Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida
Download 1.05 Mb.
|
fpk javoblari 5semestr BAWAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Da`vo arizasi nima
195-modda. Arizani qaytarish
Sudya arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 2) manfaatdor shaxs nomidan berilgan ariza ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa; 4) ariza ushbu Kodeksning 189-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo‘lsa; 5) bitta arizada bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa, basharti bu talablar o‘zaro bog‘liq bo‘lmasa; 6) ish yuritishga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizachidan arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo‘lsa; 7) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat bojini to‘lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoki iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki qonunda nazarda tutilgan mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olish tartibi buzib berilgan bo‘lsa; 9) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga umumiy tartibda takroran murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Da`vo arizasi nima? Sudda fuqarolik ishini qoʻzgʻatish uchun da'vogar, uning vakili va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan beriladigan ariza asos bo'ladi. Ammo fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari va xususiyatlariga ko'ra ish qo'zg'atish uchun asos bo'luvchi protsessual hujjatlar turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, da'vo qoʻzgʻatish tartibida koʻriladigan ishlar bo'yicha da'vo arizasi, alohida tartibda ko'riladigan ishlar sud bo'yicha - ariza, buyruq tartibida ish yuritishda buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlarni yuritish bo'yicha - ariza asos bo'ladi. Arizaning yozma shakliga qo'yiladigan talablar haqida Fuqarolik protsessual kodeksining 189, 190 va 191-moddalari bir-biri bilan uzviy bog'liq va bevosita bir-birini to'ldiruvchi normalar hisoblanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling