Buyrug‘i korxona (tashkilotlar)ning chorak va yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmini tasdiqlash to‘G‘risida


 XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (5- shakl)


Download 381.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana02.12.2023
Hajmi381.71 Kb.
#1779390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
338-сон 06.05.1997

6. XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT (5- shakl)
6.1. “Yil boshiga qoldiq” moddasida korxonalar hisobot yilining boshiga nisbatan xususiy
mablag‘larining yig‘indisini ko‘rsatadilar:
3-ustun — “Ustav kapitali”da ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan Ustav kapitalining miqdori
ko‘rsatiladi;
4-ustun — “Qo‘shilgan kapital”da 85-2 “Qo‘shilgan kapital” subschyotidagi kapital miqdori aks
ettiriladi;
5- ustun — “Rezerv kapitali”da belgilangan qoidaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi kapital miqdori aks ettiriladi;
6-ustun — “Taqsimlanmagan foyda”da yil boshiga nisbatan taqsimlanmagan foyda miqdori
ko‘rsatiladi;
7- ustun — “Xususiy kapital bilan qoplanmagan zararlar”da korxona balansidagi yil boshiga
bo‘lgan zararlarning miqdori ko‘rsatiladi.
6.2. “Xususiy (hissador) kapitalining o‘sishi” moddasida (020- satr) Xususiy (xissador)
kapitalining o‘sishi aks ettiriladi.
6.3. “Qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi” moddasida (030- satr) birlamchi va ikkilamchi
qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasining miqdori aks ettiriladi.
6.4. “Asosiy vositalarning qayta baholanishi” moddasida (040- satr) belgilangan qonunchilik
qoidalariga asosan o‘tkazilgan asosiy vositalar qayta baholanishining qiymati aks etadi.
6.5. Korxonalar hisobotning “Rezerv uchun ajratma” moddasida (050- satr) ta’sis hujjatlari va
qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda zaxira fondini shakllantirish uchun ajratilgan mablag‘larning
miqdorini ko‘rsatadilar. Shu bilan birga, hissadorlik jamiyatlari va xorijiy investitsiya bilan tashkil
etilgan korxonalar, qonunchilikka mos ravishda, budjet bilan hisoblashgunga qadar mazkur fondga
ajratmalar qilishlari mumkin.
6.6. “Joriy yil foyda/zarari” moddasida (060- satr) hisobot davrida olingan taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zarar) miqdori ko‘rsatiladi.
6.7. Korxonalar hisobotning “Dividendlar” moddasida (070-satr) hisobot davri boshidagi
taqsimlanmagan foydadan o‘tgan yil uchun hisoblangan dividend miqdorlarini ko‘rsatadilar.
6.8. Korxonalar 85-1 “Ustav kapitali” schyoti, 85-2 “Qo‘shilgan kapital” schyoti, 85- 3 “zaxiradagi
kapital” schyoti qoldiqlarini va 80 “Foyda va zararlar” schyoti bilan 81 “hisoblangan va to‘langan
foyda (daromad) solig‘i” schyotlari o‘rtasidagi farq, ya’ni taqsimlanmagan foyda qoldiqlarini “hisobot
davri oxiriga qoldiq” moddasining (080- satr) mos ustunlarida aks ettiradilar.
6.9. Korxonalar “hisobot davri oxirida ustav kapitaliga kiritilgan badalliklar” moddasida (090-
satr) ta’sischi va hissadorlar tomonidan korxonaning Ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan
mablag‘lar yig‘indisini aks ettiradilar.
6.10. 100-122- satrlarni hissadorlik jamiyatlari to‘ldiradilar.

Download 381.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling