Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 – rasm. Pnevmatik namuna olgich PPD – 1
- PPD – 1 bo‘lgichli
6 – rasm. ATA – 3 apparati
Apparat ATA – 3 donni texnik tahlil qilish uchun ishlatiladi. Bu apparat sobiq ittifoqdagi Butunittifoq ilmiy tadqiqot institutida ishlab chiqilgan bo‘lib, g‘alla qabul qilish korxonalari laborotoriyalarida, tegirmon va yorma zavodlari laboratoriyalarida qullanilishi mumkin. Bu apparatda: a) diametri 10 mm bo‘lgan aylana teshikli g‘olvirlarda yirik aralashmalar ajratiladi. b) aralashtirgich yordamida namuna aralashtiriladi. v) o‘lchanmalar bo‘lgich yordamida ajratiladi; bir vaqtning o‘zida og‘irligi 100g dan 25 g gacha bo‘lgan uchta o‘lchanma ajratish va donning hajmiy og‘irligini aniqlash uchun bir litr don ajratishi mumkin. g) hajmiy og‘irlik aniqlanadi. Yirik aralashmalarni ajratish va namunani aralashtirib o‘lchanma ajratish namunani bir marta apparatdan o‘tkazishdayoq bajariladi. Bu ishlarning har birini alohida bajarishga nisbatan yektadigan vaqtni uch martaga tejash imkonini beradi. 7– rasm. Pnevmatik namuna olgich PPD – 1: a – tashqi ko‘rinishi; b – qurilma sxemasi; 1 – o‘chirgich; 2 – havoni chiqarish uchun patrubka; 3 – ventilator; 4 – filtr; 5 – kirish quvurchasi; 6 – don yig‘gich; 7 – konussimon zatvor; 8 – yuqorigi voronka; 9 – aralashtiruvchi qurilma; 10 – aralashtiruvchi qurilma voronkasi; 11 – bo‘laklovchi – aralashtiruvchi qurilma; 12 – qo‘zg‘aluvchan to‘siq; 13 – bo‘laklovchi – aralashtiruvchi qurilma voronkasi; 14 – namlikni aniqlash uchun namuna olish o‘lchagichi; 15 – o‘rtacha namuna tayyorlash uchun cho‘mich; 16 – o‘rtacha sutkalik namuna tuzish uchun donning proporsional qismi uchun cho‘mich. PPD – 1 bo‘lgichli pnevmatik namuna olgich (7 – rasm) avtomashina va boshqa transport vositalarida keltirilgan donlardan olinma ajratish, namunani aralashtirish va o‘lchanma ajratish kabilarga mo‘ljallangan. U kombinatsiyalangan moslama bo‘lib, pnevmonamunaolgich PDSh – 1 va DB – 1 bo‘lgichdan tuzilgan, bir necha konstruktiv o‘zgarishlarga ega. Bu asbob olinmalarni tanlash, don namunalalarini tuzish, ularni aralashtirish va tahlil uchun o‘lchanma ajratish singari barcha ishlarni jadallashtiradi. U yuqori namlikdagi va yirik aralashmalar bilan ifloslantiruvchilangan don massasidan olinma olishga moslashmagan. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling