Buyuk ozarbayjon kompozitori uzeir hojibekov ijodiy faoliyatining ayrim qirralari


Download 54.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi54.92 Kb.
#1254804
  1   2
Bog'liq
buyuk-ozarbayjon-kompozitori-uzeir-hojibekov-ijodiy-faoliyatining-ayrim-qirralari



BUYUK OZARBAYJON KOMPOZITORI UZEIR HOJIBEKOV IJODIY 
FAOLIYATINING AYRIM QIRRALARI 
 
A.Yuldashyev 
https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 
ahmadjon.yuldashev21@gmail.com 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk ijodkor, jahon musiqiy madaniyati 
xazinasiga ulkan xissa qo‘shgan, ozarbayjon klassik milliy opera san’atining 
asoschisi, turli janrlarda birdek o‘z asarlari bilan yuqori o‘rinlarda turuvchi serqirra 
va sermaxsul ijodkor haqida, o‘z asarlari bilan minglab qalblarni go‘zallikni sevishga, 
yovuzlikka qarshi ayovsiz kurashgqa undovchi ijodkorning opera janrida yaratgan 
yangiliklari va o‘ziga xos qirralari haqida so‘z yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: Musiqiy janrlar, musiqa nazariyasi, garmoniya, ritm, xalq 
qo‘shiqlari, ansambl, komik-opera (operetta), libretto, opera, kontsert, uvertyura, 
musiqiy fantaziyalar, kontata, oratoriya, simfoniya.
SOME ASPECTS OF THE CREATIVE ACTIVITY OF THE GREAT 
AZERBAIJAN COMPOSER UZEIR HOJIBEKOV 
A.Yuldashyev 
https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 
ahmadjon.yuldashev21@gmail.com 
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract: This article is about the great creator, who made a great contribution 
to the treasure of world musical culture, the founder of the Azerbaijani classical 
national opera art, the prolific and prolific creator who ranks high with his works in 
various genres, with his works. It talks about the novelties and unique features of the 
creator, who urges thousands of souls to love beauty and fight against evil. 
Keywords: Musical genres, music theory, harmony, rhythm, folk songs, 
ensemble, comic opera (operetta), libretto, opera, concert, overture, musical fantasies, 
cantata, oratorio, symphony. 
Ozarbayjon kompozitori, dramaturg, musiqashunos, musiqiy va adabiy jamoat 
arbobi Uzeir Hojibekov Ozarbayjon zamonaviy professional musiqasining asoschisi 
hisoblanadi. Ozarbayjon madaniyati tarixida Uzeir Hojibekovning o‘rni beqiyosdir. 
Uzeir Hojibekov faqatgina kompozitor bo‘lib qolmasdan, ayni paytda umrining aksar 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
50
http://oac.dsmi-qf.uz


qismini ozarbayjon xalq qo‘shiqlarini o‘rganishga bag‘ishlagan musiqiy olim, 
ozarbayjon, rus va boshqa xalqlar do‘stligini mustahkamlashning faol kurashchisi, 
ko‘plab ozarbayjon musiqachilarini tarbiyalagan moxir pedagogdir. 
Uzeir Abdul Huseyn-o‘gli Hojibekov 1885 yili, sentyabr oyida Tog‘li Qorabog‘ 
viloyatining Shusha shahri yaqinida dunyoga keldi.
Shusha shahrida boshlang‘ich ta’limni olib 1899 yili Gori shahriga keldi va besh 
yil davomida skripka chalishni va musiqiy savodni o‘rgandi. Musiqa nazariyasi, 
kompozitsiya kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirgandan so‘ng, o‘zi bolaligidan yaxshi 
bilgan xalq qo‘shiqlarini to‘plab notaga tushira boshladi. Bu Uzeir Hojibekovning 
musiqiy-etnografik va ijodiy faoliyatining boshlanishi edi.
O‘quvchilar orkestri xori tarkibida kuylab yurgan chog‘lari birinchi marotaba 
ko‘p ovozlik ijro bilan tanishadi. Ushbu jamoada Uzeir Hojibekov birinchi marotaba 
rus va evropa musiqasi bilan tanishadi, bu tanishuv yosh, musiqa san’atini 
sevuvchang iqtidorli Uzeir qalbiga o‘zgacha cho‘g‘ soladi. 
1904 yili Uzeir Hojibekov bir yil maktabda o‘qituvchilik qildi va Boku shahriga 
ko‘chib o‘tdi. Uning keying hayoti ushbu yirik madaniyat va san’at markazlaridan 
biri bo‘lgan Boku shahri bilan bog‘landi. Bokuda Uzeir Hojibekov jurnalistika 
sohasida mohir maqolanavis bo‘lib ta’nildi. Pedagoglik qildi, ozarbayjon-Rus 
imloviy-lug‘tini tuzish ustida ishladi, rus klassik adabiyoti na’munalaridan 
Ozarbayjon tiliga tarjimonlik qildi. Ammo adabiyot bilan shug‘ullanishi Uzeir 
Hojibekovga musiqa bilanshug‘ullanishiga, musiqiy faoliyat olib borishiga halaqit 
bermadi. 1907 yilda Uzeir Hojibekov ko‘pdan beri orzu qilib yurgan opera- 
Muhammad Sulaymon o‘gli Fuzuliy (1498-1556 y.) she’riy sayqal bergan “Layli va 
Majnin” dostoni syujeti asosida asar yaratishga kirishdi. Opera librettosini o‘zi 
yozgan Uzeir Hojibekov asar musiqasi uchun Ozarbayjon xalq mugamlarini tanladi. 
Lekin operada mugamlarni qaysi ko‘rinishda qaysinisini ijro qilishni orkestrdagi 
moxir sozandalar bilan birgalikda olib bordi. Masalan, Uzeir Hojibekov “Layli va 
Majnun” - Go‘zal va latofatli Layli va Qaysning ilk ucrashadigan I-sahna uchun 
“Segoh” lirik mugamidan, Qaysning Majnun bo‘lib, iztirob chekib darbadarlikda 
yurushlari sahnasida (3 va 4 pardalar) chuqur qayg‘u va alamni ifodalaydigan 
“Shutur” hamda “Bayoti Sheroz” mugamlaridan foydalanishi juda o‘rinli bo‘lgan va 
asar qaxramonlari obrazlarini ochib berishga katta yordam bergan. Mugomlar ushbu 
operada qo‘shiq, raqs kabi ozarbayjon xalq musiqasi janrlari qatorida an’anaviy opera 
shakillari bilan ham uyg‘unlashib ketgan. Operani 1908 yilda yozib tugalladi. 
Operaning birinchi ijrosi 1908 yil, 12 yanvar kuni Boku shahrida A.Axverdiyev 
boshchiligida qo‘yildi. “Layli va Majnun” ning go‘zal ishq dostonini tarannum 
qiluvchi, kuchli muxabbat, uni ta’sirida insonni baxtli qilish, agar undan ajrasa aqldan 
ozish- Majnun darajasigacha boorish haqidagi go‘zal avsonaviy voqealar tarixda 
ko‘plab Sharq adabiyotchi-shoirlarni qiziqtirib, ushbu sevgi avsonasi haqida asarlar 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
51
http://oac.dsmi-qf.uz


yozishlariga ishtiyoq tug‘dirgan. Birinchi o‘rida Nizamiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, 
Muhammad Sulaymon o‘gli Fuzuliy, Indalib va boshqa o‘z davrlarining, umuman 
hozirgi vaqtda ham mashxur bo‘lgan shoirlari ham ushbu go‘zal sevgi qissasi haqida 
asarlar yozishgan. Nizamiy Ganjaviy, Alisher Navoiylar o‘zlarining besh jilddan 
iborat “Hamsa” to‘plamlariga kiritishgan, lekin barchalari o‘zlariga hos tarzda asarni 
talqin qilishgan, natijada biri-biridan go‘zal sevgi haqidagi asar bunyodga kelgan. 
Uzeir Hojibekov Muhammad Sulaymon o‘gli Fuzuliyning talqinidagi variant 
bo‘yicha operani yaratdi. Uzeir Hojibekovning “Layli va Majnun“ operasi birinchi 
Ozarbayjon opera san’atining tug‘ulgan yili hisoblanadi. O‘sha davr turmushi va 
diniy urf-odatlari sharoitida operani sahnaga olib chiqish kompozitor uchun ko‘p 
mashaqqatlar va taqiqlarga bir necha bor uchrashiga qaramay bu zaxmatli vazifani 
amalga oshirdi. Opera honandaligidan habardor bo‘lgan sahnada ijro eta oladigan 
qo‘shiqchilarni toppish ancha mashaqqatli o‘tdi. Mugam aytadigan havaskorlarni 
ichida ham yaxshi ijrochilarni toppish, ayniqsa bosh rol- Layli obrazini yaratishga 
ko‘p qiyinchilik tug‘ildi. Shariat qonun bo‘yicha ayol kishini sahnaga chiqishi 
taqiqlanardi. Shu sababli bir erkakni bir amallab Layli rolini, ayol qiyofasida sahnada 
rol ijro etishga ko‘ndirildi. Ko‘plab sharq, musulmon davlatlarida bunday hol 
dastlabki teatr san’ati rivojlanayotgan paytlarda ko‘p bora uchrab turadi. Faqat 1912 
yildagina Shavkat xonim Mamedova degan Ozarbayjon ayoli jasorat ko‘rsatib 
sahnaga chiqishga jazm etgan. Orkestr cholg‘uchilarini shakillantirishda ham bir 
muncha qiyinchiliklarga duch kelindi, cholg‘uchilarning aksari nota yozuvini 
bilishmasdi va eshitib chalishar edi, bu esa to‘liq partitura bo‘yicha bir tekisda ravon 
ijroga erishishda uzulishlarga olib kelardi. Bunday qiyinchiliklarni opera partiturasini 
engillashtirib, oddiy simfonik orkestr tarkibi uchun qayta yozib chiqish blan bartaraf 
etildi. Opera 1908 yili sahnaga chiqarildi. Tomoshabinlar kutilganidan ham ortiq 
kelishdi. Opera katta muvoffaqiyat qozondi. Qadimiy mavzuning yangicha talqini 
san’atsevarlarga juda manzur bo‘ldi. 
Biroq hukmron doiralar, chorizm amaldorlari operaga shubha va bepisandlik 
bilan munosabatda bo‘ldilar. Chunki operaning har bir sahnasi demokratik 
kayfiyatdagi insonlarga juda ma’qul bo‘lardi. 
Uzeir Hojibekov ikkinchi operasi “Shayx San’on“ improvizatsiyadan voz 
kechib, mugamlardan foydalandi va o‘zi ham ko‘p kuylar yaratdi. Ammo 
tomoshabinlar uni yaxshi qabul qilmadilar. 
Uzeir Hojibekovning keying operalari “Rustam va Suxrob” 1910 yilda, “Shox 
Abbos va Xurshid bonu” 1911 yilda, “Asli va Karim” 1912 yilda yozgan operalarida 
kompozitor musiqiy dramaturgiyaning turli printsiblarini qo‘llaydi. Ushbu operalarda 
u ilk marotaba leytmotivni qo‘llaydi va bu keyinchalik kompozitor ijodi uchun xos 
bo‘lib qoladi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
52
http://oac.dsmi-qf.uz


Uzeir Hojibekovning “Er va xotin” 1909 yili, “Unisi bo‘lmasa bunisi” 1910 yil, 
“Arshin mol-alan” 1913 yilda yozilgan musiqiy komediyalari (operettalari) katta 
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan, xalq ichida juda mashxur bo‘lgan asarlardandur. 
Uzeir Hojibekovning “Arshin mol-alan” operettasidagi operetta sahnalarga 
chiqqanidan so‘ng mashxur bo‘lib ketgan iborasi: “Bitta mulla, uch so‘m pul, bir 
kalla qand”- deyarli barcha operettani ko‘rgan honadonlarning kundalik hayotlarida 
tez-tez hazillashib aytib yuriladigan haqiqiy ma’nodagi “Xalq iborasi” darajasiga 
etdi. Ushbu asar o’zining komedik janrdaligi bilan, ozarbayjon musiqasi sharq 
xalqlari musiqalari bilan bir-birlariga yaqin bo‘lganligi tufayli oddiy tomoshabin ham 
sevib tamosha qiladigan asar sifatida katta shuxrat qozondi. 
Asarning bosh qaxramoni tamonidan o‘ylab topilgan “Qalliq tanlash” hiylasi 
real hayotda ham uchrab turishi mumkin bo‘lgan holatlarga yaqinligi tufayli barcha 
sevib ko‘radigan asar darajasiga ko‘tarildi. 
Uzeir Hojibekovning “Arshin mol-alan” asari ko‘plab davlatlar teatrlarida katta 
muvovvaqiyatlar bilan xozirgi kunlarda ham qo‘yilib kelinmoqda. Uzeir 
Hojibekovning “Arshin mol-alan” asari asosida shu nomdagi kinofilm ham yaratilgan 
va bu o‘z navbatida asarni minglab tomoshabinlar ham ko‘rib, undagi voqealardan 
zavqlanib ularni madaniy, estetik zavq olishlariga sabab bo‘lgan va hozirgi avlod 
tomoshabinlari ham sevib ko‘radigan asar sifatida o‘z qiymatini yo‘qotmagan. 
Uzeir Hojibekov ijodiy faoliyat yuritish bilan bir vaqtning o‘zida Ozarbayjonda 
musiqiy hayotni yanadarivojlantirish, jahon va g‘arb xalqlari musiqalaridan keng 
ommani ham birday man’faat olishlarida kerak bo‘ladigan umumiy musiqiy 
savodxonlik, barcha yo‘nalishlarda professional musiqachi sozandalarni, 
xonandalarni tayyorlash muxim jarayon ekanligini chuqur his qilgan holda katta 
targibot va tashviqot ishlarini ham olib bordi. 
Uzeir Hojibekovning ijtimoi, musiqiy jamoatchilik faoliyati keng rivojlanib 
boradi. U Ozarbayjonda birinchi Bolalar musiqa maktabi, keyinroq musiqa bilim 
yurti va Davlat konservatoriyasini ochilishiga katta xissa qo‘shgan musiqiy o‘quv 
yurtlarining tashkil qilishda muxim rol o‘ynagan asoschilaridan biri sifatida 
Ozarbayjon madaniy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan buyuk shaxs sifatida el, yurt 
xurmatini qozondi. Keyinchalik Uzeir Hojibekov ijodiy ishlar bilan bir vaqtda 
konservatoriyada hayotining so‘ngi kunlarigacha professor va rektor bo‘lib ishladi 
Uzeir Hojibekovning tinimsiz izlanishi, musiqiy hayotni rivojlantirishga bo‘lgan 
xarakatlaridan so‘ng Ozarbayjonda birinchi ko‘p ovozlik qo‘shma xor jamoasi va 
nota bilan chaladigan xalq cholg‘ulari orkestri vujudga keldi. Bu ulkan ishlarning 
amalga oshishi natijasida musiqa janrini xar ta’monlama keng rivojlantirish va 
targ‘ibot qilishga katta turtki va imkon berdi, milliy musiqa san’ati gullab-
yashnashiga munosib xissa qo‘shdi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 3 / September 2022
53
http://oac.dsmi-qf.uz


Uzeir Hojibekov 1936 yilda o‘zining eng mashxur-ozarbayjon xalqining feuodal 
zulimga qarshi kurashiga bag‘ishlangan “Go‘r o‘g‘li” nomli operasini yozdi 
Operadagi musiqalar juda chiroyli va asar ruxiyatini ochib berish uchuch katta 
yordam berish bilan birgalikda, uning ayrim nomerlari turli millatlarning orkestrlari 
kontsert dasturlarida ham ko‘p bora kiritiladigan asarlar darajasidaligi bilan maqtovga 
sazovordir. Asarning “Uvertyura” qismi o‘zining milliy Ozarbayjon ohanglari va 
zamonaviy nyuanslar bilan moxirona uyg‘unlashganligi, uning tantanovor, chaqiriq 
ruxiyatidagi frazalari milliylik va ko‘p mavzuliligi bilan ijrochilardan o‘ziga hos 
malaka talab qiladigan darajada yozilganligi bilan ham qiziqarli va yodda qolarlidir. 
Opera va musiqiy dramalardan tashqari Uzeir Hojibekov kantatalar, simfonik 
orkestr uchun pyesalar, milliy cholg‘u asbobi “Tor va simfonik orkestr uchun” bir 
necha “Fantaziya”lar, “Kontsert”lar, xor uchun asarlar, ko‘plab qo‘shiqlar yozdi. 
1945 yili Ozarbayjon davlat madhiyasini yozdi. 
Uzeir Hojibekov 1948 yil, 23 noyabr kuni vafot etdi. 
Ozarbaylon milliy musiqiy hayotida ulkan hissa qo‘shgan, uni xar tamonlama 
keng miqiyosda rivojlantirish uchun ta’mal toshini q‘ygan birinchi kompozitorlardan 
biri sifatida uning nomi mana asrlar osha o‘chmay kelmoqda.
Garchi buyuk ijodkor bu olamni tark etgan bo‘lsada u o‘zi hayotligidayoq o‘z 
asarlari orqali qurib ketgan eddan chiqmas xotiralar, xalq ardog‘idagi yetuk asarlar 
mana necha asrlardan beri jahon teatrlari sahnalaridan, kontsert zallaridan 
tushmasdan minglab insonlar qalbini rom qilib kelmoqda. 
Uzeir Hojibekov nomini abadiylashtirish, kompozitor yaratgan asarlarni 
targ‘ibotini yanada kengaytirish maqsadida ko‘plab musiqa va san’at oily va o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlariga, ko‘chalar, madaniyat saroylariga uning nomi qo‘yilgan, 
Uzeir Hojibekov nomidagi Xalqaro miqiyosda konkurs va tanlovlar davomli ravishda 
o‘tqazilib kelinmoqda. Bu tanlov bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi, eng asosiysi 
ishtirokchilarning ijro dasturlarida albatta Uzeir Hojibekovning asarlaridan 
na’munalar bo‘lishligi uni asarlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi va 
kompozitor ijodi yanada keng auditoriyaga tarqaydi. Oliy va o‘rta maxsus musiqa 
san’ati o‘quv yurtlarida Uzeir Hojibekovning ijodiy faoliyati keng targ‘ib qilinib 
o‘rganilmoqda. Bu esa Uzeir Hojibekovning asarlari zamonlar oshgan sari o‘z qadrini 
yanada oshirayotganligidan dalolatdir. Uzeir Hojibekovning musiqalari, operalari 
katta san’at saroylari, teatrlari sahnalarida uzoq yillar yashab qolajakdir. 

Download 54.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling