Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


 MOLIYAVIY NATIJALAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (2- shakl)


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

3. MOLIYAVIY NATIJALAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (2- shakl)
3.1. Korxona va tashkilotlar “Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum” moddasida
(010-satr) savdo ustamalari, xaridor va buyurtmachilar tomonidan to‘langan soliqlar bilan birgalikda,
mahsulot, tovar, ish, xizmatlar sotishdan tushgan jami tushumni (qaytarilgan tovarlar, tayyor
mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan xaridor soqitlari chegirib tashlangandan
keyingi) aks ettiradilar.
Ayrim tovarlarning eksport qilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan tushumning majburiy
sotiladigan qismi, ya’ni bank muassasasi tasdiqlagan miqdor 010-satrda aks ettiriladi.


3.2. 020-satrni (“Qo‘shilgan qiymat solig‘i” moddasini) to‘ldirganda ma’lumotlarning qo‘shilgan
qiymat solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitob qismida Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 15-yanvarda birgalikda chiqarilgan
9/16- son qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash to‘g‘risidagi nizomlaridan qo‘llanish kerak.
3.3. Aksiz to‘lovchi korxonalar “Aksizlar” moddasida (030- satr) sotish schyotida hisobga
olingan tushum tarkibidagi, 46- schyotning debet va 68- schyotning kreditida ko‘rsatilgan miqdorni
aks ettiradilar. Aksizlarning hisoblanish va to‘lanish qoidasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 15-yanvardagi 6/13-son va 1993-yil 28-
dekabrdagi 90/75- sonlarda birgalikda chiqarilgan yo‘riqnomalar bilan belgilangan.
3.4. 040- satrda mahsulot (ish, xizmat)larni chetga chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar,
eksport boj to‘lovlari va ko‘zda tutilayotgan ajratmalar uchun to‘lovlar yoziladi.
3.5. “Sotishdan olingan sof tushum” moddasida (050-satr) korxonaning asosiy faoliyatida
mahsulot, tovar, ish, xizmatlar sotishdan, egri soliq va eksport boj to‘lovlari chegirilgandan keyingi
tushgan tushum, shu bilan birgalikda korxonaning yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab
chiqarishlaridagi mahsulotlarining boshqa korxonalarga sotilishidan tushgan tushum, xo‘jalik
hisobida turmagan tashkilotlar daromad (foydasi)ining xarajatidan oshiq qismi, xo‘jalik va boshqa
tijorat faoliyatidan olingan daromadlar ko‘rsatiladi. Sotishdan olingan sof tushum 010-satr
ko‘rsatkichidan 020-, 030-, 040- satr ko‘rsatkichlarini kamaytirilganiga tengdir.
3.6. Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 20 “Asosiy ishlab chiqarish”, 23 “Yordamchi
ishlab chiqarish”, 29 “Xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘jaliklar” schyotlaridagi jami
xarajatlarning yig‘indisi mahsulot tannarxi hisoblanib, 060-satr “Sotilgan mahsulot, ish,
xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi”da ko‘rsatiladi. Savdo tashkilotlari mazkur satrda sotilgan
tovarlarning sotib olish qiymatini aks ettiradilar. Tovaroborot (tovarlarni kirim qilish va sotish)da
qatnashmasdan, xizmat haqi sifatida daromad oladigan vositachi tashkilotlar bu satrni
to‘ldirmaydilar.
3.7. “Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija” (070-satr) sotishdan olingan sof tushum va
sotilgan mahsulot, ish, xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi
(050-satr - 060- satr).
3.8. 80-2 “Davr xarajatlari” subschyotidagi jamlangan ma’lumotlar yordamida 080- “Sotish
xarajatlari”, 090- “Ma’muriy xarajatlar” va 100- “Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan
daromadlari va xarajatlari” satrlari (xarajat qismi) to‘ldiriladi. 100- satrning daromad qismi 80-3
“Asosiy faoliyat xarajatlari va tushumlari” subschyotining ma’lumotlari yordamida to‘ldiriladi.
3.9. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi (“Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy
natijasi (foyda yoki zarar)” moddasi, 110- satr)ni aniqlash uchun, sotishdan tushgan yalpi moliyaviy
natijadan (070-satr) sotish (080-satr), ma’muriy (090-satr) va boshqa (100- satr, 6-ustun) xarajatlar
miqdorini chegirib, chiqqan natijaga boshqa daromadlar (100- satr, 5- ustun)ni qo‘shish bilan
hisoblanadi.
3.10. Hisobotning 120- (“Uyushma va shu’ba korxonalaridan olingan dividendlar”), 125-
(“Boshqa olingan dividendlar”), 130- (“Uyushma va shu’ba korxonalaridan olingan va berilgan qarzlar
bo‘yicha foizlar”), 135- (“Boshqa to‘langan va olingan foizlar”), 140- (“Valyuta kurs farqi”), 145-
(“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromad va xarajatlar”) satrlari 80-4 “Moliyaviy faoliyat foyda va
zarari” subschyotining umumiy ma’lumotlariga ko‘ra to‘ldiriladi.
3.11. “Umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar)” (150- satr)- korxonaning
asosiy faoliyat moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyat natijasini qo‘shish (yoki ayirish)ga tengdir.
3.12. 160-satr (“Favqulotdagi foyda va zarar”) 80-5 “Favqulotdagi foyda va zarar” subschyoti
ma’lumotiga muvofiq to‘ldiriladi.
3.13. 170- satr (“Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)”)da 150- va
160- satrlar yig‘indisidan ( + /- belgilarni hisobga olgan holda) iborat olingan natija ko‘rsatiladi.
Bu satrlarning natijasi foyda solig‘ini hisoblashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
3.14. 180-satr “Foyda (daromad)dan soliqda 81 “Hisoblangan va to‘langan foyda (daromad)
solig‘i” schyotining debetida hisobga olingan va yil boshidan buyon hisoblangan, ya’ni budjetga
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan foyda (daromad)dan solig‘ining miqdorlari ko‘rsatiladi.


3.15. 190- satr “Yuqoridagi moddalarga kirmaydigan boshqa soliq va ajratmalar”da mazkur
hisobotning yuqoridagi moddalarida keltirilmagan va yil boshidan buyon hisoblangan, ya’ni
korxona tomonidan budjet va budjetdan tashqari fondlarga foyda hisobidan o‘tkazilishi kerak
bo‘lgan miqdorlar ko‘rsatiladi.
3.16. Korxonalar 200- satr “Hisobot davridagi sof foyda (zararrda 170-, 180-, va 190- satrlar farqi
natijasida hisoblangan sof taqsimlanmagan foyda (yoki qoplanmagan zarar) miqdorini ko‘rsatadilar.
3.17. “Budjetga to‘lanmalar to‘g‘risida ma’lumot”da, korxonalar o‘z manbalari hisobiga quyidagi
yo‘riqnomalarga asosan budjet to‘lovlarini ko‘rsatadilar:
210- satr “Mulkdan olinadigan soliq” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasining 02.10.95 yildagi 99/64-son “
Korxonalar mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va
budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida
”, 27.03.96 yildagi 27/31-son va 12.08.96 yildagi 51/96-66-son
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq ko‘mitasining 02.10.95 yildagi 99/64-son
“Korxonalar mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi
yo‘riqnomaga o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalariga asosan;
220-satr “Foydadan olinadigan soliq” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasining 1994-yil 22-dekabrdagi 123/170- son, 1995-yil 28-fevralda chiqarilgan 22/18- son, 1996-yil
25-maydagi 62/46- son, 1995-yil 11-iyuldagi 04-02-04/170/54-son yo‘riqnomalariga asosan;
“Daromaddan olinadigan soliq” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasining 1992-yil 25-martdagi 4-1-1- son
“Korxonalar daromadini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”, 1993-yil 15-yanvardagi 5-
08/1-1- son “Korxonalar daromadini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga
o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish to‘g‘risida”, 1994-yil 19-yanvardagi 7/83- son “1994-yil soliqqa tortish
tartibidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida”, 1995-yil 7-martdagi 26/20- son, qo‘shma korxonalar uchun 1993-
yil 7-yanvardagi 1/9- son, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan xorijiy korxonalar uchun 1993-yil 2-
apreldagi 22- son, 25.05.1996-yildagi 62/46- son, 11.07.1995-yildagi 04-02-04/170/54- son
yo‘riqnomalariga asosan;
230-satr “Yer solig‘i (er uchun to‘lanma)” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat
soliq qo‘mitasining 28.06.1996-yildagi 46/96-57- son “
Yer solig‘i to‘g‘risida
”gi yo‘riqnomasiga asosan;
240- satr “Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasining 1993-yil 15-yanvardagi 9-16-son
“Qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”, 1993-yil 18-iyundagi
43/30- sonli, 04.01.1994-yildagi 04-02-04/2- son va 80- sonli, 1994-yil 19-yanvardagi 7/83- sonli, 1994-
yil 25-fevraldagi 25/01- sonli, 1994-yil 10-martdagi 28/100- sonli, 1994-yil 11-apreldagi 38/104- sonli,
1994-yil 13-apreldagi 44/112- sonli, 1994-yil 13-maydagi 53/118- sonli, 1994-yil 20-iyundagi 60/124 sonli,
1994-yil 19-iyuldagi 77- son va 10/2-2888- sonli, 1994-yil 15-avgustdagi 88/137- sonli, 1994-yil 18-
oktabrdagi 106/154-sonli, 1994-yil 23-noyabrdagi 118/161- sonli, 1994-yil 21-dekabrdagi 122/169- sonli,
1995-yil 3-yanvardagi 11/1-sonli, 1995-yil 13-fevraldagi 14/12-sonli, 1995-yil 28-martdagi 24/02-04/91-son
va 24- sonli yo‘riqnomalariga asosan;
250- satr “Aksizlar” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 1995-
yil 15-fevraldagi 18/16- sonli O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilayotgan alohida tovarlarga
aksizlarni qo‘llash uchun vaqtinchalik yo‘riqnomasi, 1996-yil 21-avgustdagi 
275- sonli 
“O‘zbekiston
Respublikasidagi tamaki mahsulotlari va alkogol ichimliklariga qo‘llaniladigan aksiz markalari
to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
304- sonli 
(3- ilova) “O‘zDEUavto
qo‘shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik xizmat ko‘rsatish
to‘g‘risida”gi qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-sentabrdagi
333- sonli 
qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 1996-yil 5-
noyabrdagi 71/96-89- sonli 
yo‘riqnomalariga 
asosan;
260- satr “Eksport bo‘yicha boj to‘lovlari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 21-oktabrdagi 485- sonli “Eksport va import qilinayotgan alohida tovarlarga boj
poshlinalarini hisoblash va olish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan;
270- satr “Import bo‘yicha boj to‘lovlari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1996-yil 20-martdagi 
114-sonli 
qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
304- sonli
(4- ilova) “O‘zDEUavto qo‘shma korxonasida avtomashinalarni ishlab chiqarish, sotish va texnik
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorlariga asosan;


280- satr “Suvdan foydalanish to‘lovlari” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat
soliq qo‘mitasining 05.05.1995-yildagi 52/39- sonli “Suvdan foydalanish haqi to‘g‘risida”gi xatiga
asosan;
310-satr “Daromad solig‘i” O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i to‘g‘risidagi Qonuni, 21.01.94 yildagi 9/84- sonli, 24.02.95 yildagi 20/17- sonli, 10.03.95
yildagi 28/21- sonli o‘zgarish va to‘ldirishlar asosida;
320-satr “Boshqa soliqlar” O‘zbekiston Respublikasining “
Korxonalar, birlashmalar va
tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risida
”gi, va “
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy
fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida
”gi
qonunlari asosida belgilangan boshqa hamma turdagi soliqlar ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyundagi
303-sonli 
qaroriga
muvofiq, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifloslantiruvchi oqava
suvlarni chiqarish to‘lovlar miqdori hisoblanib, shu satrda aks ettiriladi. Shuni nazarda tutish lozimki,
atrof muhitni ifloslantiruvchi oqava suvlarni chiqarish to‘lovlari belgilangan me’yorlar tartibida
bo‘lsa, u holda bu to‘lovlar ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga olib boriladi, belgilangan
me’yorlardan oshiq to‘lovlar korxona ixtiyoriga qolayotgan fond hisobiga qoplanadi.
330- satr “Soliq qonunchiligini buzilishi tufayli belgilangan iqtisodiy ogohlantirishlar”da
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi asosida (O‘zbekistan Respublikasining “
Korxonalar,
birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to‘g‘risida
”gi va “
O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
to‘g‘risida
”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Narxlarni
erkinlashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori
va boshqalar asosida) korxonalarning o‘z ixtiyorida qoladigan
foydalari hisobidan budjetga o‘tkazib berilgan iqtisodiy ogohlantirish miqdorlari ko‘rsatiladi.
340- satr “Mahalliy budjetga to‘lanmalar”da sof foyda hisobidan ajratmalar, ya’ni hududlarni
tozalash yig‘imi, ijara haqidan ajratma va boshqalar kabi to‘lovlar to‘g‘risidagi hokimning amaldagi
qarori qo‘llangan holda, mahalliy budjet uchun hisoblangan soliq va yig‘imlarning miqdori aks
ettiriladi.

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling