan tozalanib, kursi tekis yer sathiga o’rnatiladi.
Namunalarni aralashtirish va ularni bo’lgichda ajratish uyidagi tartibda amalga oshiriladi: don bo’lgich varonkasiga balandlikdan to’kilib, xokandoz yoki belkurakcha bilan tekislanadi, so’ng jo’mrak ochilgach, don konus orqali yacheykalardan o’tib cho’michga tushadi. Bo’lgichda don 3 marta qayta o’tkazilganidan keyin tahlil uchun namuna olinadi.
Tayanch so’z va iboralar
Nuqtaviy namuna olish; Shuplar; Elevator siloslari; Umumlashgan namuna; O’rta sutkaviy namuna; O’rta namuna; Organoleptik sifat ko’rsatkichlari; Laboratoriyaviy tahlil; Asosiy don; Bo’lgich; Partiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |