140. Ishni ko`rish bilan bo`gliq bo`lgan chiqimlar.
132-modda. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;
2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;
31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari;
4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar;
5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.
Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
141. Fuqarloik prossesida ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda saqlanadi yoki alohida ro‘yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo‘lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmas holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o‘rtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan bo‘lsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni ko‘rib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish tamom bo‘lguniga qadar qaytarib berilishi mumkin.
Qonun bo‘yicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |