Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

2. BUXGALTERIYA BALANSI (1- shakl)
2.1. Balans tuzishga qadar, joriy yil oxiriga analitik schyotlarning oborot (aylanma)lari va
qoldiqlari bilan Bosh kitob schyotlarining oborot (aylanma)lari va qoldiqlari albatta taqqoslanishi
zarur.
2.2. O‘tgan yil oxiriga bo‘lgan balans ma’lumotlari korxonaning tashkiliy qayta qurilishi, tovar-
moddiy qiymatliklarining qayta baholanishi va boshqa shunga o‘xshashlarni hisobga olgan holda,
3- ustunda, ya’ni kirish balansining yil boshiga ko‘rsatiladi.
2.3. Balansning yil boshiga va yil oxiriga ma’lumotlarining bir-biriga mos bo‘lishi uchun,
tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga bo‘lgan balans moddalari va guruhlangan bo‘limlariga
mos keltirilishi shart.
2.4. “Asosiy vositalar” moddasida ham harakatdagi, ham konservatsiya yoki zaxiradagi asosiy
vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, bu moddada yer unumdorligini oshirishga (melioratsiyalash, ularning zaxini
yuvish, irrigatsion va boshqa ishlar) qilingan kapital qo‘yilmalar, ijaraga olingan binolar, inshootlar,
jihozlar va asosiy vositalarga kiruvchi boshqa obyektlar ham aks ettirilib, hamda bu moddada
korxona tomonidan amaldagi Qonunchilikka binoan, yer uchastkalarini sotib olishga haqiqatda
qilingan xarajatlar ham ko‘rsatiladi.
Ijarachi va ijaraga beruvchi o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasi (yoki qo‘shimcha ahdlashuv)ga
binoan ijaraga olingan asosiy vosita ijara muddatining tugashi bilan yoki shartnomaga muvofiq
sotib olish bahosini o‘tkazib berish bilan ijarachi mulki hisoblanadigan asosiy vositalar, hamda 03
“Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatli
ijaraga olingan asosiy vositalar ham ko‘rsatiladi.
Korxonaning 01 “Asosiy vositalar” va 03 “Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar”
schyotlarida hisobga olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish miqdorlar ushbu
moddada alohida ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda, asosiy fondlarni to‘liq qayta
tiklashda belgilangan yagona amortizatsiya ajratmalari me’yorlaridan foydalanish kerak.


2.5. “Nomoddiy aktivlar” moddasida korxona o‘z xo‘jalik faoliyati davomida uzoq davr
mobaynida foydalanadigan va unga daromad keltiradigan nomoddiy obyektlarga qilingan
xarajatalarini ko‘rsatadi. Bularga, tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqlari,
patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, tashkiliy xarajatlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar
ta’sischilar (mulkdorlar) tomonidan korxona Ustav kapitaliga hissa tarzida qo‘yilgan bo‘lishi yoki
korxona o‘z faoliyati davomida sotib olgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu modda bo‘yicha nomoddiy aktivlar ham boshlang‘ich, ham qoldiq qiymatlarida
alohida, shuningdek hisoblangan eskirish miqdorlarida keltiriladi. Nomoddiy aktivlarni eskirishi
korxona tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va ulardan foydalanish muddatlaridan kelib
chiqqan holda (lekin korxonaning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmagan holda) hisoblangan
oylik me’yorlari bo‘yicha hisoblanib, oyma-oy mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga (davr
xarajatlariga) olib boriladi. Xizmat qilish muddatlarini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar
bo‘yicha eskirish me’yori besh yilga, lekin korxonaning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmagan
holda) belgilanadi.
2.6. “Kapital qo‘yilmalar” moddasida xo‘jalik va pudrat usullarida olib borilayotgan,
tugallanmagan qurilishlar qiymati buyurtmachi tomonidan aks ettiriladi.
Asosiy podani tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha xarajatlar, shuningdek, shu
maqsadlarda vaqtinchalik foydalanish uchun korxonalar tomonidan bo‘nak (avans) tarzida berilgan
qo‘yilmalar hisobi ham shu moddada aks ettiriladi.
O‘rnatish uchun mo‘ljallangan korxona omboridagi jihozlar ehtiyot qismlarining haqiqiy
qiymati ham shu moddada aks ettiriladi.
2.7. “Shu’ba korxonalaridagi aksiyalar” (040- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli moliyaviy
qo‘yilmalar” (06-1 “Paylar va aksiyalar” subschyotida) schyotining analitik qismida hisobga olinuvchi
shu’ba korxonalar aksiyasiga qo‘yilgan mablag‘lar miqdori ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
2.8. “Shu’ba korxonalariga berilagan qarzlar” (050- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli
moliyaviy qo‘yilmalar” (06-3 “Berilgan qarzlar” subschyotida) schyotida hisobga olinadigan shu’ba
korxonalarga berilgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.9. “Uyushma korxonalaridagi aksiyalar” (060- satr) moddasida analitik holda 06 “Uzoq
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar” (06-1 “Paylar va aksiyalar” subschyotida) schyotida hisobga
olinuvchi uyushgan korxonalar aksiyasiga qo‘yilgan mablag‘lar miqdori ko‘rsatiladi.
2.10. “Uyushma korxonalariga berilgan qarzlar” (070- satr) moddasida 06 “Uzoq muddatli
moliyaviy qo‘yilmalar” (06-3 “Berilgan qarzlar” subschyotida) schyotida hisobga olinadigan
uyushma korxonalariga berilgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.11. “Uzoq muddatli investitsiyalar” (080- satr) moddasida davlatning daromad keltiruvchi
aktivlariga (qimmatbaho qog‘ozlar-aksiya, obligatsiyalariga), O‘zbekiston Respublikasi hududida va
uning tashqarisida tashkil etilgan boshqa korxonalar ustav fondiga (uyushma va shu’ba korxonalar
ustav fondi bularga kirmaydi) va boshqa shu kabilarga qilingan (bir yildan kam bo‘lmagan
muddatga) investitsiyalar miqdori ko‘rsatiladi (boshqa korxonalarga berilgan qarzlar bunga
kirmaydi).
Moliyaviy qo‘yilmalar belgilangan qonunchilikka ko‘ra qilingan haqiqiy xarajatlar miqdorida
hisobga olinadi.
Agar, investor dividend olish huquqiga ega bo‘lib, qo‘yilma uchun mas’uliyatni o‘ziga olganda,
to‘liq to‘lanmagan aksiya va paylarning to‘liq sotib olish qiymati balansning aktivida, to‘lanmagan
qiymati esa, balans passivining kreditorlar moddasida ko‘rsatiladi. Boshqa hollarda, sotib olishga
mo‘ljallangan aksiya va paylar uchun o‘tkazilgan miqdorlar balans passivining debitorlar moddasida
ko‘rsatiladi.
2.12. “Boshqa qarzlar” (090- satr) moddasi bo‘yicha 06” Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar”
schyotida hisobga olinadigan va yuqoridaga moddalarda hisobga olinmagan uzoq muddatli qarzlar
miqdori ko‘rsatiladi.
2.13. “Boshqa aktivlar” (100- satr) moddasida yuqoridagi moddalarda keltirilmagan uzoq
muddatli vositalar va qo‘yilmalar ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, ijaraga beruvchi — korxona 09
“Kirimga olinadigan ijara majburiyati” schyotida hisobga olinuvchi uzoq muddatga berilgan asosiy
vositalar majburiyatining qoldiq miqdorini ko‘rsatadi.


2.14. “I bo‘lim bo‘yicha JAMI” (110- satr) moddasida 012-satr, 022- satr, 030- satr, 040- satr, 050-
satr, 060- satr, 070- satr, 080- satr, 090- satr, 100- satrlar yig‘indisi ko‘rsatiladi”.
2.15. Balans aktivining II-bo‘limi “Oborot aktivlari”da korxona qisqa muddatli aktivlarining
miqdori ko‘rsatiladi.
2.16. “Ishlab chiqarish zaxiralari” (120-satr) moddasida 10 “Materiallar” schyotida hisobga
olinadigan xomashyo zaxiralar, asosiy va yordamchi materiallar, chiqindilar qaytimi, yoqilg‘i, sotib
olingan yarim fabrikatlar (yarim tayyor mahsulotlar) va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, bo‘sh
idishlar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi, kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar,
shu jumladan maxsus asbob-uskunalar va moslamalar, maxsus oyoq kiyimlar va yotoq jihozlarining
qoldiq qiymati ( 12 “Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlar” schyotida hisobga olingan buyumlarni
dastlabki qiymati bilan O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi
Nizomga muvofiq hisoblangan va 13 “Kambaholi va tez eskiruvchi buyumlarni eskirishi” schyotida
hisobga olingan eskirish miqdori o‘rtasidagi farq) ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini hamda kambaholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish
uchun foydalanilgan 15 “Materiallarni tayyorlash va sotib olish” va 16 “Materiallar qiymatdagi farqlar”
schyotlaridagi ko‘rsatilgan qiymatliklar “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasida aks ettiriladi.
2.17. “Tugallanmagan ishlab chiqarish” (130- satr) moddasida tugallanmagan ishlab chiqarish
va ishlar (xizmatlar) bo‘yicha xarajatlar ya’ni buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining “Ishlab chiqarish
xarajatlari” bo‘limi schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlar ko‘rsatiladi. Buning uchun
tugallanmagan ishlab chiqarish, O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti
to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-
yanvarda tasdiqlangan 9-sonli “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish,
xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish
tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizomga
muvofiq daromaddan olinadigan soliqni hisoblashda e’tiborga
olinadigan rejalashtirish, hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulatsiyalash
bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalarga muvofiq hisoblangan bahoda aks ettiriladi.
Korxonalar (qurilish, ilmiy, qidiruv bilan shug‘ullanuvchi) joriy yilda buyurtmachilar bilan
tuzilgan shartnoma asosida alhida mohiyatga ega bo‘lgan tugallangan ish bosqichlari uchun hisob-
kitob qiladi va uni 36 “Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha bajarilgan bosqichlar” schyotida
hisobga oladi. Bunda buyutmachi balansga faqatgina to‘liq tayyor mahsulotlarni qo‘shadi.
Buxgalteriya hisobida tugallangan, belgilangan tartibda qabul qilingan va to‘langan
bosqichlar yoki schyotlarning (bank tomonidan to‘lashga qabul qilingan) haqiqiy xarajatlar miqdori
20 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan 46 “Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish” schyotining debetiga
chiqim qilinadi. Bir vaqtning o‘zida to‘langan yoki to‘lovga qabul qilingan schyotlardagi miqdorga
36-schyot debeti bilan 46 “Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish” schyoti krediti tarzida
korrespondensiyalanadi. Buyurtmachilardan tugallangan va qabul qilingan etaplar uchun
to‘langan mablag‘lar miqdori 51 “Hisoblashish” schyoti debetiga va 64 “Olingan avanslar (bo‘naklar)
bo‘yicha hisoblashuvlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Hamma ishlar tugatilishi bilan 36-schyotda hisobga olingan buyurtmachi tomonidan jami
etaplar uchun to‘langan haq qiymati 62 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlar” schyotini
debetiga yoziladi.
62-schyotda hisobga olingan to‘liq tugatilgan ishlar qiymati olingan bo‘nak (avans) hisobiga
(64-schyot debeti va 62- schyot kreditlari bo‘yicha yozuv qilinadi) va buyutmachilardan oxirgi hisob-
kitobga ko‘ra olingan miqdor hisobiga (51-schyot debet va 62- schyot krediti) yopiladi.
Shuningdek, ushbu moddada qishloq xo‘jaligining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari
tayyor mahsulot ishlab chiqarish qiymati ayirilgan holda aks ettiriladi va hisobot davrining oxiriga
nisbatan tugallanmagan asosiy vositalarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi.
2.18. “Tayyor mahsulot” (140- satr) moddasida buyutmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida
va tegishli texnik shartlarga hamda standartlarga muvofiq barcha qismlari bilan butlangan va
qabul qilish uchun sinovdan o‘tkazilgan, to‘liq ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoldig‘i haqiqiy ishlab
chiqarish tannarxida ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar,
topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida
ko‘rsatiladi.


Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun 37 “Chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)”
schyotidan foydalanganda, tayyor mahsulot ushbu moddada me’yoriy (reja) tannarxda aks ettiriladi.
2.19. “Olib sotiladigan tovarlar” (150- satr) moddasida o‘z Nizomiga ko‘ra savdo va umumiy
ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar sotib olgan tovarlar qoldig‘ining qiymatini
ko‘rsatadi. Bunda umumiy ovqatlanish korxonalari oshxona va omborlarda qolgan xomashyolarni,
shuningdek yemakxonalardagi tovarlarning qoldig‘ini ko‘rsatadi.
Bu moddada sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalari sotish uchun keltiriladigan
mahsulotlarni, materiallarni, buyumlarni, shuningdek sanoat korxonalaridagi keltirilgan
mahsulotlarni (lekin chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga ko‘shilmaydigan), ya’ni xaridor
tomonidan alohida haq to‘lanadigan tayyor buyumlar qiymatini ko‘rsatadi.
Ushbu moddada tovarlar qiymati sotish va sotib olish baholarida alohida, shuningdek mol
yetkazib beruvchilar tomonidan beriladigan chegirmalar va tovarlarga qo‘yilgan ustama baho
miqdorlari alohida keltiriladi.
2.20. “Kelgusi davr sarflari” (160- satr) moddasida hisobot yilida qilingan, lekin kelgusi hisobot
davrlarida ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga olib boriladigan, ya’ni vaqt oralig‘ida uzilishi
lozim bo‘lgan xarajatlar miqdori ko‘rsatiladi. Bunday xarajatlarga shu bilan birgalikda asosiy
vositalarni o‘z vaqtidan tashqari o‘tkazilgan ta’mirlash (ta’mirlash fondi tashkil qilinmagan
korxonalar bo‘yicha), obuna, oldindan to‘langan ijara haqi va boshqa xarajatlar ham kiradi.
2.21. “Pul mablag‘lari” (170-satr) moddasida korxonaning 51 “Hisoblashish”, 55 “Banklardagi
maxsus schyotlar”, 56 “Pulli hujjatlar”, 57 “Yo‘ldagi yuborilgan pullar” schyotlaridagi pul
mablag‘larining qoldiq miqdorlari so‘mlarda ko‘rsatiladi. Balansning bu moddasida aks ettirilgan
mablag‘lar miqdori bank ko‘chirmalaridagi miqdorlarga mos kelishi shart.
2.22. “Valyuta mablag‘lari” (180- satr) moddasida korxona bankdagi valyuta schyotlari va
valyuta g‘aznasidagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan hisobot
davrining oxirgi kuniga belgilangan kurs bo‘yicha so‘mga aylantirilgan valyuta mablag‘larning
qoldig‘ini ko‘rsatadi.
2.23. “G‘aznadagi pul mablag‘lari” (190- satr) moddasida balans tuzilgan kunga korxona
g‘aznasidagi milliy valyuta mablag‘larining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
2.24. “Qisqa muddatli qo‘yilmalar” (200- satr) moddasida korxonalarga, boshqa korxonalarning
qimmatbaho qog‘ozlariga, foizli davlat obligatsiyalari va mahalliy qarzlarga, shunga o‘xshash
boshqalarga qilingan qo‘yilmalar (investitsiyalar) (bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga) va shu bilan
birga boshqa korxonalarga berilgan qarzlar miqdori ko‘rsatiladi.
2.25. “Sotib olingan xususiy aksiyalar” (210-satr) moddasida korxona o‘zi chiqargan xususiy
aksiyalarini qayta sotib olib, keyinchalik tarqatish uchun bir yil muddatgacha o‘zida saqlagan
aksiyalar miqdori ko‘rsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar 56 “Pulli hujjatlar” schyotida hisobga
olinadi. Foyda taqsimlanishida sotib olingan xususiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar hisoblanmaydi.
2.26. “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar” (220-satr) moddasida xaridorlarga
jo‘natilgan tovarlar, buyurtmachilarga (xaridorlarga) topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
to‘liq haqiqiy tannarxda, moliyaviy natijani aniqlashda esa jo‘natish yoki smeta qiymatlarida korxona
hisob-kitob (yoki boshqa) schyotlariga to‘lovlar kelib tushgunga qadar yoki o‘zaro to‘lov
talabnomalarida hisobga olingunga va olingan veksellar bilan ta’minlangunga qadar ko‘rsatiladi.
2.27. “Bo‘nak (avans) to‘lovlari” (230- satr) moddasida boshqa korxonalarga keyinchalik
hisoblashishlar uchun to‘langan bo‘nak (avans) miqdorlari ko‘rsatiladi.
2.28. “Budjet bilan hisoblashishlar” moddasida soliq va moliya muassasalariga bo‘lgan qarzlar,
shu bilan birgalikda soliqlar bo‘yicha ko‘p to‘langanlik holatlari qo‘shilgan holda, budjetga bo‘lgan
yig‘ma va boshqa to‘lovlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, bu moddada 19 “Sotib olingan qiymatliklar
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i” schyotida hisobga olinuvchi ko‘shilgan qiymat solig‘ining
miqdori ham ko‘rsatiladi.
2.29. “Xodimlar bilan hisoblashishlar” (250- satr) moddasida korxona ishchilarining bank yoki
shu korxona mablag‘lari hisobiga olgan ssuda va qarzlari, korxonaga keltirilgan moddiy zararni
qoplash va shu kabilar bo‘yicha bo‘lgan qarzlar ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda bu moddada jamoa
va shaxsiy uy-joy qurilishiga yoki dala hovli sotib olish va bog‘ uchastkalarida yashash sharoitini


yaxshilash uchun xodimlarga berilgan qarzlar, yosh oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash va uy
xo‘jaligini tashkil etish uchun beriladigan foizsiz ssudalar aks ettiriladi.
2.30. Korxona balansining aktiv va passividagi “Shu’ba korxonalar bilan hisoblashishlar” (260-
satr) moddasida, shu’ba koxonalari bilan bo‘lgan joriy operatsiyalar (balanslararo hisoblashuvlar)
bo‘yicha ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda shu’ba korxonasi timsolida huquqiy shaxs hisoblanuvchi
hamda investitsion va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy korxonaga doimiy ravishda
berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy korxona va uning shu’ba korxonasi bo‘yicha ma’lumotlar
jamlanishi lozim. Yig‘ma hisobotda ko‘rsatilgan moddalar jamlanadi.
2.31. “Uyushma korxonalari bilan hisoblashishlar” (270- satr) moddasida uyushma korxonalari
bilan bo‘lgan joriy jarayonlar bo‘yicha 78 “Shu’ba (qaramog‘idagi) korxonalar bilan hisoblashuvlar”
va 79 “Ichki xo‘jalik hisoblashuvlari” schyotlarida yuritiladigan hisob-kitob ma’lumotlari aks ettiriladi.
2.32. “Ta’sischilar bilan hisoblashishlar” (280- satr) moddasi bo‘yicha 75 “Ta’sischilar bilan
hisoblashishlar” schyotida (“Ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bo‘yicha
hisoblashishlar” subschyotida) hisobga olinadigan korxona ta’sischilarining Ustav kapitali bo‘yicha
qarzlari ko‘rsatiladi.
2.33. “Boshqa debitorlar” (290- satr) moddasida hisobdor shaxslarning, tovar-moddiy
qiymatliklarni qabul qilish paytida aniqlangan kamomadlar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilarning
qarzlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu moddada xo‘jalik faoliyati natijalariga olib boriladigan, ya’ni
qarzdor tomonidan tan olingan yoki sud, arbitraj va boshqa muassasa tomonidan ularni undirish
to‘g‘risidagi qarori bilan olingan jarimalar, peniyalar va neustoykalar aks ettiriladi.
2.34. “P- bo‘lim bo‘yicha JAMI” (300- satr) moddasida 120-, 130-, 140-, 150-, 160-, 170-, 180-, 190-,
200-, 210-, 220-, 230-, 240-, 250-, 260-, 270-, 280-, 290- satrlar yig‘indisi ko‘rsatiladi.
2.35. “Balansning aktivi bo‘yicha JAMI” (310- satr) moddasida 110- va 300- satrlar yig‘indisi
yordamida topiluvchi balans aktivining umumiy yig‘indisi ko‘rsatiladi.
2.36. Balansning passivi ikki bo‘limdan, “Xususiy kapital” va “Majburiyatlar”dan tarkib topgan.
2.37. “Ustav kapitali” (320- satr) moddasida korxona ta’sischilarining Ustav kapitaliga qo‘shgan
hissalar (qismlar, nominal qiymatdagi aksiyalar, pay badallar) majmui, ya’ni ta’sis hujjatlarida
ro‘yxatga olingan miqdorlar ko‘rsatiladi.
Balansda ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shishi kerak bo‘lgan haqiqiy
qarzi alohida ko‘rsatiladi.
2.38. “Qo‘shilgan kapital” (330- satr) moddasida korxona o‘z aksiyalarini nominal qiymatdan
yuqori baholarda birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadlari miqdori ko‘rsatiladi. Qo‘shilgan
kapitalni hisobi 85-2 “Qo‘shilgan kapital” schyotida yuritiladi.
2.39. “Rezerv kapitali” (340- satr) moddasida korxona nizomiga muvofik, foyda hisobidan
tashkil qilingan rezervlar, mol-mulkni qayta baholashda tashkil etilgan rezervlar, shuningdek
beg‘araz olingan mulklar va hissadorlik (o‘rtoqchilik) jamiyatlarining mulklarini oshiradigan boshqa
(pulli mablag‘lardan tashqari) tushumlar miqdori ko‘rsatiladi.
2.40. Choraklik hisobotning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” (350- satr)
moddasida sof (netto) foyda, ya’ni tayyor mahsulot, yarim fabrikat, sotib olingan mahsulot,
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar sotilishidan ko‘rilgan moliyaviy natijalar, shuningdek
operatsion daromad va tushumlar, 26 “Davr xarajatlari” schyotidagi xarajatlar, korxonaning
moliyaviy faoliyati bo‘yicha daromad va xarajatlari, favqulotdagi, ya’ni tasodifiy foyda va daromadlar
aks etuvchi 80 “Foyda va zararlar” schyoti bilan hisobot yili mobaynida to‘lanishi kerak bo‘lgan
soliqlar, shuningdek yakuniy hisoblanilgan foyda (daromad) solig‘i va atrof muhitni tozalash uchun
mahalliy yig‘imlar aks etuvchi 81 “Hisoblangan va to‘langan foyda (daromad) solig‘i” schyot
qoldiqlari o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Hisobot yili oxirida 81 “Hisoblangan va to‘langan foyda (daromad) solig‘i” schyotining debetida
yig‘ilgan miqdor 80 “Foyda va zararlar” schyotining debetiga olib borilib 81 schyot yopiladi va 1-
yanvarga nisbatan qoldiq qolmaydi.
Hisobot yilida 80 schyotda qoladigan qoldiq foyda (zarar) 87 “Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)” schyotining (zarar) debetiga yoki (sof foyda) kreditiga olib boriladi va schyot
yopiladi. 87 schyotda ko‘zda tutilgan subschyotlar bundan keyin foydalanilmaydi.


Yillik hisobotda 87 “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining kreditiga
o‘tkazilgan foyda 150-satrda ham ko‘rsatiladi. Shu bilan birga (agar bu schyotda (alohida
subschyotida) o‘tgan yillar taqsimlanmagan foyda qoldig‘i bo‘lsa), hisobot yilidagi taqsimlanmagan
foyda qoldig‘i o‘tgan yilgisi bilan qo‘shilib ko‘rsatiladi.
Agar korxona zarar ko‘rsa, u holda bu zarar shu satrda “manfiy” belgi bilan chorak oxirida
ko‘rsatiladi. Shu bilan birga 81 “Hisoblangan va to‘langan foyda (daromad) solig‘i” schyot
qoldig‘ining 80 “Foyda va zararlar” schyot qoldig‘idan ortiq miqdori ham “manfiy” belgi bilan
ko‘rsatiladi.
Hisobot yilidagi korxona zarari, dekabr oyidagi 80 “Foyda va zararlar” schyotining yakuniy
oborotlari 87 “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotining krediti bilan
korrespondensiyalashgandan keyin “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida
ko‘rsatiladi. Hisobot davrining olingan zarar miqdori ham yil mobaynida shu satrda aks ettiriladi.
2.41. “Maqsadli tushum va fondlar” (360- satr) moddasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish
uchun 96 “Maqsadli moliyalashtirish va tushumlar” schyotida hisobga olingan budjetdan, tarmoq
va tarmokdan tashqari maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlardan, boshqa korxona va jismoniy
shaxslardan kelgan pul mablag‘larining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
2.42. “Kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar” (370- satr) moddasida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Republikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risida”gi 
Nizomga
 muvofiq ishchilar
ta’tiliga haq to‘lash, har yilgi mukofot to‘lovlari, ya’ni xizmat ko‘rsatishi, asosiy vositalarni ta’mirlash
va shunga o‘xshash maqsadlar uchun rezervlangan mablag‘lar qoldig‘i ko‘rsatiladi. Xarajatlarning
rezervlanishi, ularni ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga bir tekisda qo‘shish imkonini beradi.
2.43. “Kelgusi davr daromadlari” (380-satr) moddasida hisobot davrida olingan, lekin keyingi
hisobot davrlariga tegishli bo‘lgan mablag‘lar (ijara haqlari va shu kabilar), shuningdek amaldagi
tartibga binoan 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyotida hisobga olinadigan boshqa miqdorlar
ko‘rsatiladi.
2.44. “I bo‘lim bo‘yicha JAMI” (390- satr) moddasida 320-, 330-, 340-, 350-, 360-, 370-, 380-
satrlar yig‘indisi ko‘rsatiladi.
2.45. “Uzoq muddatli qarzlar” (400- satr) moddasida boshqa korxona va muassasalardan
(banklardan tashqari) olingan uzoq muddatli (to‘lovni uzish muddati bir yildan kam bo‘lmagan)
qarz miqdorlari ko‘rsatiladi.
Ijaraga beruvchidan uzoq muddatli ijara sharti bilan olingan asosiy vositalar bo‘yicha
hisoblashishlar holati (ijarachi uchun, 97 “Ijara majburiyatlari” schyotida hisobga olinuvchi
kreditorlik qarzi) ijarachi tomonidan 03 “Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida
hisobga olinib, uning miqdori ham shu satrda ko‘rsatiladi.
2.46. “Uzoq muddatli kreditlar” (410- satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda ulardan
olingan uzoq muddatli (to‘lovni uzish muddati bir yildan kam bo‘lmagan) kreditlar bo‘yicha qarzlar
miqdori ko‘rsatiladi.
2.47. “Qisqa muddatli qarzlar” (420- satr) moddasida 94 “Qisqa muddatli qarzlar” schyotida
hisobga olinuvchi boshqa korxonalar va muassasalardan (banklardan tashqari) olingan qisqa
muddatli (to‘lovni uzish muddati bir yildan ko‘p bo‘lmagan) qarzlar bo‘yicha qarz miqdorlari
ko‘rsatiladi.
2.48. “Qisqa muddatli kreditlar” (430-satr) moddasida bank bilan kelishilgan holda, ulardan
olingan (to‘lovni uzish muddati bir yildan ko‘p bo‘lmagan) kreditlar miqdori ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga bu moddada 93 “Xodimlar uchun bank kreditlari” schyotida hisobga olinuvchi
yakka tartibda uy-joy, dala hovli qurish, boshqa maqsadlar uchun xodimlarga berilgan bank
ssudalari, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar
miqdorini qoplash bo‘yicha qarzlar miqdori ko‘rsatiladi.
2.49. “Xaridor va buyurtmachilardan (schyotlarga kelib tushgan) olingan bo‘naklar” (440- satr)
moddasida 64 “Olingan bo‘naklar bilan hisoblashishlar” schyotida hisobga olinuvchi boshqa
tashkilotlardan keyingi hisob-kitoblar bo‘yicha olingan bo‘naklar miqdori ko‘rsatiladi.


2.50. “Kreditorlar” guruhi bo‘yicha korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga,
budjetga, ish haqi bo‘yicha korxona xodimlariga, sotsial sug‘urta va ta’minot muassasalariga va
hokazolarga kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Balansga har bir “Kreditorlar” guruhi tarkibida kiruvchi
ko‘rsatkichlar ushbu Ko‘rsatmaning 
2.51- 2.59
- bandlarida yoziladi.
2.51. “Mol yetkazib beruvchilar” (450-satr) moddasida kirim qilingan moddiy qiymatlik,
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, shuningdek
fakturalanmagan mollar uchun mol yetkazib beruvchilarga qarzlar miqdori aks ettiriladi. Bundan
tashqari, bu erda 60”Mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan hisoblashishlar” schyotida hisobga
olinadigan mol yetkazib beruvchi, pudratchi va boshqa kreditorlarga molni yetkazib berish, ish va
xizmatlarni ta’minlash uchun korxona tomonidan berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar miqdori ham
ko‘rsatiladi.
2.52. “Budjet bo‘yicha qarzlar” (460- satr) moddasida korxona budjet to‘lovlarining barcha
turlari bo‘yicha, shu bilan birga korxona xodimlaridan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzlar
ko‘rsatiladi.
2.53. “Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar” (470- satr) moddasida hisoblangan, lekin hali
to‘lanmagan mehnat haqi miqdorlari ko‘rsatiladi.
Balans aktivining “Boshqa debitorlar” moddasida ish haqi to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob va
sug‘urtalar aks etuvchi schyotlarning debet qoldig‘i ko‘rsatiladi.
2.54. “Ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar” (480- satr) moddasida korxona
xodimlarining ijtimoiy sug‘urta, nafaqa ta’minoti va tibbiy sug‘urta ajratmalari bo‘yicha qarzlar
miqdori aks etgiriladi.
2.55. “Mulkiy va shaxsiy sug‘urtalar bo‘yicha qarzlar” (490- satr) moddasida korxona
ishchilarining va mulkining majburiy, ixtiyoriy va korxona sug‘urtachi vazifasini bajaradigan boshqa
xil sug‘urtalar bo‘yicha qarzlar ko‘rsatiladi.
2.56. “Budjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar” (500- satr) moddasida korxona budjetdan
tashqari ajratmalar bo‘yicha davlat boshqaruv organlariga va qonunchilikda belgilangan tartibga
muvofiq davlat organlariga o‘tkaziladigan boshqa maxsus fond ajratmalari bo‘yicha qarzlar
ko‘rsatiladi.
2.57. “Shu’ba korxonalarga qarzlar” (510- satr) moddasida shu’ba korxonalar bilan joriy
operatsiyalar (balanslararo hisob-kitob) bo‘yicha ma’lumotlar aks ettiriladi. Bunda shu’ba korxonasi
timsolida yuridik shaxs hisoblanuvchi hamda strategik siyosat masalalari bo‘yicha joriy, investitsion
va moliyaviy faoliyatini belgilash huquqi asosiy korxonaga doimiy ravishda berilgan korxonalar
tushuniladi. Asosiy korxona va uning shu’ba korxonasi bo‘yicha ma’lumotlar jamlanishi lozim.
Yig‘ma hisobotda ko‘rsatilgan moddalar jamlanadi.
2.58. “Uyushma korxonalariga qarzlar” (520- satr) moddasida 78 “Shu’ba korxonalar bilan
hisoblashishlar” va 79 “Ichki xo‘jalik hisoblashishlari” schyotida hisobi yuritiladigan uyushgan
korxonalariga bo‘lgan qarzlar miqdori aks ettiriladi.
2.59. “Boshqa kreditorlar” (530- satr) moddasida “Kreditorlar bilan hisoblashishlar” guruhi
moddalarida o‘z aksini topmagan boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlar ko‘rsatiladi.
2.60. “II- bo‘lim bo‘yicha JAMI” (540- satr) moddasida 400-, 410-, 420-, 430-, 440-, 450-, 460-,
470-, 480-, 490-, 500-, 510-, 520-, 530- satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi.
2.61. “Balansning passivi bo‘yicha JAMI” (550- satr) moddasida 170-, 200-, 250-, 290- satrlar
yig‘indisining natijasi yordamida topilgan balans passivining miqdori aks ettiriladi.

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling