Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Download 0.88 Mb.
bet14/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

Hajmiy og‘irlik


Miqdor chegarasi, %

Litrdagi
grammlar
shundan
past emas

Gekto-litr
dagi kg.lar shundan
past emas

Begona aralashma

Donli aralashma

Nam-
Lik

1,70x20
mm li elak
elanmasi
(kichik
donlar

Ham-masi

Boshqa za
rarli
aralash-
malar

Bahor-
gisi
uchun

Kuz-gisi
uchun

1
2
3
4

785
765
745
725

78
77
75
73

1
2
3
3

4


0.2
0.2
0.2
0.2

0.2


2
2
4
4

6


3
4
5
6

7



15.5
15.5
15.5
16.0

16.0


5
5
7
8

10


5

Hajmiy og‘irlikning bundan past ko‘rsatkichi bo‘l-maydi

Bug‘doy donini bir xilda baholash uchun ikkala standartda ham namlikning bir xil holati va begona hamda donli aralashmalar tarkibi aniq keltirilgan.


“Kuchli” va qattiq bug‘doy donini tayyorlashda qo‘yiladigan ta­lablar 19-jadvalda keltirilgan.
3-jadval. GOST 9354-60 va GOST 9353-60 bo‘yicha yumshoq “kuchli” va qattiq bug‘doy doniga quyiladigan texnik talablar



K o‘ r s a t k i ch n o m i



Me’yor

kuchli bug‘doy

qatiq bug‘doy

Hajmiy og‘irlik, l/ g hisobida, shundan kam emas

785

785

Namlik, % dan ortiq emas (yetishtiriladigan rayon va g‘alla qabul qiluvchi muassasa joylashuviga ko‘ra)

15-19

15-19

Begona aralashma, % dan ortiq emas

3,0

3,0

Shundan: qiyin ajraluvchi aralashmalar, ko‘p emas

1,0

-

Randek (yovvoyi o‘t urug‘i), shundan ko‘p emas

0,7

0,7

Shag‘al, shundan ko‘p emas

0,7

0,7

Zararli aralashma, shundan ko‘p emas

0,5

0,5

Zararli aralashmalar qatorida qorakuya qorakosov (birgalikda yoki alohida shu miqdordan oshmasligi kerak)

0,3

0,3

Talxak, achchiqmiya, shundan ko‘p emas

0,1

0,1

Bujun, shundan ortiq emas

0,1

0,1

Mevali tukli ko‘kmaraz (geliotrop) va kampirchopon

Ruxsat etilmaydi

Ruxsat etilmaydi

Donli aralshma, % dan ko‘p emas

4,0

4,0

Shundan nish urgan don

Ruxsat etilmaydi

Ruxsat etilmaydi

Shishasimonlik, % dan past emas

-

90

a) I-IV turkumning 1-kichik turkumchasi uchun

75

-

b) I-IV turkumning 2-kichik turkumchasi uchun

70

-

v) III turkumning 1-kichik turkumchasi uchun

60

-

Dondagi kleykovina mikdori, % dan kam emas

28

30

Kleykovina sifati

1-guruh

1-guruh

Toshbaqa-kanadan zararlangan don, % dan ortiq emas

0,5

1,0

G‘alla zararkunandalaridan zararlanganlik

Ruxsat etilmaydi

Ruxsat etilmaydi

“Kuchli” va qattiq bug‘doy doni muayyan turkum va kichik tur­kumchaga xos bo‘lgan hid va rangga ega bo‘lishi kerak. I-III-IV tur­kumdagi “kuchli” bug‘doy tarkibidagi boshqa turkumlar miqdori, shu­ningdek qattiq bug‘doy oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan va tarqa­tiladigan bug‘doyning tovar tasnifi bo‘limida ko‘rsatilgan talab­larga javob berishi kerak. G‘alla qabul qilish korxonalarida “kuch­li” va qattiq bug‘doyni topshirishda sinov dalolatnomasi navli ekinlar qaydi dalolatnomasiga asoslangan hujjatdan ko‘chirma ya’ni navlik hujjati bilan birga topshiriladi.


“Kuchli” va qattiq bug‘doyni saqlash va topshirish ishiga alohida diqqat e’tibor qaratish lozim.


4-LABORATORIYA ISHI
TURLI DONLARNING SIFATINI TAHLIL ETISH
Ishdan maqsad: Don sifatini tahlil etish uchun nusxa va namunalami olish usullarini o’rganish.
Asbob-uskunalar. Shuplar, bo’lgichlar (BIS-1 yoki Gusev) tarozilar, don uchun quticha, quritgich, yog’och chizg’ichlar, kurakchalar, qop matosi, bir qop don.
Asosiy tushuncha. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari, jumladan donni ko’paytirish bilan bir qatorda, unning sifatini yaxshilash uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Don va don mahsulotlarini sifatini baholashda uning iste’mol qiymatini ta’minlaydigan turli tabiiy belgilari hisobga olinadi.
Masalan, don sifatiga baho berishda uning tashqi ko’rinishi, yirik maydaligi, shakli, rangi, to’qimalarning ko’rinishiga, texnik ko’rsatkichlar (tashishga, qayta ishlashga, zararkunanda, kasalliklarga chidamliligini va boshqalar), iste’mol qiymati (ta’mi, oziq-ovqat, energetik va biologik darajasi) va boshqa xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Ishni bajarish tartibi: Don to’plamining sifatini aniqlash uchun 2 kg og’irlikdan iborat namuna ajratiladi. Namlikni aniqlash uchun 5 gr namuna kerak bo’lsa, aralashmalar tarkibi uchun esa 200 gr.gacha og’irlikdagi namuna olinadi. Ushbu namunalar tahlili yordamida, don to’plamiga tasnif berish mumkin. Natijalar birlamchi nusxalarning to’g’ri to’plashga, dastlabki, o’rtacha namunalarni olish joyiga, miqdoriga va ishni bajarish sifatiga bog’liq.
Ushbu masalani maxsus o’rganish va don to’plamlari sifatini umumiy baholashda turli qismlardan o’rtacha nusxalar tuziladi. O’rtacha tahlildan o’tishdan avval, oziq-ovqat, furaj va texnik maqsadda namunalarni tanlash usullariga to’g’ri keladigan hamda amaldagi Davlat standartlari bilan batafsil tanishib chiqiladi. Unda asosiy tushunchalar aniqligi to’plam, ma’lum olingan qism, boshlang’ich namuna, o’rtacha namuna va ishni amalda bajarishda zarur bo’lgan, rioya qilinadigan hamda namunalar tuzishning aniq qoidalari berilgan.
Don to’plami deb, bir vaqtda qabul qilish, topshirish, tushirish, omborda salashga mo’ljallangan, bir xil sifatli namunaga aytiladi. Don to’plamini sifati, ushbu to’plamdan olingan o’rtacha namunani laboratoriya tahlilidan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
Tahlil uchun namunalar olish va material tavvorlash. Dastlab don to’plamini sinchkovlik bilan ko’zdan kechiriladi va uning bir xilligi aniqlanadi, chunki namunaga olinadigan nusxa miqdori uning bir turligi va xajm darajasiga bog’lidir.
Namuna materiali olish uchun turli tizimdagi (konus, silindr va opli) shuplari hamda maxsus namuna olgichlar qo’llaniladi (1-rasm).





9-rasm. Dondan namuna olish asboblari: 1-konusli vagon shupi; 2-qop shupi; 3-silindrsimon shup; 4-maxsus cho’mich



Konusli vagon shupi—shuplarning asosiy turi hisoblanib, idishga joylanmagan to’plamlardan namuna materiali olishda foydalaniladi. Ushbu shup konus shaklidagi stakandan, qopqoq va shtangadan tashkil topgan. Stakan hajmi 150-180 ml. Namuna materiali olish uchun konusli shupni yopi holatda don uyumiga tushiriladi. Shtangani ko’tarishda shup qopqog’i ochiladi va stakan donga to’ldiriladi. So’ngra shup olinadi va stakandagi don brezent yoki qop matosiga to’kiladi.


Silindrli shupda latun quvurchalar bir-biriga o’rnatilgan. Ichki quvurcha kameralarga bo’lingan. Tashqi quvurchalar ichki quvurchadagi kamera miqdoriga to’g’ri keladigan bir taraflama darchalardan iborat. Ichki quvurcha yog’och tirsak bilan tugaydi. Uning yordamida quvurcha aylantirib turiladi. Namuna materiali olishda shup yopi holatida don xirmoniga tushiriladi. So’ngra tirsak yordamida ichki quvurchaning teshiklari tashqi quvurcha darchalari bilan to’g’ri kelgunicha aylantiriladi. Shup don bilan to’lganidan so’ng tirsak qarshi tomonga burilib, darchalar berkiladi. Keyin shup olinadi va undagi don oldindan tayyorlab o’yilgan qop matosi yoki brezentga to’kiladi. Silindr shupining qulayligi shundaki, uni qo’llash paytida xirmonning bir necha qatlamida namuna ismlarini olish mumkin. Qop shupi qoplarga joylangan donlardan namuna qismi olishda foydalaniladi. Shupni ichki qismining uzunligi 20-30 sm, tutkichi 10 sm atrofida. Don chiish darchasining diametri 1-2 sm. Shup yog’och g’ilofda saqlanadi. Konus shuplari yordamida namuna ismi olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: namuna ismi avval yuqori qatlamdan, so’ng o’rta va quyi qatlamdan olinadi.
Avtomashinadan donning namuna qismi kuzovning to’rt nuqtasidan olinadi, olinish nuqtalari kuzov chekkasidan 0,5 m uzoqlikda bo’lishi shart. Namuna ismlari yuqori qatlam va kuzov sathiga yaqin yerdan yoxud xirmonning butun chuqurligidan olinadi. Namuna qismlarining umumiy og’irligi 1 kgdan kam bo’lmasligi kerak.
Namuna qismlarini erkin olish imkonini beradigan vagonlarga don ortiladi. Ikki qo’li vagonlardan ularni shup bilan 5 nugasidan: 4 burchagidan (50-75 sm masofada) va vagonning o’rtasidan (A chizma) olinadi. Har bir nuqtada qismlari xirmonning uch qatlamida: yuqori qatlamida 10 sm. gacha chuqurlikda, o’rta qatlamning yarmiga yaqin chuqurlikda va vagon sathidan olinadi. To’rt qo’lli vagonlarda namuna qismlari don xirmoni ustidan 11 nuqtadan, ya’ni vagonning yon devorlaridan (4 nuqtadan) va 3 nuqta vagon o’rtasidan, shuningdek uch qatlamdan olinadi (B chizma).


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling