Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Olinmalarni tanlash va don namunalarini tuzish
Download 0.88 Mb.
|
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси
Olinmalarni tanlash va don namunalarini tuzish
Istalgan don partiyasi sifatini baholash o‘rtacha namuna deb nomlanuvchi 2-4 kg vazndagi donning tahliliga asoslanib o‘tkaziladi. O‘rtacha namuna asosida butun don partiyasining sifati to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Shu sababli o‘rtacha namuna tuzish tartibi GOST da “Don. Namuna tanlash va o‘lchanma olish usuli” to‘g‘risidagi qoidalarda belgilangan. Ushbu qoidalarga qatiy rioya qilish kerak, aks holda olingan o‘rtacha namuna butun don partiyasining sifatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Har bir don partiyasi, avvalo tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib, don partiyasining tashqi holati tahlil qilinadi. Bunda asosan donning hidiga, changligiga (zapыlennost), oqishiga e’tibor beriladi. Donning (vagon poli yoki mashina kuzovida don oqib ketishi natijasida chuqurcha hosil bo‘ladi) ustki qatlamidagi chuqurchalar uning oqimidan dalolat beradi. Agar don temir yo‘l orqali keltirilgan bo‘lsa, avvalo, har bir vagonning plombasi tekshiriladi, keyin esa vagondagi don ko‘zdan kechiriladi. Don tashqi ko‘rikdan yaxshilab o‘tkazilgandan keyin, undan olinmani tanlab olishga kirishiladi. Olinma deganda bir martada qabul qilinadigan don partiyasida dastlabki namunani tuzish uchun olingan, o‘rtacha miqdordagi don tushuniladi. Olinma don uyumining turli nuqtalari va turli qatlamlaridan bir tekisda olinadi. Masalan, avtomashinadagi don uyumining to‘rt joyidan uyib olinma tanlanadi. Olinma uyib olinadigan nuqta mashina yon bortlaridan 0,5 m masofada bo‘lishi kerak. Shuningdek turli idishlardagi (masalan: qoplarda) donlardan olinma ajratib olish qoidasi ham joriy etilgan bo‘lib, bunda olinma ichi kovak va uchli maxsus asbob – щup yordamida olinadi. Olinmalar ajratib olingandan keyin ularning organoleptik belgilari o‘zaro taqqoslanib, don partiyasining bir xilligi aniqlanadi. Agar don partiyasi bir xilda bo‘lsa, olinma yana qayta o‘z o‘rniga solinadi. Bir partiyadan ajratib olingan olinmalar majmuasi namuna deb nomlanadi. Agar olinmalarni ajratib olish jarayonidagi kuzatishlar natijasida don partiyasining bir xilda emasligi aniqlansa, unda donning bir xildagi har bir qismidan dastlabki namuna alohida olinadi. Agar dastlabki namuna og‘irligi jihatidan 2 kg dan ortiq bo‘lmasa, bu holda u ham o‘rtacha, ham dastlabki namuna vazifasini o‘taydi. Masalan, yuk ko‘tarish qobiliyati 16-20 t bo‘lgan vagonda keltirilgan dondan ajratilgan olinmaning umumiy og‘irligi 2 kg dan ortmaydi. Agar partiya ancha kichik va undan olingan dastlabki namuna 2 kgdan anchagina oz bulsa, ajratib olinadigan olinma miqdorini ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Agar partiya katta og‘irlikka ega bo‘lsa (suv transportida keltirilgan partiya va shu kabilar), unda dastlabki namuna ham yirik bo‘ladi va bu tahlil uchun noqulaylik keltirib chiqaradi. Bu holatda undan o‘rtacha namuna ajratib olinadi. Dastlabki namunaning tahlil uchun ajratilgan qismi o‘rtacha namuna brezent yoki fanera ustiga yoyiladi. Yassi, qiya qovurg‘ali ikkita yog‘och plankalar yordamida qatlam tekislab chiqiladi va kvadrat shakliga keltiriladi. Keyin kvadratning qarama – qarshi tomonlaridan plankalar qamrovidagi donlar olib, kvadrat o‘rtasiga solib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan don uyumchasi esa yana kvadrat shaklida bir tekisda tekislab chiqiladi. Dastlabki namuna uch marta qayta aralashtirilib kvadrat shakliga keltirilgach, planka yordamida dioganallar bo‘ylab to‘rtta uchburchakka bo‘linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklar olinib, qolgan ikkala uchburchak aralashtirilib yana kvadrat shaklida yoyib chiqiladi. Kvadrat uchburchaklarga ajratilib, yana ikkita uchburchak olinadi. Ikki qarama – qarshi uchburchakda 2 kg ga yaqin don qolguncha bu jarayon davom ettiriladi va bu don partiyasidan olingan o‘rtacha namuna bo‘ladi. O‘rtacha namuna chelak yoki qopga solinib, u bilan birgalikda: g‘alla topshiruvchining hujjati (nakladnoy), nav guvohnomasi (navli don topshirilganda); ekinning nomi, g‘alla topshiruvchi tashkilot nomi yoki vagon, ombor, silos nomerlari, kema nomi ko‘rsatilgan etiketka; don partiyasining umumiy og‘irligi olinma ajratilgan sana olinmani ajratgan va namuna tuzgan shaxs imzosi. Yuqoridagi hujjat va ma’lumotlar bilan birgalikda o‘rtacha namuna laborotoriyaga topshiriladi. Don partiyasidan olinmalarni ajratish, namunalar tuzish va ularni tahlil qilish uchun labaorotoriyalarga yetkazib berish ishini tamg‘alovchi laborant singari laborotoriya xodimlari bajaradilar. Olinmalarni ajratishda ombor, vagon va qop uchun mo‘ljallangan щuplar ishlatiladi. 2 – rasm. Pnevmatik namuna 1 – rasm. Shuplar: olgich PDSh – 1 1– qop щupi, 2 – vagon щupi; Harakatdagi don uyumidan olinma ajratib olish zarurati tug‘ilib qolsa, davriy oqizib o‘tkazishda maxsus o‘rnatilgan cho‘mich yoki namuna olgich yordamida olinadi. G‘alla qabul qiluvchi korxonalarda pnevmatik namuna olgich PDSh – 1 va PPD keng qo‘llaniladi. Ular yordamida namunalarni щuplarga nisbatan bir necha marta tezroq olish imkoniyati tug‘iladi. Hozirgi kunda namuna olgichlarning ancha takomillashgan turlarini yaratish ustida qizg‘in ish olib borilmokda. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling