Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. YAna uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham. Motivatsiya Insonni ma'lum bir tarzda harakat qilishga majburlaydigan ichki va tashqi motivlar tizimidir. Bir qarashda, bu mavhum va uzoq narsadir, ammo bu holda na istaklar va na ularni amalga oshirish quvonchi mumkin emas. Darhaqiqat, hatto sayohat ham u erga borishni istamagan kishiga baxt keltirmaydi. Motivatsiya bizning manfaatlarimiz va ehtiyojlarimiz bilan bog'liq. Shuning uchun u individualdir. Shuningdek, u shaxsning intilishlarini belgilaydi va shu bilan birga uning psixofiziologik xususiyatlari bilan shartlanadi. Motivatsiyaning asosiy tushunchasi motivdir. Bu ideal (moddiy dunyoda mavjud bo'lishi shart emas) ob'ekt bo'lib, unga erishish uchun shaxsning faoliyati yo'naltirilgan. S. L. Rubinshteyn va A. N. Leont'ev motivni insonning ob'ektiv ehtiyoji sifatida tushunadilar. Motiv ehtiyoj va maqsaddan farq qiladi. Buni inson harakatining sezilgan sababi sifatida ham ko'rish mumkin. Bu inson tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin bo'lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |