Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


 PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (4- shakl)


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

5. PUL OQIMLARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (4- shakl)
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
muvofiq hisobotlarga kiritilgan bo‘lib, mazkur moliyaviy hisobot hujjatida
pul mablag‘larining harakati nuqtai nazaridan korxona moliyaviy resurslarining o‘zgarishi aks
ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflatsiya sharoitida, boshqa moliyaviy hisobot shakllarini
to‘ldirishda hisoblash usulidan foydalanishni e’tiborga olgan holda, korxona likvidligini obyektiv
baholash imkoni yaratiladi.
Korxona joriy xo‘jalik, investitsion va moliyaviy faoliyatida barcha pul mablag‘larining o‘zgarishi
va pul va unga tenglashtirilgan mablag‘ qoldiqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobot davri boshi va
oxiriga nisbatan o‘rnatish imkonini beradi.
5.1. “Xaridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari” moddasida 010- satr) korxona hisobot
davrida o‘z bank schyotlariga kelib tushgan pul mablag‘lari yoki jo‘natilgan tovar, bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan veksellar miqdorini ko‘rsatadi.
5.2. “Mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari” moddasida (011- satr) moddiy
qiymatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (telefon, telegraf, bojxona va boshqalar) uchun to‘langan pul
mablag‘lari va berilgan veksellarning miqdorlari ko‘rsatiladi. Nomoddiy va uzoq muddatli moddiy
aktivlarni sotib olishga ketgan mablag‘lar mazkur moddada aks ettirilmasdan, ularga mos ravishda
040- va 041- satrlarda aks ettiriladi.


5.3. Korxonalar “Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul mablag‘lari” moddasida (012-
satr) xodimlarga (ish haqi va mukofot ko‘rinishida), hamda pensiya fondiga, bandlilik fondiga,
shaxsiy sug‘urta uchun davlat va nodavlat sug‘urta fondlariga, daromad solig‘i uchun budjetga,
kasaba uyushmalariga, alimentga, uy joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun,
xodimlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun va boshqa xarajatlar uchun g‘azna va bank schyotlaridan
xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar miqdorini
ko‘rsatadilar.
5.4. “Boshqa pulli to‘lovlar va tushumlar” moddasining “Kirim” ustunida (013- satr) royalti, har
xil mukofotlar, komission va boshqa xil daromadlar, savdo va dilerlik maqsadida tuzilgan
shartnomalarga tegishli komissionlar uchun pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar tushumi,
“Chiqim” ustunida esa, mazkur maqsadlar uchun va milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish
uchun bankka to‘langan miqdorlar ko‘rsatiladi.
5.5. “JAMI. Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi/chiqimi” moddasida, “Kirim”
ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar ta’sirini hisobga olgan holda 010-, 011-, 012-, 013-
satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi.
5.6. Korxonalar “Olingan foizlar” (020- satr) va “To‘langan foizlar” (021- satr) moddalarida mos
ravishda bank schyotlariga, kassasiga kelib tushgan va to‘lagan foizlarning miqdorlarini
ko‘rsatadilar. Olingan va to‘langan foizlarning hisobi 80-4 “Moliyaviy faoliyat foyda va zararlari”
subschyotida yuritiladi.
5.7. “Olingan dividendlar” (022- satr) va “To‘langan dividendlar” (023- satr) moddalarida pul va
unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida olingan va to‘langan dividend miqdorlari ko‘rsatiladi.
5.8. “JAMI. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat ko‘rsatishdagi sof kirim/chiqim” moddasida
(024- satr), “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar ta’sirini hisobga olgan holda
020-, 021-, 022-, 023- satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi.
5.9. “Daromad (foyda)dan to‘langan soliq” moddasida (030- satr) foyda (daromad)dan
to‘langan soliq miqdori ko‘rsatiladi.
5.10. “Boshqa to‘langan soliqlar” moddasida (031- satr) barcha to‘langan soliqlar, bojlar va
shularga tenglashtirilgan yig‘im va ajratmalar ko‘rsatiladi. Foyda (daromad) dan olinadigan soliqlar
va daromad soliqlari bu moddada aks ettirilmaydi.
5.11. “JAMI. To‘langan soliqlar” moddasida (032- satr) 030- va 031- satrlar yig‘indisi aks ettiriladi.
5.12. “Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish” moddasining (040- satr) “Chiqim” ustunida
nomoddiy aktivlarga egalik qilish uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan (shu jumladan,
oldindan to‘langan miqdorlar ham) pul va unta tenglashtirilgan mablag‘lar miqdori ko‘rsatiladi.
“Kirim” ustunida esa, nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan tushum (egri soliqlar bilan birga)
ko‘rsatiladi, agar bunday sotishlar korxona uchun boshqa aktivlarni sotilishi xisoblansa.
5.13. Korxonalar “Uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olish va sotish” moddasining (041-
satr) “Chiqim” ustunida uzoq muddatli moddiy aktivlarni ya’ni, ko‘chmas mulk, bino, jihoz va boshqa
asosiy vositalarni sotib olish uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘lagan (shu jumladan, oldindan
to‘langan miqdorlar ham) pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar miqdorini ko‘rsatadilar. Uzoq
muddatli moddiy aktivlarni sotishdan tushgan tushum (egri soliqlar bilan birga) “Kirim” ustunida
ko‘rsatiladi, agar bunday sotishlar korxona uchun boshqa aktivlarni sotilishi hisoblansa.
5.14. Korxonalar “Xarid qilingan uzoq va qisqa muddatli qo‘yilmalar” moddasining (042- satr)
“Chiqim” ustunida vositachilarga komission to‘lovlar va birjada to‘langan foizlarni hisobga olmagan
holda, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish uchun to‘lagan pul mablag‘larni ko‘rsatadilar. “Kirim”
ustunida o‘zlik bo‘lmagan qimmatbaho qog‘ozlarni, shu bilan birga bank va boshqa yuridik
shaxslarning qisqa va uzoq muddatli ssuda va qarzlarini sotishdan tushgan tushum ko‘rsatiladi.
Mazkur moddada kapitalizatsiya qilinadigan tajriba-konstruktorlik ishlariga to‘lovlar ham
ko‘rsatiladi.
5.15. “JAMI. Investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi/chiqimi” moddasida (043- satr),
“Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar ta’sirini hisobga olgan holda, 040-, 041-,
042- satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi.


5.16. “JAMI. Pul mablag‘larining sof kirimi/chiqimi (moliyalashtirgunga qadar)” moddasida
(044- satr), “Kirim” ustunidagi “ + ” va “Chiqim” ustunidagi “ - ” belgilar ta’sirini hisobga olgan holda,
014-, 024-, 032-, 043- satrlar yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi,
5.17. “Aksiya chiqarishdan kapitalga kelib tushgan tushum” moddasida 050- satr)
hissadorlarning hisobot davrida aksiya chiqarishdan kelib tushgan pul mablag‘larining miqdori aks
ettiriladi.
5.18. “Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning kelib tushishi” moddasining (051- satr) “Kirim”
ustunida, korxonalar hisobot davrida kelib tushgan kredit va qarz pul mablag‘larini, “Chiqim”
ustunida kredit va qarzlarning qaytarilishini aks ettiradilar.
5.19. Korxonalar “Ijara majburiyatlari bo‘yicha tushum va to‘lovlar” moddasining (052- satr)
“Chiqim” ustunida ijaraga beruvchiga to‘langan, “Kirim” ustunida ijarachidan kelib tushgan ijara
haqi, ya’ni pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larni ko‘rsatadilar.
5.20. “JAMI. Moliyaviy faoliyat sof kirimi/chiqimi” moddasida (053- satr) 050-, 051-, 052- satrlar
yig‘indisining natijasi ko‘rsatiladi.
5.21. “Sof o‘sish/kamayish (pul va unta tenglashtirilgan mablag‘lar uchun)” moddasida (060-
satr) korxona uchun kirim yoki chiqim bo‘lgan miqdor, ya’ni ( + /- belgilar ta’sirini hisobga olgan
holda) 044- va 053- satrlar yig‘indisi ko‘rsatiladi.
5.22. Korxonalar “Pul va unga tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot yili boshiga holati”
moddasida (070- satr) o‘tgan yilning 31-dekabr holatiga pul mablag‘lari schyotlaridagi (50, 51, 52, 55,
56, 57, 58) qoldiq va balansning 62-3 “Olingan veksellar” schyotida hisobga olinadigan qisqa
muddatli qimmatbaho qog‘ozlarning miqdorlarini ko‘rsatadilar.
5.23. “Pul va unta tenglashtirilgan mablag‘larning hisobot davri oxiriga holati” moddasida
(080- satr) hisobot davrining oxirgi kalendar kuniga pul mablag‘lari schyotlaridagi (50, 51, 52, 55, 56,
57, 58) qoldiq va balansning 62-3 “Olingan veksellar” schyotida hisobga olinadigan qisqa muddatli
qimmatbaho qog‘ozlar miqdorlari ko‘rsatiladi.
5.24. “Valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumot” bo‘limida korxonaning xisobot
yilidagi valyuta mablag‘larining harakati ko‘rsatiladi.
5.25. “Yil boshiga qoldiq” moddasida (090-satr) korxonaning valyuta schyoti va g‘aznasidagi
valyuta mablag‘lari ko‘rsatiladi.
5.26. Korxonalar “Jami tushum” moddasida (100- satr) yil boshidan buyon valyuta
mablag‘larining umumiy tushumini, “Shu jumladan” moddasida esa, tushum bo‘lgan
mablag‘larning manbalarini ko‘rsatadilar:
101- satr — “a) sotishdan tushum” — yil boshidan buyon korxonaga tushgan tushum;
102- satr — “b) xorijiy valyutaga almashtirilgan” — valyuta birjasidan sotib olingan valyuta
miqdori;
103- satr — “v) olingan kredit” — xorijiy valyutada olingan kreditning miqdori;
104-satr — “g) boshqa manbalar” — 101-103 — satrlarda keltirilmagan manbalarga ko‘ra,
korxona valyuta schyoti va g‘aznasiga kelib tushgan boshqa valyuta mablag‘larining yig‘indisi;
5.27. “Jami sarflangan” moddasida (110- satr) korxona tomonidan turli maqsadlarda
sarflanilgan umumiy valyuta mablag‘lari aks ettiriladi. Valyuta mablag‘larining sarflanishi “Shu
jumladan” moddasining 111-115- satrlarida yoritiladi:
111-satr — “ishlab chiqarish (muomala) sarflariga qo‘shiladigan xarajatlar” — mahsulot tannarxi
va davr xarajatlariga qo‘shilgan valyuta mablag‘lari sarflarining yig‘indisi. Masalan, bankka xizmati
uchun to‘lovlar;
112-satr — “ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari” — asosiy vositalar, jihozlar sotib olish va
boshqa kapitallashtirish xususiyatidagi xarajatlar uchun sarflangan valyuta mablag‘lari yig‘indisi;
113-satr — “mol yetkazib beruvchilarga to‘lanmalar” — xomashyo, material, tovar va boshqa
oborot mablag‘larni sotib olishga sarflangan valyuta mablag‘lari yig‘indisi;
114- satr — “kredit uchun to‘lovlar, shu jumladan foizlar uchun ham” — kredit va uning
foizlarini uzishga sarflangan valyuta mablag‘lari yig‘indisi;


115-satr — “boshqa maqsadlar uchun” — boshqa maqsadlar uchun (111-114- satrlarda keltirilgan
maqsadlardan tashqari) sarflangan valyuta mablag‘larining miqdori.
5.28 Korxonalar “Hisobot davri oxiriga qoldiq” moddasida (120- satr) hisobot davri oxiriga
valyuta schyoti va g‘aznasidagi valyuta mablag‘larining qoldiq miqdorini aks ettiradilar. Bu miqdor,
90-, 100-, 110- satrlar yig‘indisining natijasiga teng bo‘ladi.

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling