130-modda. Da’voning bahosini belgilash tartibi
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa, da’voning bahosini sudya belgilaydi.
Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.
Birinchi instansiya sudining ajrimlari tushunchasi va turlari.
271-modda. Sud ajrimini chiqarish
Ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) ushbu Kodeksning 19, 250 va 252-moddalarida belgilangan tartibda chiqariladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etishda sud o‘z joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilishi bilan darhol o‘qib eshittiriladi.
Ajrimlarning turlari:•alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan vaalohida protsessual hujjat shaklidagi ajrimlar; • sud majlisi zalida chiqariladigan bayonnomasiga kiritiladigan ajrimlar;
• xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltiriladigan ajrimlar; • umumiy tartibga muvofiq apellyatsiya shikoyati yoki protesti keltiriladigan ajrimlar; Shikoyat berilmaydigan yoki protest keltirilmaydigan ajrimlar
Alohida protsessual hujjat sifatida: • majburiy keltirish to'g'risida; • sud jarimasini solish toʻgʻrisida; • javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida; • ish bo'yicha ish yuritishni to'xtatib turish va tiklash to'g'risida; • arizani ko'rmasdan qoldirish to'g'risida; • ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
• ishni mazmunan muhokama qilishni tiklash to'g'risida; • hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risida; • hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risida; • hal qiluv qarorini darhol ijro etish haqida; • sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko'rish to'g'risida; • protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash to'g'risida; • sudning xususiy ajrimi.
Sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqarilgan
ajrimi kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
Alohida sud hujjati ko'rinishida chiqarilgan
chiqarilgandan so'ng darhol e'lon qilinadi va ishga qo'shiladi.
Birinchi instansiya sudining qanday hujjatlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |