297. Prosessual muddatlarni to`xtatyib turish va kechiktirish tiklash tartibini tushuntiring
154-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
Ish yuritish to‘xtatib turilganida tugamagan barcha protsessual muddatlarning o‘tishi ham to‘xtatib turiladi. Muddatlarning to‘xtatib turilishi ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan e’tiboran boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom etadi.
155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash
Sud tayinlagan muddatlar sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, mazkur muddat tiklanadi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim bo‘lgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati o‘tkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
298. Yozma dalillarni aslini taqdim etish va ular saqlanayotgan joyda ko`zdan kechirish va tekshirishni yoritib bering.
88-modda. Yozma dalillarni ular saqlanayotgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish
Yozma dalillarni sudga taqdim etish ularning ko‘pligi yoki ulardan faqat bir qismi ish uchun ahamiyatli ekanligi oqibatida qiyinlashgan taqdirda, sud ularning tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirmasini talab qilishi yoki dalillarni ular saqlanayotgan joyda ko‘zdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |