Buyuk Aleksandr — Dunyoni Zabt Etgan Sarkarda


Download 175.21 Kb.
bet1/3
Sana16.08.2020
Hajmi175.21 Kb.
#126544
  1   2   3
Bog'liq
Buyuk Aleksandr




Buyuk Aleksandr — Dunyoni Zabt Etgan Sarkarda

Автор: megadunyo  0 Комментариев AleksandrIskandar MaqduniysarkardaYunoniston

Aleksandr (Iskandar Maqduniy) (e.a. 356-323-y.) — mag’lubiyat nimaligini  bilmagan  buyuk sarkarda  bar doim  oddiy jangchi  singari birinchi qatorda turib jang qilardi. O’z davlati chegaralarini kengaytira  borib u yevropaliklarga notanish yerlarni  ochgan.  O’n yilga yaqin vaqt mobaynida Aleksandr yer yuzining o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan qismining  yarmini  bosib  olgan  va  o’tmishdagi  eng  katta  davlatga asos solgan.  Uning harbiy yurishlari tufayli yunon madaniyati  uzoquzoqlarga tarqaldi.



Buyuk faylasuf  Aristotel  bo’lg’usi  sarkardaga  dunyo  ilmidan  saboq bergan bo’lsa,  harbiy tayyorgarlikni u o’z otasi  Filipp  II  rahbarligida o’tagan. Aleksandr o’z tengqurlaridan ancha ilgari otda yurishni o’rgangan,  qilichbozlikda  unga  teng  keladigani  bo’lmagan.  Miloddan  avvalgi  338-yilda  Xeroneyda  bo’lib  o’tgan  jangda  u  ilk  marta o’zining jasorati va harbiy salohiyatini namoyish etdi.  Bu jangda Makedoniya Yunonistonni batamom zabt etdi.





Forslar va hindlar Maqduniy armiyasiga qarshi kurashda harbiy fillarni ishga solgan

Aleksandr  otasining  o’limidan  so‘ng  20 yoshida  taxtga  o’tirdi.  Uni  ancha  ilgaridan tayyorgarlik  ko’rilayotgan  greklarning  forslarga  qarshi  harbiy  yurishiga  sarkarda  etib tayinlashdi.  Fors  qo’shinlari  son  jihatidan Aleksandr  qo’shinidan  ikki  barobarga  ko‘p bo’lsada,  biroq  har  bir  jangda  uning  qo‘li baland  kelardi.  Orqa  tomonidan  xavfsizlikni  ta’minlash  uchun  u  Finikiyaning  asosiy bandargohlari  —  Sidon,  Bibl  va  Tirni  bosib oldi.  So’ngra  u  Misrni  zabt  etdi  va  u  yerda Aleksandriya shahriga asos soldi.

Aleksandr boshchiligidagi qo’shin Qadimgi dunyoning eng yirik shahri bo’lgan  Bobilga  bostirib  kirdi.  Bobil  kohinlari Aleksandrni Bobil  va  dunyoning  to’rt  tarafiga  shoh  deb e’lon  qildilar.  Shundan  keyin  Aleksandr  qo’shini  bilan  yevropaliklar uchun  noma’lum  bo’lgan  Markaziy  Osiyoga  yurish  boshladi.  Janglar  Baqtriya  va  Sug‘diyonada  (hozirgi  Afg’oniston,  Tojikiston  va O’zbekiston) olib borildi.

Keyin buyuk sarkarda afsonaviy Hindistonga yo’l oldi va kemalarda  Hind  daryosi  bo’ylab suzib  borib,  okeanga tushdi.  Aleksandr o’z maqsadiga yetdi va Yerning oxiriga yetib bordi! Axir uning ustozi Aristotel unga butun Yer yuzini Buyuk Okean yuvib turadi deb aytgan edida.  Shundan  keyin Aleksandr  Bobilga qaytdi va Arabistonga qarshi yurish  uchun  tayyorlana  boshladi,  biroq  u  kutilmaganda  kasallikka uchradi va vafot etdi.



Aleksandr o’z davridagi eng katta imperiyani yaratdi

 


Download 175.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling