Buxoro muxandislik-texnologiya instituti


Download 0.88 Mb.
bet8/29
Sana13.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1352484
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Лаборатория иши Ўсимлик ха таркиби ва ким хоссаси

3 rasm. Laborotoriyada o‘rtacha namunani tahlil qilish tartibi.

Organoleptik tahlil qilinib, yirik aralashmalardan ajra­tilgan butun o‘rtacha namuna zararkunandalar bilan zararlanganligini aniklash maqsadida tekshiriladi. 1 kg dondagi zararkunandalar miqdori aniqlanadi. Donning zararkunandalar bilan zararlanganligini aniqlashda, kanalarni qisman qirilishining oldini olgan holda (donlar orasida ularning ezg‘ilanishi) o‘lchanma ajratuvchi apparatlarda ajratib olinadi. Donda zararkunanda­lar tomonidan zararlanish miqdori aniqlangandan keyin 1 kg og‘irlikdagi shu o‘rtacha namunaning o‘zidagi metall aralashmalar miqdori tekshi­riladi. Keyin o‘rtacha namunaning ikkala qismi qo‘shiladi va aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan o‘rtacha namunadagi navbatdagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun o‘lchanma olinadi. O‘lchanma, odatda, ajratuvchi apparatlarda ajratib olinadi. Hozirgi paytda Gusev, Bash ajratgich moslamalari, DB – 1, ATA – 3, PPD –1 juda keng tarqalgan.


Gusev ajratgichi – tashqi tomondan silindrik va qism­larga ajraluvchi qoplama bo‘lib, yuqori qismida qabul qiluvchi vo­ronka joylashgan. Voronkaning ochilib yopiladigan qulfi mavjud bo‘­lib, uning tutqichi qoplamaning tashqi qismida joylashgan. Voronka ostida konus joylashgan bo‘lib, konusning uchi voronka teshigi mar­kazida joylashgan. Konus namunali ajratgich orqali o‘tkazishda o‘z-o‘zidan navlarga ajralishning oldini oladi. Tashqi qoplama dia­metridan kichik bo‘lgan konus asosida 20 ta teshik mavjud bo‘lib, ulardan o‘ntasi shartli ravishda toq, o‘ntasi esa juft deb nomlana­di. Toq teshiklardan o‘tgan don yuqori cho‘michga, juft teshiklardan o‘tgan don esa yig‘uvchi voronka orqali pastki cho‘michga tushadi.
Gusev ajratgichi namunani aralashtirish va o‘lchanma olish imko­nini beradi.
Ajratgichdagi juft va toq teshiklar miqdori bir xil bo‘lganli­gi sababli, ajratgich orqali o‘tkazilgan donning miqdori va sifa­ti bir-xilda bo‘ladi.
O‘lchanmani ajratish uchun pastki cho‘michdagi don olinadi va u ajratgich orqali pastki va yuqorigi cho‘michga yuboriladi. Shu tariqa pastki cho‘michdagi don miqdori har bir o‘tkazishda 2 martaga kamaya­di, yuqori chumichda esa aksincha ortib boradi. Pastki cho‘michdagi don taxmiman kerakli miqdorda qolgunicha ajratgichdan o‘tkaziladi va ajratgichning pastki cho‘michida qolgan don o‘lchanadi.
Gusev va boshqa ajratgichlarda o‘lchamani ajratish jarayonida or­tiqcha don miqdori o‘lchanma umumiy og‘irligining 10 foizidan oshmasligi kerak. Agar ortiqcha don o‘lchanma umumiy og‘irligining 10 foizidan oshmasa, uni tarozi pallasidan kurakcha bilan olish mumkin. Agar ortiqcha don shu me’yordan oshsa tarozi pallasidan o‘lchanmaning hammasi stol ustiga yoyi­lib tekislanadi va kerakli og‘irlikdagi don miqdorini mo‘ljallab, tur­li joylardan kurakcha yordamida olinadi.
Ajratgichda olingan o‘lchanma 50 g dan kam bo‘lmasligi kerak. 50 g dan kam bo‘lgan o‘lchanma olish talab qilinganda esa ajratgichda 50 g o‘lchanma ajratib olinadi va uni stolga yoyib, dioganallar bo‘ylab ajratib, kerakli o‘lchanma hosil qilinadi.
Gusev ajratgichida faqat birtadan o‘lchanma olish mumkin. Bu esa moslamaning kamchilik tomonidir.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling