Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati


Download 1.05 Mb.
bet5/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish to‘g‘risidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.


  1. Birinchi instansiya sudida yuritiladigan hujjatlarning tushunchasi va turlari

Umumiy qoidaga binoan sud ishlarini yuritishda ishni yakuniga ko'ra sud hujjati chiqariladi.
Fuqarolik protsessual kodeksining 6-moddasiga ko'ra, sud ko'rilayotgan va hal etilayotgan masala bo'yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi. Mazkur hujjatlar ish yuritish turi, ishni ko'rish instansiyasi, ishni mazmunan hal qilish imkoniyati, hujjat shakli va mazmuni, shikoyat va protest keltirish tartibi, oqibatlariga ko'ra bir-biridan farqlanadi va ayrim jihatlarida o'xshashlik ham uchraydi.
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha: da'vo tartibida ish ko'rish - hal qiluv qarori; alohida tartibida ish ko'rishda hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlar-
hal qiluv qarori; chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqishda - hal
qiluv qarori; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolarni ko'rishda - hal
qiluv qarori; buyruq tartibidagi ishlarda - sud buyrug'i. Sud qonunda o'zining vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish natijalari bo'yicha qaror chiqaradi. Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi. Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rilganda - hal qiluv qarori; Apellyatsiy yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari bo'yicha birinchi instansiya
sudining hal qiluv qarori o'zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo'lsa, o'sha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rishda o'zgargan hujjat shaklig ko'ra - hal qiluv qarori yoki ajrim chiqariladi. Hal qiluv qarori birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan sud hujjatiga aytiladi. Ajrim birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan sud hujjatiga aytiladi. Sud buyrug'I birinchi instansiya sudining qonunda belgilangan doiradagi nizosiz talablar bo'yicha sud muhokamasi o'tkazmasdan beriladigan (chiqariladigan) sud hujjatiga aytiladi. Qaror qonunda sudning o'z vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish natijalari bo'yicha chiqaradigan sud hujjatiga aytiladi.


  1. Ashyoviy dalillar deganda nimani tushunasiz?


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling