Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti “Baholash ishi” yo’nalishi “audit” kafedrasi mustaqil ish mavzu


Download 163.34 Kb.
bet1/6
Sana01.03.2023
Hajmi163.34 Kb.
#1238891
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit mustaqil ish 2smestr


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Byudjet hisobi va g’aznachilik” FAKULTETI
Baholash ishi” YO’NALISHI
AUDIT” KAFEDRASI

Mustaqil ish
MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
Bajardi: BBI-50 guruh talabasi
Rustamova Nozima
Tekshirdi: Xayitboev M.


Toshkent-2023
REJA:
KIRISH
1. Auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlashtirish va baholash
2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
3. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi
4. Auditrolik tekshiruvi uchun javobgarlik
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati


KIRISH
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l-yo‘riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko‘rsatadigan professional xizmatning yangi shakli – auditorlik faoliyatiga talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatni rivojlantirish bilan birga bu boradagi qonunchilikni tartibga solish va mustahkamlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish borasida muhim tarkibiy islohatlar va ulardan ko’zlangan maqsadlarning bajarilishi yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buning isboti sifatida yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyevning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”dagi nutqlarida «Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadlarni ilgari surdilar1”.
Bugungi kunda auditorlik tashkilotlari, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va kredit tashkilotlari, investitsiya, fond va tovar birjalari, xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar ham “Auditorlik faoliyati to’g’ristda”gi Qonun talablari asosida faoliyat olib bormoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko’plab jihatlari bo’yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda. Uning nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari yetarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti.
Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik firmalari faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda.
Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo‘yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o‘tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon hamjamiyatida e’tirof etilgan o‘zbek modelining xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo‘lmoqda. Bular o‘z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi.


Download 163.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling