Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet125/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

268. Sudlovlilikning turlari.
267-da javoblari


269. Fuqarolik prosessida davlat bojini to`liq yoki qisman qaytarish tartibi
131-modda. Da’voning bahosi o‘zgartirilganda davlat bojini hisoblash
To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi.
Arz qilingan talablar ko‘paytirilganda yetishmayotgan summa da’voning ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi.

270. Sudning chaqiruv qog`ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari.
161-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari
Chaqiriluvchi o‘z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qog‘oziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qo‘yib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi ishni muhokama qilishga to‘sqinlik qilmaydi.

271. Sudning chaqiruv qog`ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish tartibini tushuntiring.
160-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish
Fuqaroga sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim bo‘lgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini ko‘rsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi.
Tashkilot nomiga yo‘llangan sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yadi.
Agar sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish bo‘yicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud o‘qish joyida topmasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga, bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ma’muriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud o‘quv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini ko‘rsatishi shart. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart.
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi, bu ma’lumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling