Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


– rasm . DB – 1 bo‘lgichi


Download 0.88 Mb.
bet10/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

5 – rasm . DB – 1 bo‘lgichi:
1 – konusli voronka; 2 – pribor kojuxi; 3 – jadval; 4 – eshikcha; 5 – shkala; 6 – qapqoq dastagi; 7 – katta cho‘mich; 8 – kichkina cho‘mich; 9 – namlikni aniqlash uchun o‘lchanma yig‘gich.

DB – 1 bo‘lgichi (5 – rasm) donni aralashtirish va undan o‘lchanma ajratish va bir vaqtning o‘zida kunlik o‘rtacha namuna olish uchun namunaning bir qismini aj­ratishga mo‘ljallangan. Bu moslama don qabul qilish ommaviy tus ol­gan davrda kunlik o‘rtacha namuna bo‘yicha tahlil o‘tkazishda keng ko‘llaniladi.


Ajratgich quyidagi qismlardan tuzilgan: sharsimon zulfinli ko­nus shaklidagi qabul qiluvchi voronka, aralashtiruvchi qurilma, ko­nus, voronka va harakatlanuvchi qopqoqdan; katta va kichik cho‘michlardan hamda namlikni aniqlash uchun olinadigan o‘lchanma o‘lchagidan iborat.
Asbobning barcha qismlari silindrik korpus ichiga joylashtirilgan, shuningdek, asbobni tozalash, ta’mirlash va kuzatish uchun oyna ham qo‘yilgan.
Ajratgichning ish tartibi quyidagicha. Namuna qabul qiluvchi voronkaga solinadi, uyumning usti tekislanadi. Donni proporsional qismlarga ajratish va kunlik o‘rtacha namuna tuzish uchun qopqoq shkalaning tegishli qismiga o‘rnatiladi. Don partiyasi hajmi va avtomashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatini hisobga olgan holda qapqoq kerakli qismga o‘rnatiladi. Pnevmoajratgich donushlagichning konussimon bo‘lish­laridan foydalanib, namuna hajmi aniqlanadi. Bo‘lgich korpusida jadval yopishtirilgan bo‘lib, yuqori gorizontal grafada namuna haj­miga tegishli raqam topiladi, chap tomonidagi vertikal grafada esa mashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga tegishli raqam aniqlanadi. So‘ngra bu raqamlardan pastga tomon va qopqoq dastagi o‘rnatiladigan bo‘linma bilan kesishguncha o‘ngga tomon chiziq o‘tkaziladi.
Shundan keyin sharsimon qopqoq ochiladi. Aralashtiruvchi va bo‘luvchi – araralashtiruvchi moslamadan o‘tgan namuna uch marta aralashtiriladi. Bo‘luvchi – aralashtiruvchi moslamadan o‘tayotgan donning bir qismi kichik cho‘michga kunlik o‘rtacha namuna uchun, donning qolgan katta qismi esa katta cho‘michga yo‘naltirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida namlikni aniqlash uchun ajratiladigan o‘lchanma bo‘linmasi tuldiriladi.






Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling