Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. Byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari Reja
Download 161.86 Kb.
|
Byudjet tizimi qonunchilk asoslari. byudjet tizimi byudjetlari. Byudjet daromadlari va harajatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar
- Mln. so‘m
- Davlat maqsadli jamg‘armalarining (Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Ish bilan taminlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma, Davlat mulk qo‘mitasining mahsus raqami) xarajatlari
- Moliya vazirligi xuzuridagi sug‘oriladigan erlarni meliorativ yaxshilash jamg‘armasining xarajatlari
- Jami xarajatlar
73
2.7-jadval
O‘zbekiston Respubllkasi davlat budjetining xarajatlar tizimi
21 - yuridik shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin. 2.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, ya’ni davlat budjeti xarajatlari tizimida davlat budjetining ijtimoiy sohalar uchun qiladigan xarajatlari tizimi eng yuqori ulushga ega bo‘lib, ular 2012 yilda jami jamlangan davlat budjeti xarajatlarining 37,0 % ni, 2013 yilda 37,4%ni tashkil etgan va 2014 yilda 37,2 % ni tashkil etishi rejalashtirilgan.O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining boshqa davlatlarga nisbatan alohida xususiyati uning ijtimoiy yo‘naltirilganligidadir. Jadval ma’lumotlarida ham buni ko‘rishimiz mumkinki, ya’ni oxirgi yillarda davlat budjetidan ijtimoiy sohalarni rivojlanishi va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan mablag‘lar sarfi xajmi o‘sib borayapti. Budjetning bu turkum xarajatlari nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy ahamiyatga ega. Ular mamlakat fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan ijtimoiy xuquqlarini amalga oshirishning moliyaviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi va o‘z navbatida, ijtimoiy ishlab chiqarishga bilvosita ta’sir ko‘rsatib, mehnat resurslarining sifat tarkibini yaxshilash, fan yutuqlaridan foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy-madaniy sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, bu sohalarni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatidan ijtimoiy kafolatlar qanday hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, ijtimoiy- madaniy sohalarning umumjamoatchilik maqomi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimidagi roli bilan bog‘liq holda qayta ko‘rib chiqiladi, bu sohalar xodimlari mehnati xususiyatining iqtisodiy baholanishi belgilab olinadi. Ijtimoiy-madaniy muassasalar faoliyatining natijalarini baholashga yangicha yondoshuvlar ishlab chiqiladi. Qo‘yilgan vazifaning hal etilishigina ijtimoiy muammolarni hal etish, moliyaviy ta’minlash manbalarini belgilab olish, shuningdek, ijtimoiy-madaniy sohalarga davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy zahiralar miqdorini ilmiy asoslab berish imkonini yaratadi. Download 161.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling