Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet6/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

90-modda. Ashyoviy dalillar
Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan predmetlar ashyoviy dalillardir.
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini ko‘rsatishi shart.


  1. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish.

94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda saqlanadi yoki alohida ro‘yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo‘lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmas holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o‘rtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan bo‘lsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni ko‘rib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish tamom bo‘lguniga qadar qaytarib berilishi mumkin.
Qonun bo‘yicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.


  1. Ashyoviy dalillarni taqdim qilish va talab qilib olish tartibi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling