151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin
282. Taraflar o`rtasida sud xarajatlarini taqsimlash deganda nimani tushunasiz?
139-modda. Arz qilingan talablardan voz kechilganda, kelishuv bitimi tuzilganda sud xarajatlarini taqsimlash
Da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarining o‘rni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Agar taraflar kelishuv bitimi tuzish chog‘ida sud xarajatlarini taqsimlash tartibini nazarda tutmagan bo‘lsa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlashda ushbu Kodeksning 136, 138 va 141-moddalariga muvofiq hal qiladi.
283. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari.
81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari
Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining o‘zlariga ma’lum bo‘lgan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi tushuntirishlari ish yuzasidan to‘plangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.
Taraflardan biri o‘zining talablari yoki e’tirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi bo‘lsa, bu fakt umumiy asoslarga ko‘ra isbotlanishi lozim.
Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan bo‘lsa, mazkur ariza ishga qo‘shib qo‘yiladi.
284. Taraflarga sud xarajatlari o`rnini qoplash.
Do'stlaringiz bilan baham: |