Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
-rasm Vagondan namuna olish tartibi
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
10-rasm Vagondan namuna olish tartibi.
Namuna qismlari vagonni bo’shatishda xuddi ortishdagi usul kabi olinadi. Ortish yoki bo’shatishda namuna ismlarining umumiy og’irligi 2 qo’li vagonlarda 2 kg, 4 o’li vagonlarda esa 4,5 kg atrofida bo’lishi shart. Ombor yoki xirmonlardan donni vagonlarga ortishda namuna qismlari tushayotgan oqim aralashmasidan, uni mexanik namuna olgich yoki maxsus cho’mich bilan kesib o’rtasidan olinadi. Bir tonna dondan olinadigan namuna qismi 0,1 kg.dan kam bo’lmasligi kerak. Omborlarda 1,5 m balandlikda saqlanadigan xirmonlarda namuna qismlari vagon shupi bilan, katta balandlikda esa buralib, shtangali konus shupi yordamida olinadi. Ushbu nutalardan namuna qismlari yuqori qatlamdan, ya’ni xirmon sathidan 10-15 smchuqurlikda, o’rta va quyida esa yer sathiga yain joydan olinadi. Har bir seksiyadan olinadigan namunada qismlarning umumiy og’irligi 2 kg atrofida bo’lishi kerak. Idishga joylangan don to’plamlaridan namuna so’kilgan oplardan konus shupi bilan qopning yuqori, o’rta va pastki yeridan olinadi. Og’zi tikilgan qoplardan namuna qop shupi bilan bir burchagidan olinadi. Namuna ismlarining olinadigan midori don to’plami xajmiga bog’liq. Agar to’plamda 10 ta qop bo’lsa, har ikki qopning biridan, 10 ta dan 100 ta qopgacha bo’lsa 5 ta namuna olinadi. Dastlabki namuna tayyorlash. Olingan namuna qismlari brezent yoki qop matosini ko’zdan kechirish va bir-biriga taqoslash uchun joylanadi. Agar barcha namuna qismlaridagi donlarni organoleptik ko’rsatkichlari bir turli bo’lsa, ularni toza va zararkunandalar bilan ta’sirlanmagan idishlarga to’kiladi. Don to’plamlaridan olinadigan barcha namuna qismlarining yig’indisi yoki jami dastlabki namunani tashkil etadi. Dastlabki namunali idishga yorli yopishtirilib, unda ekin turining nomi, navi, avlodi, hosil olingan yili; don tegishli tashkilotning nomi, vagon, avtomashina yoki omborning nomeri; to’plamning kilogrammdagi og’irligi; namuna olgan kishining imzosi qo’yiladi. Namuna qismlaridan tuzilgan dastlabki namuna og’irligi yirik don to’plamlaridan ko’p olingan bo’lsa, uning alohida qismlari turli xil bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra dastlabki namunadan o’rtacha namuna ajratiladi. O’rtacha namuna ajratish. O’rtacha namuna deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxa qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og’irlikda bo’lsa, o’rtacha namuna hisoblanadi. Dastlabki namunaning og’irligi 2 kg dan oshsa, unda o’rtacha namuna ajratiladi. O’rtacha namuna ajratishni bo’lish apparatlari yoki o’lda amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o’tkaziladi: yupqa yog’och taxtachani o’ng va chap qo’lda ushlab, ular bilan donni ikki qarama-qarshi tomonga yengil ko’tariladi va to’rtburchak o’rtasiga to’kib keyin aralash-tiriladi. Bu ish bir necha marotaba amalga oshirilib, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo’ladi (11- rasm). So’ng donni yupqa yog’och taxtachalar bilan uyumchaning ikki tomondan egallab, bir qavatning o’zida ular o’rtaga to’planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi. Bunday aralashtirish 3 marotaba o’tkaziladi. Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta to’rtburchak shaklida taqsimlanadi va yupqa taxtacha yoki chizg’ich bilan diagonal bo’yicha 4 ta uchburchakka bo’linadi. (11-rasm). So’ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi donlar yig’ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtirildi va yuqorida ayd etilganidek, o’sha usulda aralashtirilib, yana 4 ta uchburchakka bo’linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig’ishtirib olinadi, olganlari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og’irligi taxminan 2 kg. ga yetguncha davom etadi. Shunda o’rtacha namuna yuzaga keladi. Keyin o’rtacha namuna laboratoriyada ko’zdan kechirilgan holda tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartibli nomer o’yiladi. Keyinchalik bu nomer ushbu namunaga tegishli barcha hujjatlarga o’yilib boriladi. 12-rasmda tahlil uchun o’rtacha namuna va ismlarini ajratishni tuzish chizmasi keltirilgan. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling