Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Protsessual majburlov chorasi sifatida ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish tushunchasini yoritib bering


Download 1.05 Mb.
bet89/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

186. Protsessual majburlov chorasi sifatida ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish tushunchasini yoritib bering
145-modda. Ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborish
Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi.
Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q bo‘lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda sudning ajrimiga binoan, ishni ko‘rishda hozir bo‘lgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.
Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan taqdirda, ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo‘ysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo‘lmasa, ishni ko‘rish sudning ajrimiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning o‘zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.

187. Protsessual majburlovning qanday turlari mavjud?
143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari
Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish;
2) ogohlantirish;
3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;
4) sud jarimasi.
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling