Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Soliq hisobotlarini elektron taqdim etish tartibi


Download 440.5 Kb.
bet45/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

2. Soliq hisobotlarini elektron taqdim etish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro‘yxatga olingan «Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizomga va 2008 yil 3 yanvarda 1756-son bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risida»gi vaqtinchalik nizomga asosansoliq hisobotlarini elektron taqdim etish dasturiy mahsuli ishlab chiqilgan.

Dasturiy mahsullar bilan ishlovchi har bir mashul xodim dasturiy mahsuldan foydalanish huquqi uchun alohida parolga ega bo‘lishi shart.Davlat soliq xizmati organlarida dasturiy mahsullarga kirish va ko‘rish huquqlari uchun beriladigan parollar bo‘lim boshliqlarining DSQ Raisining o‘rinbosarlari, DSB va DSI rahbarlari nomiga yozilgan bildirgisi asosida beriladi.Dasturiy mahsullarga to‘liq kirish huquqi (mahlumotlarni o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan darajadagi ruxsat) faqatgina mazkur dasturiy mahsullar bilan bevosita ishlovchi mashul xodimlarga, ko‘rish huquqi esa (mahlumotlarni o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga ega bo‘lmagan darajadagi ruxsat) mazkur dasturiy mahsullardan bilvosita foydalauvchi xodimlarga beriladi.

Dasturiy mahsullardan foydalanish uchun berilayotgan «foydalanuvchi nomi» va «parolg‘»lar quyidagi turkumda bo‘lishi shart:

- foydalanuvchi nomi (login)i lotin alifbosida mashul xodimning familiyasi va ismining bosh harfidan tashkil topgan bo‘lishi;

- parolg‘ 8 ta belgidan kam bo‘lmasligi, albatta yuqori va quyi registrlardan foylalangan bo‘lishi shart (bunda, maxsus belgilar @, #, $, &, *, % va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi).

Dasturiy mahsullardan foydalanish uchun parol olgan xodim ishdan bo‘shaganda, boshqa lavozimga o‘tganda, mehnat yoki o‘quv ta'tiliga chiqqanda, xodimning bevosita rahbari zudlik bilan Administratorga rasman murojaat etadi va ushbu xodimning logini Administrator tomonidan yopiladi (deaktivatsiya qilinadi) hamda jurnalda belgilab qo‘yiladi. Yopilgan (deaktivatsiya qilingan) loginni ochish (aktivatsiya qilish) yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Elektron soliq hisobotini jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatning tarkibi moliyaviy hisobotlar va soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblarni elektron ko‘rinishda qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarni web texnologiyalari orqali amalga oshirishdan iboratdir.

Elektron soliq hisobotini jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatning mazmuniga quyidagilar kiradi:

-barcha turdagi soliq hisobotlarini (qayta tuzilgan hisobotlarni) va moliyaviy hisobotlarni va zaruratga qarab, tuzatish kiritilgan hisobotlarini shakllantirish, elektron raqamli imzo bilan imzolash, shifrlash va elektron hujjat ko‘rinishida soliq idoralariga jo‘natish;

-soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini (qayta tuzilgan hisobotlarni), moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va qayta ishlash;

-elektron hujjat ko‘rinishida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborgan soliq to‘lovchilarga, ularni qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma yuborish, shu jumladan belgilanmagan shaklda taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan yozma bildirish jo‘natish;

-soliq to‘lovchi tomonidan yozma bildirish olingandan so‘ng, belgilanmagan shaklda taqdim etilgan soliq hisobotlarini (qayta tuzilgan hisobotlarni) va moliyaviy hisobotlarni qaytadan to‘g‘ri shakllantirish va o‘rnatilgan tartibda elektron hujjat ko‘rinishida soliq idoralariga jo‘natish;

-elektron ko‘rinishda taqdim etilgan hisobotlarni amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida saqlash.

Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portalida soliq to‘lovchilarga tasdiqlangan shakllardagi soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda shakllantirish imkoniyati yaratilgan. Shu jumladan, hisobotlarda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, soliq davri, soliq summasi, elektron hujjatni jo‘natuvchi soliq to‘lovchining nomi, elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili, hujjat yaratilgan sana ko‘rsatilishi lozimligi ko‘zda tutilgan.

Elektron ko‘rinishda shakllantirilgan soliq hisobotlarining himoyasini tahminlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari qo‘llaniladi. Soliq hisobotlari soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanib, soliq idoralariga yuboriladi. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini jo‘natuvchining elektron manzilidan jo‘natilib, soliq hisobotini qabul qilib oluvchining elektron manzilidan qabul qilib olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelgan vaqt soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini qabul qilib olish vaqtida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi to‘g‘risida, qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishini tahminlaydi.

Hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linma xodimlari soliq to‘lovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:

 hisobotlar shakllarining to‘liqligini;

 hisobotlardagi mansabdor shaxslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini (elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi);

 hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni) to‘ldirilganligini;

 hisobotlardagi shakllarda nazarda tutilgan barcha ko‘rsatkichlarni to‘ldirilishini, shunda korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud bo‘lmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) ("x" belgi bilan) qo‘yilganligini.

Hisobotga doir e'tirozlar bo‘lmagan taqdirda, taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq to‘lovlari summalari ko‘rsatkichlari hisob varaqlariga yozuvlarni o‘tkazish va byudjet bilan o‘zaro hisob-kitoblarga ko‘ra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi bo‘linmaga topshiriladi, shundan keyin byudjet bilan hisob-kitoblar haqidagi mahlumotlar ko‘chirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi mahlumot kompyuterdan chiqarilib, belgilangan tartibda hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmaga topshiriladi.

Elektron shakldagi hisobot qabul qilinganligi haqida davlat soliq inspektsiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yiladi va imzolangan hisobot soliq to‘lovchiga qaytariladi.

Davlat soliq inspektsiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi bo‘linmasiga soliq to‘lovchilarning hisobotlari tushgandan so‘ng, ularning olinganligi soliq to‘lovchilarning «Hisobotlarini ro‘yxatga olish jurnali»da bir kun muddatda qayd qilinadi.

Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda «Hisobotga doir mulohazalar» tayyorlanib, soliq inspektsiyasining mansabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yilib, qayta ishlash uchun soliq to‘lovchiga qaytariladi. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takroran ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga belgilangan tartibda qayta taqdim etiladi.

Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash chog‘ida ulardan foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini chiqarish (chop etish) imkoniyati tahminlanishi lozim.

Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qog‘oz nusxalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Hisobotlarni elektron ko‘rinishda qabul qilish yuzasidan xizmat ko‘rsatish hisobotlar haqiqatda kelib tushgan vaqtda amalga oshiriladi.

Ma’lumotlar olish bo‘yicha kutish vaqti Internet tarmog‘i va kompg‘yuter uskunalarining texnik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.



Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling