272. Fuqarolik prosessida prossesual majburlov choralari
143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari
Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish;
2) ogohlantirish;
3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;
4) sud jarimasi.
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
273. Sudning chaqiruv qog`ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish tartibini tushuntiring.
160-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish
Fuqaroga sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim bo‘lgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini ko‘rsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi.
Tashkilot nomiga yo‘llangan sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yadi.
Agar sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish bo‘yicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud o‘qish joyida topmasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga, bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ma’muriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud o‘quv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini ko‘rsatishi shart. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart.
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi, bu ma’lumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |