Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida
Balansga ilova — Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi ma’lumotnoma
Download 381.71 Kb. Pdf ko'rish
|
338-сон 06.05.1997
Balansga ilova — Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi ma’lumotnoma
(2a-shakl) 1. “Debitor, kreditor vazirlik, idora, korxona va boshqalarning nomlari” ustunida hisobot davrining oxirgi kuniga qarzi bo‘lgan (45 “Jo‘natilgan tovarlar”, 60 “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar”, berilgan bo‘nak (avans)lar bo‘yicha hisob-kitoblar”, 62 “Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar”, 64 “Olingan bo‘nak (avans)lar bo‘yicha hisob-kitoblar”, 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar” schyotlar ma’lumotiga ko‘ra) debitor, kreditor —yuridik shaxslar ro‘yxati keltiriladi. Bundan tashqari, ko‘p debitor va kreditorlarga ega bo‘lgan korxonalar 2a- shaklni har bir debitor va kreditorlar analitik hisobi bo‘yicha to‘ldirmasdan, balki debitor (kreditor)lardan yuqori turuvchi vazirliklar va idoralar bo‘yicha ma’lumotlarni (alohida debitor va alohida kreditor qarzlarni) jamlash bilan ham to‘ldirish mumkin. Agar debitor (kreditor)lar o‘zidan yuqori turuvchi vazirligiga (idorasiga) ega bo‘lmagan hollarda, bunday yuridik shaxslar qarzi qo‘shimcha yozib kiritiladigan “Boshqa korxonalar” satrida ko‘rsatiladi. Mazkur debitor va kreditor qarzlarining aks ettirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi debitor va kreditorlarga taalluqli emas. Ularning nomlarini to‘liq yoki umumqabul qisqartirishlar bilan keltirish va shu bilan birga qavslar ichida davlatlar nomi ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir. 2a- shaklning satrlar soni ko‘rsatilayotgan debitor va kreditorlar soniga bog‘liq. 2. “Umumiy qarzlar” ustunida qarzlar miqdori har bir debitor va kreditor uchun ko‘rsatiladi. Agar, bir yuridik shaxsning ham debitorlik, ham kreditorlik qarzi bo‘lib, korxona ularni har xil schyotlarda hisobga olsa va ayrim sabablarga ko‘ra o‘zaro hisob-kitoblar o‘tkazilmagan taqdirda, debitorlik qarzlari miqdori alohida, kreditorlik qarzlari miqdori alohida ko‘rsatiladi. 3. “Jumladan Respublikadan tashqaridagi” ustunida O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan korxona (tashkilot)larning debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori ko‘rsatiladi. 4. “Umumiy qarzlardan muddati o‘tgani” ustunida debitorlik va kreditorlik qarz to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-may “Korxona (tashkilot) rahbarlarining xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1154-sonli qarorida keltirilgan muddatlarda uzilmagan qarzlarning miqdori ko‘rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlarining kechikishi shartnomada (masalan, qarz sharnomasida) ko‘rsatilgan vaqtga asosan aniqlashimiz mumkin (mol yetkazib berish, oldi- sotdi shartnomalari bunga kirmaydi. 5. “Jumladan respublikadan tashqaridagi” ustunida O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan debitor va kreditorlar qarzining muddati o‘tgan miqdori ko‘rsatiladi (muddati o‘tgan qarzlar yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limdagi kabi aniqlanadi). 6. 2a-shakl korxona rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, uning har bir varag‘i muhr bilan tasdiqlanadi. Download 381.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling