Buyraklar funksiyasi, ayirish sistemasi kasalliklari va gigiyenasi Buyraklar


BUYRAK YETISHMOVCHILIGINI DAVOLASH


Download 1.57 Mb.
bet7/8
Sana07.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1438318
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bujrak

BUYRAK YETISHMOVCHILIGINI DAVOLASH

  • O’tkir buyrak yetishmovchiligi bemorni darhol nefrologik statsionarga gospitalizatsiyasini talab qiladi. Agar bemorning ahvoli og’ir bo’lsa, u reanimatsiya bo’limiga yotqiziladi. Davolash buyrak funktsiyasi buzilishining sabablariga bog’liq.
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligida davolash uning bosqichiga bog’liq. Dastlabki bosqichda asosiy kasallikni davolash amalga oshiriladi — bu buyrak funktsiyasining jiddiy buzilishlarini oldini olishga yordam beradi va keyinchalik ularni bartaraf etish osonroq bo’ladi. Siydik miqdori kamayganligi va buyrak yetishmovchiligi belgilarining paydo bo’lishi kuzatilganda organizmdagi patologik o’zgarishlar bilan kurashishni boshlash kerak. Tiklanish davrida esa oqibatlarni bartaraf etish zarur.

SIYDIK-TOSH KASALLIGI — UROLITIAZ:

  • Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) — bu siydik ajratish tizimida, ya’ni buyrakda, siydik pufagida va siydik yo’llarida toshlar (konkrementlar) mavjudligi bilan xarakterlanadigan surunkali, retsidivlanishga moyil bo’lgan modda almashinuvi kasalligidir. Ba’zan urolitiaz va nefrolitiaz terminlari sinonimlar sifatida ishlatiladi, lekin nefrolitiaz deb faqatginda buyrakda toshlar mavjudligini atash mumkin (boshqa siydik ajratish tizimi bo’limlarida emas).
  • Siydik-tosh kasalligi boshlanishi va rivojlanishining asosiy sababi modda almashinuvi buzilishi bo’lib, bu toshlarni shakllantiruvchi erimaydigan tuzlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Toshlarning soni va ularning joylashishi juda turlicha bo’lishi mumkin. Siydik-tosh kasalligi shifoxonalarning urologik bo’limiga gospitalizatsiya sabablarining 30-40 fozini tashkil etadi.
  • Yomon suv yoki bir xilda ovqatlanish, kishi yashaydigan mintaqaning iqlim xususiyatlari, masalan, juda issiq iqlim, ma’lum bir dori-darmonlar qabul qilish, siydik tizimining anomaliyalari va siydik yo’li strikturasi, giperparatireoz, A va D vitaminlarining yetishmasligi, siydik ajratish tizimining surunkali yallig’lanish kasalliklari (pielonefritsistit), shuningdek, irsiy omil ham siydik tosh kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling