Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Laboratoriya nazorat usullari
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICHTLning ish hujatlari
Laboratoriya nazorat usullari:
-texnologik me’yoriy hujatlar yordamida yozma ravishda bajarilishi kerak; -organoleptik usullar, fizik usullar (natura, shafoflik va hokazo), kimyoviy usullar (kullanish darajasi, protein) qo‘llaniladi; -fizik- kimyoviy usullar (kleykovina, kraxmal-amilograf); -fotoelekrokalometrik usul (turli oqsil, vitaminlarni aniqlash usuli). ICHTLning ish hujatlari O‘z faoliyatida IChTL quyidagi hujatlarini yuritadi: 1. Don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatini qayd qiladigan birlamchi hujjatlar: a) Analiz kartochkalari. Ularda don va don mahsulotlarining barcha aniqlash holatlari to‘ldiriladi. b) Sifat to‘g‘risidagi guvohnoma. Don va tayyor mahsulotlar jo‘natilayotgan vaqta to‘ldiriladi. v) Shtabel yorliqlari. Don va don mahsulotlari saqlanayotgan ombor yoki siloslarga yozib qo‘yiladi. Tahlil kartochkalariga natijalar yaxlitlanmasdan yoziladi. Ular quyidagi raqamlarga ega: un uchun-№ 45, yorma uchun – № 46, don uchun -№ 47. Sifat to‘g‘risidagi guvohnoma uch nusxada yoziladi. 1-nusxa yuk xati bilan oluvchi manziliga yuboriladi. 2-nusxa bug‘alteriyada qoladi, 3-nusxa IChTLda qoladi. Siyoh yordamida to‘ldirilib, sifat bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoxud IChTL boshlig‘i yoki sex laborotiya boshlig‘i yoki smena boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Guvohnomada korxona muhri bo‘lishi shart bu guvohnoma un uchun №40, yorma uchun №41, don uchun №42, omuxta yem uchun №43 ga ega. Birlamchi hujatlardan tashqari, labarotoriyada bir qancha jurnallar ham mavjud. Jurnallar №49 dan №81 gacha davom etadi. Jurnallarning hamma varaqlari raqamlangan bo‘lishi kerak. Jurnal oxirida direktor va IChTL boshlig‘ining imzosi va korxona muhri bo‘lishi kerak. Buzilgan raqamlarni to‘g‘rilash faqat tahlil o‘tkazgan laborant tomonidan amalga oshirilib, varaq oxirida «To‘g‘rilanganligiga ishonilsin» deb yozib qo‘yiladi. Barcha jurnallar 4 guruhga bo‘linadi; 1. Xomashyo sifatini baholash. 2. Texnologik jarayonlarini nazorat qilish va saqlashni kuzatish jurnalari. 3. Sifatinig alohida ko‘satgichlarini aks ettirish jurnallari. 4. Ko‘rsatgichlarni umumlashtirish jurnallari. Ularda o‘rta smena namuna tahlillari bo‘yicha hamma ko‘rsatgichlar yoziladi. 4-guruh jurnaliga №52 (tegirmon uchun) va №53 (yorma zavodlari uchun) jurnallarini misol qilish mumkin. №52 tegirmon ishi bo‘yicha tezkor nazorat jurnali. Unda har smenada tegirmonga tushadigan don sifati, un sifati, tegirmon tozalik qoidasi qayd etib boriladi. №53 yorma zavodida №52 jurnaliga mos ravishda to‘ldiriladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling