293. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish.
Suddagi vakil protsessul harakatlarni vakolat bemvchining nomidan va uning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirar ekan, vakolatlar doirasi taraflar (da'vogar, javobgar), uchinchi shaxslar tomonidan berilgan vakolatnomada ifoda etilgan bo‘1ishi kerak. Vakilning vakolatlari o‘z mazmuniga ko‘ra, umumiy va maxsus vakolatlarga ajratiladi.
294. Videokonfernsaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish.
209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish
Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati bo‘lgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu haqda o‘zlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin. Ko‘rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga va o‘z ko‘magida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tegishli sudga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi yoki joylashgan eri va turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan foydalaniladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida ulardan tilxat oladi. Mazkur tilxat u olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yish uchun ishni ko‘rayotgan sudga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |