146. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi prinsipini yoriting.
15-modda. Ishning haqiqiy holati, taraflarning huquq va majburiyatlarini sud tomonidan aniqlanishi
Sud taqdim etilgan materiallar va tushuntirishlar bilan cheklanmasdan, ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona aniqlash uchun qonunga muvofiq choralar ko‘rishga haqli.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, ularni protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirishi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida ko‘maklashishi kerak.
147. Jarimadan ozod qilish va yoki uning miqdorini kamaytirish tushunchasini yoritib bering.
148-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish
Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining ko‘chirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
148. Javobgar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning protsessual vositalari.
Javobgar manfaatini himoya qilishning ikkinchi protsessual vositasi qarshi da'vodir. Qarshi da’vo — javobgar da'vogarga asosiy protsessda birgalikda ko'rib chiqish uchun bergan da’vosidir. E'tirozdan qarshi da’voning farqi shundaki, bunda da'vogarning talabiga qarshi boshqa biron-bir moddiy-huquqiy talab qo‘yiladi. Sud ish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarguniga qadar javobgar dastlabki da'vo bilan birga ko‘rib chiqilishi uchun da'vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli. Qarshi da’vo taqdim etish to'g'risidagi umumiy qoidalarga binoan amalga oshiriladi,
149. Javobgar va uning protsessual huquq va majburiyatlari yoriting.
Fuqarolik protsessining ikkinchi tarafi javobgar hisoblanadi. Javobgar da'vogar talabiga muvofiq sud tomonidan da'vogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb etilgan shaxsdir. Da'vogarning fikricha, javobgar bu uning subyektiv huquqlarini yoki qonun hilan qo‘riqlanadigan manfaatini buzgan shaxs hisoblanadi. Shunday qilib, da'vogar va javobgar nizoli huquqiy munosabat subyektlari hisoblanib, ulaming protsessual manfaatlari bir-biri bilan zid. Sud hal qiluv qarori ham, birinchi navbatda, ularga nisbatan tatbiq etiladi. Taraflar zimmasiga sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |