Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Protsessual muddatlarni o`tkazib yuborish oqibatlari


Download 1.05 Mb.
bet91/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

191. Protsessual muddatlarni o`tkazib yuborish oqibatlari.
153-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari
Protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqi qonunda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatning o‘tishi bilan bekor bo‘ladi. Bunday holda protsessual muddatlarning o‘tishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Protsessual muddatlar o‘tgandan so‘ng taqdim etilgan arizalar, shikoyatlar va hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoki uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi


192. Protsessual muddatlarni to`xtatib turish, uzaytirish va tiklash
154-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish
Ish yuritish to‘xtatib turilganida tugamagan barcha protsessual muddatlarning o‘tishi ham to‘xtatib turiladi. Muddatlarning to‘xtatib turilishi ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan e’tiboran boshlanadi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom etadi.
155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash
Sud tayinlagan muddatlar sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, mazkur muddat tiklanadi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim bo‘lgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati o‘tkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling