Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet76/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

160. Komissiyaviy ekspertiza nima?
Komissiyaviy sud ekspertizasi o‘tkazilayotganda sud ekspertlarining har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Sud ekspertlari umumiy fikrga kelganidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Sud ekspertlari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.

161. Kompleks ekpertiza?
Kompleks sud ekspertizasi ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks sud ekspertizasini o‘tkazishda sud ekspertlarining har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks sud ekspertizasining xulosasida sud ekspertlarining har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda, olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Sud ekspertlarining har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan sud ekspertlari qiladi. Agar sud ekspertlari komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida sud ekspertlaridan birining (alohida sud ekspertlarining) aniqlagan holatlari olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak.
Sud ekspertlari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks sud ekspertizasini o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

162. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi.
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha bo'lgan ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya'ni da'vo ishlarini yuritish tartibida ko'riladi. Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari uchun qonun bilan belgilan-gan qator xususiyatlar mavjud. Bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabat bilan belgilanib, faqat moddiy huquq (mehnat huquqi) me'yorlaridagina emas, balki protsessual huquq me'yor-larida (FPKda) ham nazarda tutilgan. Bu xususiyatlar sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo'yicha da'vo arizalarini qabul qilishda, ularni sud majlisida ko'rish uchun tayyorlashda va ish yuritishning boshqa keyingi bosqichlarida ham e'tiborga olinishi kerak.
Sudya bunday ishlar bo'yicha arizalar qabul qilishda FPKning 31-moddasida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, mazkur ishning sudga taalluqli bo'lish-bo'lmasligini belgilashi lozim. Meh­nat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni sudga taalluqli bo'lish va bo'lmasligi haqida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1998-yil 17-apreldagi plenumi qarori hamda unga kiritil-gan o'zgartirish va qo'shimchalar haqidagi 2002-yil 14-iyundagi plenum qarorida ko'rsatib o'tilgan1.
Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab, mehnat huquqi me'yorlari bunday ishni hal qilishning har xil tartibini belgilaganini nazarda tutish kerak. O'zbekiston Respub­likasi Mehnat kodeksining 260-moddasida ko'rsatilganidek, meh­nat nizolari bo'yicha xodim mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Qonunga ko'ra xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o'z xohishiga asosan (Mehnat kodeksining 269-moddasi), mehnat nizoli komissiyalariga murojaat etmasdan turib quyidagi hollarda bevosita tuman (shahar) .sttdlarida ish qo'zg'atishga haqlidirlar. Qonun mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko'rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko'-rib chiqishni sudda rad etishga yo'l qo'ymaydi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling