Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida
ASOSIY VOSITALAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (3- shakl)
Download 381.71 Kb. Pdf ko'rish
|
338-сон 06.05.1997
4. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (3- shakl)
4.1. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotda, sobiq SSSR Gosstandarti tomonidan 17.09.87 yil 182-son qarori bilan tasdiqlangan Butunittifoq asosiy vositalar tasniflagichi bo‘yicha korxona egalik qilayotgan barcha asosiy vositalar turlari bo‘yicha holati va harakati ko‘rsatiladi. 3- va 6-ustunlarda korxona egalik qilayotgan, ya’ni uning balansida turgan barcha asosiy vositalar qiymati (mos ravishda hisobot davri boshi va oxiriga holati), shu bilan birgalikda boshqa xil asosiy vositalar: ijaraga berilgan, bepul olingan yoki harakatsiz (konservatsiyadagi, zaxiradagi va h.k.) vositalar qiymati aks ettiriladi. Ma’lumotlar boshlang‘ich qiymatda keltiriladi. 4-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning turli manbalari bo‘yicha kirimining umumiy holati aks ettiriladi. Bunga, asosiy vosita bahosining oshishi, oldin hisobga olinmagan vositalar, sotib olingan vositalar, aylanma mablag‘lardan asosiy vositalar guruhiga o‘tkazilgan vositalar, boshqa korxona va tashkilotlardan tushgan tushumlar (agar kirish balansi o‘zgartirilgan bo‘lsa), shu bilan birgalikda hamma moliyaviy manbalar, bank kreditlari hisobiga hisobot yilida harakatga keltirilgan yangi asosiy vositalar ham qo‘shilgan holda aks ettiriladi. 5-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning umumiy hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bunga, asosiy vositalar qiymatining kamayishi, ortiqcha va foydalanilmayotgan korxona mol- mulkini sotilishi, asosiy vositalarning oborot mablag‘lar guruhiga o‘tkazilishi, boshqa korxona va tashkilotlarga beg‘araz berilishi, shu bilan birga hisobot yilida foydalanishga yaroqsizligi, eskirgani, tabiiy ofat, halokat, qayta tiklash, yangicha qurish va boshqa xil sabablar oqibatida asosiy vositalarning to‘liq qiymatda (eskirish summasi chegarilmasdan) tugatilishi ham kiradi. 7-va 10-ustunlarda hisobot davri boshi va oxiriga nisbatan asosiy vositalarning turlari bo‘yicha yig‘ilgan amortizatsiya (eskirish) miqdorlari aks ettiriladi. 8-ustunda har xil manbalar hisobiga kirim qilingan asosiy vositalarning hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya (eskirish) miqdorlari aks ettiriladi. Bunga, asosiy vositalar qiymatini oshishi tufayli ortiqcha hisoblangan amortizatsiya miqdorlari, oldin hisobga olinmagan eskirish miqdorlari va foydalanishdagi asosiy vositalar amortizatsiya miqdorlari ham kiradi. 9-ustunda asosiy vositalarning tugatilishi, sotilishi va boshqa xil hisobdan chiqarilishida hisoblangan amortizatsiya miqdorlari aks ettiriladi. 11-ustunda 3- va 7- ustunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, ya’ni yil boshiga nisbatan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. 12-ustunda 6- va 10- ustunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, ya’ni hisobot davri oxiriga nisbatan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. “JAMI” moddasida alohida satrlar bo‘yicha ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarining harakati ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, kishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash va boshqa xil moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan bog‘liq asosiy vositalar kiradi. Noishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalarga uy-joy va kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saklash, jismoniy tarbiya, sotsial ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va boshqalar bilan bog‘liq vositalar kiradi. 4.2. “Tugallanmagan qurilish” moddasida (140- satr) korxonaning ham pudrat, ham xo‘jalik usulida obyektlarni qurish va shu bilan birga asosiy vositalarga egalik qilish xarajatlar harakati ko‘rsatiladi. 4-ustundagi yordamchi qismda korxona tomonidan obyektlarni qurishga sarflangan (to‘lashga qabul qilingan va pudratchi tashkilotlarga to‘langan schyotlar) va asosiy vositalarni egalik qilish xarajatlari ko‘rsatiladi. 5-ustundagi yordamchi qismda foydalanishga kiritilgan qurilish obyektlari va egalik qilingan asosiy vositalar qiymati, shu bilan birga asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlar (hisoblangan) ko‘rsatiladi. 4.3. “Ma’lumot uchun” bo‘limchasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 150-152- satrlarda korxona tomonidan yil davomida qaysi guruh manbalari hisobiga obyektlarning qurilishi va asosiy vositalarning egalik qilinishining moliyalashtirilishi ko‘rsatiladi. 160-satrda boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan ayrim asosiy vositalarning qiymati ko‘rsatiladi. 170-satrda ijaraga olingan asosiy vositalar qiymati va ularning ijarachi korxona hisobida turishi ko‘rsatiladi. Download 381.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling