Buxoro soliq texnikumi yuridik shaslarni soliqqa tortish


Download 440.5 Kb.
bet47/50
Sana09.01.2022
Hajmi440.5 Kb.
#256642
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
KL-YUSH 20

Tayanch iboralar: Soliq hisoboti,soliqlarni taqdim etish tartibi,aniqlashtirilgan soliq hisoboti,shaxsiy hisobvaraq
1.Soliq to’lovchilarning soliqlar va yig’imlar bo’yicha taqdim etgan hisobotlari asosidagi ma’lumotlarni ShHga kiritish tartibi

Soliq kodeksining 82-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro’yxatga olingan "Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to’lovlar va daromadlar to’grisidagi deklarastiyalar bo’yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida"gi Nizom hamda Davlat soliq qo’mitasining 2019 yil 7 avgustdagi "Hududiy davlat soliq inspekstiyalari tarkibiy tuzilmalarining vazifalar klassifikatorini tasdiqlash to’g’risida"g’i 202-sonli buyrug’i talablaridan kelib chiqib, Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limining mas’ul xodimi soliqlar va yig’imlar bo’yicha soliq hisobotlarini qabul qilib oladi ("AUeMpz" dasturiy mahsuloti orqali avtomatik qabul qilingan elektron hisobotlar bundan mustasno) va ma’lumotlar bazasiga kiritilishini hamda soliq to’lovchining ShHga hisoblashga berilishini ta’minlaydi.

Soliq kodeksining 82-moddasiga muvofiq yuridik" shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo’yicha elektron hujjat tarzida takdim etadi.

Yirik soliq to’lovchilar, joylashgan eridan qat’iy nazar, soliq hisobotini Yirik soliq to’lovchilar bo’yicha hududlararo davlat soliq inspekstiyasiga taqdim etadi.

Soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda soliq organlarining L¥e&>tz dasturiy mahsuloti ma’lumotlari bazasida avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinib, SIAKJ-5 dasturiy mahsulotida soliq to’lovchining tegshpli soliq turidagi ShHga o’tkaziladi.

Soliq to’lovchilar tomonidan elektron tarzda takdim etilgan hisobotlar avtomatik hisobga olinishidan qat’iy nazar, ularni soliq to’lovchining ShHda to’liq hisobga olinganligi doimiy ravishda Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi (mazkur Nizomning 45-bandi ikkinchi xatboshisidagi holatlar bundan mustasno).

Bunda, soliq to’lovchining ShHda hisobga olingan soliq hisobotini hisobdan chiqargan boshqarma va uning hududiy tuzilmalari tomonidan nazorat qilib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi.

Soliq to’lovchi tomonidan soliqlar va yig’imlar bo’yicha soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan taqstim qilingan soliq hisobotlari bo’yicha hisoblangan yoki kamaytirishga hisoblangan summalari - ShHning tegishlicha "Hisoblangan" yoki "Kamaytirishga hisoblangan" ustunlarida aks ettiriladi.

2. Soliqlar va yig’imlar bo’yicha soliq to’lovchi tomonidai

taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlarni soliq to’lovchining ShHga kiritish tartibi

Soliqlar va yigimlar bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan taqstim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari asosidagi ma’lumotlarni soliq to’lovchiiiig PGHga kiritish tartibi mazkur Nizomning 35-40-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Soliq to’lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda soliq organlarining ChDGeYaeshz dasturii mahsuloti ma’lumotlari bazasida avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinib, SIAIJ-5 dasturiy mahsulotida soliq to’lovchining tegishli soliq turidagi ShHga o’tkaziladi (tegishli soliq turi bo’yicha avval taqdim etilgan mos hisobot davri uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan bir million so’mdan yuqori kamaytirishga topshirilgan hisobotlar bundan mustasno).

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti summasi tegishli soliq turi bo’yicha avval taqdim etilgan mos hisobot davri uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan kamaytirishga topshirilganda quyidagi tartibda:

a) aniqlashtirilgan hisobotlar bir million so’mdan yuz million so’mgacha kamaytirishga . topshirilganda DSIlardagi Kameral soliq tekshiruvi bo’lim (sho’’ba)lari mas’ul xodimlari tomonidan;

b) aniqlashtirilgan hisobotlar yuz million so’mdan bir milliard so’mgacha kamaytirishga topshirilganda DSBlardagi Kameral soliq tekshiruvi bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan;

v) aniqlashtirilgan hisobotlar bir milliard so’mdan ko’p mikdorda kamaytirishga topshirilganda DSQ Kameral soliq tekshiruvi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Kameral soliq tekshiruvi boshqarmasi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti summasi mazkur Nizomning 43-bandida belgilangan tartibda kamaytirishga takdim etilgan holatlar bo’yicha ^¥e£otz dasturiy mahsuloti orqali real vaqt rejimida hududlar va soliq turlari kesimida reestrlari shakllantirilib boriladi.

Soliq to’lovchilar tomonidan elektron tarzda taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari avtomatik hisobga olinishidan qat’iy nazar, ularni soliq to’lovchining ShHga to’liq va to’lov muddatlariga to’gri hisobga olinganligi doimiy ravishda Yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan nazorat qilib boriladi hamda aniqlangan kamchiliklar belgilangan tartibda bartaraf qilinadi.

Bunda, alohida nazoratga olingan (tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo’yicha realizastiya hajmidan yirik miqdorda soliq qarzdorligini hosil qilib to’lamaydigan) soliq to’lovchilarni soliq hisobotlarini Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boshqarmasi, aniqlashtirilgan hisobot bo’yicha qo’shimcha shart kiritgan boshqarma hamda mazkur Nizomning 43 - bandi bo’yicha Kameral soliq tekshyruvi boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti asosida qo’shimcha (kamaytirishga) hisoblashga berilgan soliqlar va yig’imlarning ShHdagi to’lash muddati etib - aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim qilingan sana ko’rsatiladi.

Tegishli hisobot davri uchun belgilangan to’lov muddatidan avval soliq hisoboti taqdim etilgan holatlarda soliq summasi ushbu hisobot davrining soliq hisoboti aks ettirilgan satrdan so’ng, lekin to’lov muddati kunida soliq to’lovchining ShHda aks ettiriladi.

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliqlar va yigimlar summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliqlar va yigimlar summasidan ortiq bo’lsa (aniqlashtirilgan soliq hisoboti asosida qo’shimcha hisoblashga berilgan), tegishli hisobot davrida amalda bo’lgan soliq qonunchiligida belgilangan to’lash muddatidan kelib chiqib, mazkur tafovutga qonunda belgilangan tartibda penya hisoblanadi va hisobot aks etgan kunning eng so’ngi satrida aks ettiriladi.

Aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblangan yoki kamaytirishga hisoblangan summalar ShHda mos ravishda "Hisoblangan" yoki "Kamaytirishga hisoblangan" ustunlarda va hisoblangan penya ustunida esa musbat yoki manfiy penya summalari aks ettiriladi.

Taqdim qilingan aniqlashtirilgan hisobotdagi soliq turi bo’yicha soliqni hisoblash usuli o’sib borish tartibida bo’lib, aniqlashtirilgan hisobotlar yilning oxirigacha davrlar ketma-ketligida topshrfilmagan bo’lsa, u holda Kameral soliq tekshiruvi boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan soliq to’lovchidan aniqlashtirilgan hisobotlarni ushbu yilning oxirgi hisobot davrigacha qabul qilinishi ta’minlanadi (joriy yil uchun esa oxirgi qabul qilingan hisobot davrigacha aniqlashtirilgan hisobotlar qabul qilinishi lozim).



Download 440.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling