Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash
Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqini ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazodan va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikdan ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining yetmish foizidan oshishi mumkin emas.”8
Shuningdek ushbu kodeksning 271-moddasiga ko`ra:
Xodimning xohishiga ko‘ra amalga oshiriladigan ish haqini tasarruf etish
Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi yoki uning muayyan qismi xodimning yozma arizasida ko‘rsatilgan miqdorlarda va muddatlarda kreditorlarga bank muassasalaridan olingan ssudalar, kreditlar, kommunal to‘lovlar va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan cheklovlar mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.”9
Bundan kelib chiqadigan bo`lsak ish haqini olouvchi xodimning aynan qaysi daromadlaridan ish haqiga majburiy ushlanmalar olib qolish uchun bevosita soliq kodeksiga murojaat qilishimiz lozim.O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 30-bobida “Jismoniy shaxslarning jami daromadi” tarkibi bayon qilingan.Jismoniy shaxslar aynan qanday daromad manbalari orqali ushbu jarayonga qamrab olinishi keltirib o`tamiz
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:
2-jadval Jismoniy shaxslar daromad manbalari10
№
|
Jismoniy shaxslarning jami daromad manbalari
|
1
|
mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar
|
2
|
mulkiy daromadlar
|
3
|
moddiy naf tarzidagi daromadlar
|
4
|
boshqa daromadlar
|
Yuqorida keltirilgan daromad manbalari orqali,ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobi olib boriladi va ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |