203.Rad qilish to`g`risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari.
25-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari bo‘yicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan ko‘riladi yoki ko‘rish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o‘tkaziladi.
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida ko‘rilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning o‘zida, lekin sudning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni bo‘lmasa, ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilishi kerak. Bunday holda ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘riladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga ko‘rish uchun yuboriladi.
204. Shartnomaviy vakillik tushunchasi.
uddagi vakillikning navbatdagi turi shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik hisoblanib, FPKning 52-moddasida nazarda tutilgan. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘1a oladilar: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo'yicha qarindoshlar, shuningdek, er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shasxlarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 4) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a'zolarining ishlari bo'yicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslaming huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari; 6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa ishtirokchilaming topshirigM bo'yicha; 7) ishni ko'rayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslaming vakillari sifatida qatnashishga mxsat berilgan shaxslar
Do'stlaringiz bilan baham: |