Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Pnevmatik namuna olgich PDSh – 1


Download 0.88 Mb.
bet7/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

Pnevmatik namuna olgich PDSh – 1. Ushbu pnevmatik namuna olgich avtomashina yoki transportning boshqa turlari yordamida tashib kel­tirilgan don partiyalaridan olinma ajratish uchun ishlatiladi. Bu asbob yordamida don uyumining barcha qatlamlaridan olinma ajratish mumkin.
Pnevmatik namuna olgichda pnevmatik so‘ruvchi moslama mavjud bo‘lib, u quyidagi qismlardan tuzilgan: asbob qopqog‘ida joylash­gan ventilator va o‘zgaruvchan tokli elektrodvigatel; asbob kor­pusida joylashgan konussimon (voronka) qadoqli slindrik don tutgichning pastki qismida aylana teshik bo‘lib, u rezina proklad­kali klapan bilan yopiladi. Korpus ichiga o‘rnatilgan cho‘mich; ichki va tashqi ikkita trubali naycha (soplo); don tutgichni (egiluvchan shlang orqali) soplo bilan tutashtiruvchi – dyuraluminiydan yasalgan don o‘tkazgich trubacha.
G‘alla qabul qiluvchi korxonalarda pnevmatik namuna olgich odatda tamg‘alash yulakchasiga chiquvchi derazaga o‘rnatiladi. Mosla­maning don o‘tkazgichi deraza orqali tamg‘alovchi ko‘prikchasiga chiqariladi, egiluvchan va uzaytirgich trubachalar yordamida soploga ulanadi.
Pnevmatik ajratgichning ish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: tamg‘alash ko‘prigida harakatlanayotgan mashina kuzovidagi don uyumiga soplo kiritiladi. Moslama elektr tokiga ulangach, elektrodvigatel ventilatorni harakatga keltiriladi. Ventilator harakati natijasida don tutgichning ichidagi havo siyraklashib, donlar soplo orqali surilib, egiluvchan shlang, don o‘tkazgich va don tutgichning konus­simon qismiga keladi. Moslama elektr tokidan ajratilgach donlar cho‘michga kelib tushadi.
Pnevmatik namuna olgich qator afzalliklarga ega bo‘lib, ular­dan eng asosiylari olinmalarni ajratish tezligi va don uyumining har qanday balandligida barcha qatlamlardan namuna ajrata olish imkoniyatining borligidir.
Ho‘l va yirik organik aralashmalar (somon va boshoq qismlari va boshqalar) bilan ifloslantiruvchilangan don partiyalaridan olinma­larni ajrata olmasligi moslamaning kamchiligidir.
O‘rtacha namunani ajratish
Laborotoriyada o‘rtacha namuna o‘lchanadi va ruyxatga olinadi, unga tartib raqami beriladi. Bu raqam bilan keyingi tahlil va ishlovga yuboriluvchi asosiy hujjatda ushbu don partiyasi nazarda tutiladi.
Ruyxatdan o‘tkazilgandan keyin namuna aralashtiriladi va uni ajratishga kirishiladi, ya’ni donni tahlil qilish uchun o‘lchanmalar ajratiladi. O‘lchanma deganda donning sifat ko‘rsatkichlaridan bi­rini aniqlashga mo‘ljallangan o‘rtacha namunaning bir qismi tushuni­ladi. Tahlil qilish maqsadida o‘lchanmalar o‘rtacha namunadan qo‘lda yoki ajratuvchi apparatlar yordamida (Gusev ajratuvchisi, PPD – 1, ATA – 3, Bash ajratuvchisi) ajratib olinadi.
O‘lchanmani ko‘lda ajratishda namuna qismlarga bo‘lib amalga oshiriladi. Bunda kvadrat shaklida yoyib qo‘yilgan don dioganallar bo‘ylab ajratilgan qarama – qarshi uchburchaklarni kerakli og‘irlikka yetguncha olish yo‘li bilan o‘lchanma ajratiladi, shuningdek tekis qatlamlarda, yoyilgan namunadan shaxmat tartibda olish bilan o‘l­chanmani ajratish usuli ham mavjud.
O‘rtacha namuna bilan ishlash tartibi “Don, namuna tanlash va o‘lchanmalarni ajratish usullari” Davlat standartida o‘z aksini topgan (3 – rasm).
Dastlab dondan bir necha marta aralashtirish natijasida o‘zga­rishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun o‘lchanma olinadi. Avvalo o‘rtacha namunadan donning namligini aniqlash uchun 100 g ajratib olinadi. Bu ulchanma og‘zi mahkam bekiladigan tiqinli bankaga solinadi, chunki donning sorbsion xususiyatlari natijasi­da uning namligi ochiq holatda o‘zgarishi mumkin. Mahkam bekila­digan banka bo‘lmaganda, banka o‘rnida tiqinli bo‘tilkadan ham foyda­lanish mumkin, ammo butilka unchalik qulay hisoblanmaydi.
Bundan keyin esa donning hidi, ta’mi va rangini aniqlash uchun o‘lchanmalar ajratiladi. Bu o‘lchanmalar diametri 8 – 10 sm, ba­landligi 3 – 4,5 sm bo‘lgan aluminiy idishga solinadi.
Yirik aralashmalarni ajratish uchun (yirik tosh, kesak, boshoq va boshqalar) namuna diametri 6 mm bo‘lgan aylana teshikli g‘alvir­dan o‘tkaziladi, g‘alvirda qolgan aralashmalar miqdori namuna og‘irligiga nisbatan foizlarda
ifodalanadi.
Aralashmalar bilan ifloslantiruvchilanganlik miqdori aniqlangach, bu aralashmalar tegishli ifloslantiruvchilantiruvchi aralashmlamalar fraksiyasiga qo‘shiladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling