O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi Erkinova Yulduzning


Download 38.85 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi38.85 Kb.
#1136868
  1   2   3
Bog'liq
Yulduz 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi
Erkinova Yulduzning
Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan 9-sinflar uchun tayyorlagan 2 soatlik
DARS ISHLANMASI


MAVZU: Prezident kim?

Toshkent-2023


Prezident kim?

Nutqiy mavzuning maqsadi: oʻquvchilar ongida Prezident haqida tasavvur hosil qilish hamda unga oid til birliklarini nutqida faollashtirish; matnni oʻqib tushunish; matn tarkibidan olinma soʻzlarni ajratish, ularning maʼnolarini sharhlash, lugʻat tuzish;
1-soat

Dars jarayoni
Kirish.
“Prezidenti kim?”
Asosiy qism.
Og`zaki nutq. Rasm asosida suhbat.
Aytinchi, rasmlarda qaysi davlat Prezidentlari joylashgan?
Darslikda rivojlangan to`rta mamlakat rasmlari berilgan. Oʻquvchilar rasmdagi holatlar bilan tanishib chiqib, oʻz munosabatlarini ogʻzaki tarzda ifodalab berishlari lozim. Bunda asosiy eʼtibor oʻquvchining rasmdagi holatlarni tushunishi, ushbu holatlarga mos bogʻlanishli nutq tuzib, gapirib berishiga qaratiladi. Oʻquvchilar oʻz munosabatlarini bildirganlaridan soʻng, rasm ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi.
1.O`zbekiston Prezindenti kim ?
Bu savolni o`quvchilar bilishi lozim. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga yoʻnaltiruvchi savollar berishi maqsadga muvofiq.
2. O`zbekistonga qo`shni Prezidentlarni bilasizmi?
Bunda o`quvchilar boshqa davlatlardagi prezidentlar haqida so`z olib boradi va taqqoslash orqali o`z fikr va mulohazalarini erkin bildirish va og`zaki nutq shaklini rivojlantirish malakasi ko`zda tutiladi. Dastlab oʻquvchilarning fikri tinglanadi, soʻngra oʻqituvchi tomonidan qisqa izoh berib oʻtiladi.
Ogʻzaki nutq. Rasm asosida suhbat.
Oʻquvchilar diqqati darslikda berilgan davlatlar va ularga oid suratlarga qaratiladi hamda rasm ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi:
1.Qaysi davlat rivojlanishiniga qaysi prezident sababchi? Javobingizni asoslang.
Mazkur savolda oʻquvchining rasmga munosabat bildira olishi bilan birgalikda, fikrlarini asoslab bera olishiga asosiy eʼtibor qaratildi. Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilardan savol yuzasidan kengroq javob olishga harakat qilishi, quyidagi maʼlumotlar bilan fikrlarini toʻldirib, koʻmaklashib borishi lozim:
sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyatfantexnikadin va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
Prezident -(lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan")
Taʼlim – onlayn taʼlim uchun platformalar, elektron jurnallar yaratiladi.
2.Yana qaysi Prezidentlarni bilasiz? Misollar bilan tushuntiring.
Prezident sivilizatsiya , arxitektura va muhandislik, taʼlim atamalari keng qo`llaniladi.
Oʻquvchilardan aynan buni soʻzma-soʻz aytishlari talab qilinmaydi. Ular javob berishga qiynalganda, yoʻnaltiruvchi savollar berish maqsadga muvofiq.
3.Davlat rivoji uchun faqat Prezident ma`sulmi ? Siz bu fikrga qanday munosabatdasiz?
Bu oʻquvchilarni muhokamaga chorlaydigan savol boʻlib, asosiy eʼtibor oʻquvchining fikrini asoslab berishiga qaratiladi, yaʼni oʻquvchi bu fikrni yoqlasa, bunga sabab boʻlgan omillarni sanab berishi, yoqlamasa, nima uchun bunday deb oʻylashini misollar bilan aytib bera olishi lozim.
Berilgan soʻz va soʻz birikmalarini izohi bilan koʻchiring.
Darslikda kelajakdagi O`zbekistonga oid til birliklari hamda ularning izohi berilgan. Oʻquvchilar soʻz va soʻz birikmalarini izohlari bilan moslashtirib, koʻchirishlari lozim. Oʻquvchilar bu topshiriqni bajarishda yuqorida savol-javoblar asosida boʻlgan muhokamadan egallagan bilimlariga tayanadilar.
sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyatfantexnikadin va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
Prezident -(lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan")
Taʼlim – onlayn taʼlim uchun platformalar, elektron jurnallar yaratiladi.

Download 38.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling